TINCHLIK VA INSONIYATGA QARSHI JINOYATLAR

TINCHLIK VA INSONIYATGA QARSHI JINOYATLAR

TINCHLIK VA INSONIYATGA QARSHI JINOYATLAR — eng ogʻir xalqaro jinoyatlar. Xalqaro harbiy tribunal ustavi kvalifikatsiyasi boʻyicha, agressiv urushni rejalashtirish, unga tayyorgarlik koʻrish, bunday urushni ochish va olib borish yoki xalqaro shartnomalar, bitimlar, ahdlashuvlarni buzgan holda urushda bironbir tarzda qatnashish tinchlikka qarshi jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 1947-y. 3 noyab. dagi rezolyutsiyasiga koʻra, urushni targʻib qilish ham shunday jinoyat hisoblanadi. Xalqaro huquqqa koʻra, tinchlikka qarshi jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddatini qoʻllash mumkin emas (yaʼni, belgilangan vaqt oʻtgandan keyin ham jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi).

Ensiklopediya.uz
TINCHLIK VA INSONIYATGA QARSHI JINOYATLAR