TILLAR OILASI

TILLAR OILASI

TILLAR OILASI — kelib chiqishi jihatidan oʻzaro qarindosh, tuzilishi va ayrim leksikgrammatik xususiyatlariga koʻra oʻxshash tillar majmui. Tillar oilasini tashkil etuvchi tillarning bir-biriga yaqin yoki uzoq qarindoshligi tilshunoslikda qiyosiytarixiy metod orqali belgilanadi. Oila tushunchasi terminologik jihatdan hajman oʻzgaruvchandir. Qarindosh tillarning ayni bir majmuasi gogʻ guruh deb, goh oila deb atalishi mumkin. Mas., eroniy tillar oʻz ichki boʻlinishi nuqtayi nazaridan oila deb, hindevropa tillari oilasiga mansubligi jihatidan esa guruh deb atalishi mumkin. Aniqlanishi qiyin va oʻzaro ancha uzoklashib ketgan tillarning oilalari (mas., indeys tillari) uchun «makrooila», «filiya», «fila» terminlari ham qoʻllanadi.

Ensiklopediya.uz
TILLAR OILASI