TILLA KAMPIR

TILLA KAMPIR

TILLA KAMPIR (18-a. ning oxiri — Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani Qoʻrgʻon qishlogʻi — 19-a. ning 1yarmi) — oʻzbek dostonchishoirasi, Ergash shoirning otasi Jumanbulbulning momosi. Asarlari yozib olinmagan. U haqida ayrim nakdlar, asarlaridan baʼzi parchalar bizgacha yetib kelgan. Aytishlaricha, Tilla kampir «Oysuluv» dostonini yuksak sanʼatkorlik bilan kuylagan. Bir naklga koʻra, shoira yosh vaqtida eri oʻlgan, qoʻlida yosh bolasi qolgan. Xuddi shu vaqtda uning koʻliga kuydirgi yarasi chiqqan. Shunda shoira shunday kuylagan ekan: Kuydirgi meni kuydirdi, Koʻzimning yoshin quydirdi, Qaddimni yoyday eydirdi, Eli-xalqimni jiydirdi, Koʻkdan kiyim kiydirdi.

Ensiklopediya.uz
TILLA KAMPIR