TILLARNING MORFOLOGIK (TIPOLOGIK) TASNIFI

TILLARNING MORFOLOGIK (TIPOLOGIK) TASNIFI

TILLARNING MORFOLOGIK (TIPOLOGIK) TASNIFI — tillarni grammatik shakl hosil qilish usullarida farq qilishiga koʻra guruhlarga ajratish; tillarni tipologik tasniflashning bir turi. Bu tasnifga koʻra, tillarning quyidagi turlari ajratiladi: amorf (oʻzak) tillar, maye xitoy, bamana, annam, Jan. Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalklarining talay tillari. Bu tillarning lugʻat tarkibi, asosan, bir boʻgʻinli soʻzoʻzaklardan iborat boʻlib, ularda turlanish, tuslanish xususiyatlari yoʻq. Shu bois ushbu tillarda soʻz yasovchi affikslar, yordamchi soʻzlar vazifasini bajaruvchi yuklamalargina mavjud. Oʻzak tillarda soʻz tartibi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ensiklopediya.uz
TILLARNING MORFOLOGIK (TIPOLOGIK) TASNIFI