TILLITLAR haqida to’liq ma’lumot oling

TILLITLAR haqida to’liq ma’lumot oling

TILLITLAR (ing. tillite, till — valun gili) — muzlik yotqiziklari, morenalar. Zichlashgan, saralanmagan hosilalar boʻlib, dagʻal chaqiq jinslardan tarkib topgan, baʼzan metamorfizmga uchragan. Tillitlar tarkibida valunlar boʻlgan mayda donador massadan iborat. Dengiz choʻkindilari va muzning tarqalishi natijasida hosil boʻladigan dengiz Tillitlar (akvatillitlar) va pastki katlamdagi tub jinslarning harakatdagi muzlarida ularning tarkibida aks etadigan kontinental Tillitlar farq qilinadi. Tillitlar qad. muzlanishning qoldiklari boʻlib (q. Paleoiqlimshunoslik), ular erta proterozoydan va deyarli hamma kontinentlarda kechki proterozoy qatlamlarigacha maʼlum. Tillitlarning gorizontlari Sharqiy Yevropa platformasining yuqori rifey qatlamlari, Afrika, Avstraliya, Xitoy, Oʻrta Ural va Tyanshanning kechki proterozoy qatlamlarida uchraydi. Tillitlarning qalinligi oʻnlab va yuzlab m ga yetadi. Tillitlardan stratigrafiya, paleogeografiya muammolarini yechishda hamda choʻkindi foydali qazilmalari (temir rudasi) konlarini bashoratlashda foydalaniladi.

Malumotlar
TILLITLAR