TIOFEN

TIOFEN

TIOFEN, C4H4S — benzol hidli rangsiz suyuklik. Mol. m. 87,04. Suyuqlanish trasi — 38,3°, qaynash trasi 84, G, zichligi 1064,4 kg/m3. Suvda oz, uglevodorodlar va b. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Tiofen aromatik birikmalarning xossalarini namoyon qiladi. Oson galogenlanadi, sulfidlanadi va alkillanadi. Tiofen asosida alifatik karbon kislotalar, oksikislotalar, yuqori spirtlar, ketonlar, atsetallar, oddiy efirlar, aminlar, aminospirtlar, turli aminokislotalar va laktamlar hamda yuqori sikloalifatik birikmalar olinadi. Neft uglevodorodlari fraksiyasi, oltingugurt yoki uning oddiy birikmalari (SO2 va H2S) T. olish uchun manba hisoblanadi. Tiofendan yuzlab birikmalar (biologik faol birikmalar, polimerlar uchun yordamchi moddalar, elementlarni ajratish reagentlari va h. k.) sintezlangan.

Ensiklopediya.uz
TIOFEN