TINCH OKEAN

TINCH OKEAN

TINCH OKEAN, Buyuk okean Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida 1oʻrinda. Tinch okean gʻarbdan Yevrosiyo va Avstraliya, sharqdan Shim. va Jan. Amerika, shim. dan Chukotka va Syuard ya. o. lari oʻrtasidagi yoʻlak, jan. dan Antarktida bilan chegaralangan. Maydoni dengizlari bilan birga 178,6 mln. km2, dengizlarsiz 148,3 mln. km2, suvining hajmi 710 mln. km3. Oʻrtacha chuq. 3980 m, eng chuqur joyi 11022 m (Mariana novi) . Qirgʻoklarining aksari qismi fyord tipli va yemirilgan, gʻarbdagi tropik kengliklarda marjonli, baʼzi joylari toʻsiq rifli. Antarktida dagi qirgʻoklar, asosan, shelf muzliklari bilan qoplangan. Dengizlar, koʻproq, Tinch okeanning shim. gʻarbiy va gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Yarim yopiq dengizlar: Bering, Oxota, Yapon, Sharqiy Xitoy, Sariq va Jan. Xitoy, Ichki Yapon; orollararo dengizlar: AvstraliyaOsiyo Oʻrta dengizlari deb umumiy nomlanadi; chekka dengizlar: Marjon va Tasman dengizlari, jan. da Antarktida sohili yaqinidagi Amundsen, Bellinsgauzen va Ross dengizlari.

Ensiklopediya.uz
TINCH OKEAN