Tilga ixtiyorsiz , elga e’tiborsiz mavzusida ona tilidan dars ishlanma
Tilga ixtiyorsiz , elga e’tiborsiz mavzusida ona tilidan dars ishlanma
DO`STLARGA ULASHING:
Mavzu : Tilga ixtiyorsiz , elga e’tiborsiz
Maqsad :
a) Ta’limiy : mavzu asosida milliy qadriyatlarni o’rganish , tilimizni
ulug’lash .
b) Tarbiyaviy : Ona tiliga bo’lgan hurmatni oshirish , o’quvchilarda
muomala madaniyatini shakllantirish
v) Rivojlantiruvchi : O’quvchilar nutqini o’stirish
g) Kasbga yo’naltirish : O’qituvchilik , suxandonlik
d) Milliy mafkuraviy ruhda tarbiyalash : O’quvchilar ongiga komil
inson va Vatan ravnaqi g’oyalari mohiyatini singdirish
Uslub : Aralash
Usul : Savol — javob , munozara
Darsning jihozi : tarqatma ko’rgazma , kadaskop , ulug’ siymolar
rasmlari , tilga oid hikmatlar , adabiyotlar .
Darsning borishi ;
a) Tashkiliy qism
b) Yangi mavzu bayoni .
O’quvchi :
Assalom , so’zimiz kirish qismidan
Assalom musaffo yoshlik jismidan
Samimiy dillardan yo’llaymiz kalom
Ta’zim bilan deymiz , sizga assalom !
O’qituvchi : Aziz o’quvchilarim ,
Tayyormisiz sinovga !
O’quvchilar : Ha , hurmatli ustozim
Tayyormiz biz sinovga
O’qituvchi : Bolalar , darsimiz odobnoma
O’quvchi : Odob kerak har bir o’g’il va qizga ,
Aqlni va fikrni soladi yaxshi izga .
O’qituvchi : Kelinglar bolalar , tabiatga bir nazar tahslaylik .
O’qituvchi : Bugun havo ochiq . Biroz ertalabkisalqin , kun yarmida
isiy boshlaydi . Kuz fasli kirib kelganidan darak beradi .
O’qituvchi : Kuz faslida qanday bayramlarimiz bor ?
O’quvchilar : 1 — sentabr — Mustaqillik bayramini nishonlaymiz .
Mustaqilligimizga 19 yil to’ldi . 1 — oktabr — O’qituvchilar va
murabbiylar kuni .
Muallim haqida so’zim ushbudir ,
Muallim kamolot ichra ko’zgudir ,
O’qidim Gerodot , tarixni ko’p bor ,
Farobiy , Danteni takror va takror
Barini o’qidim , lol qoldi aqlim
Bariga ustozsan o’zing muallim
18 — oktabr , 1991 yil — O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i tasdiqlangan .
Hilpiraydi u qarang ,
Rangi yashil , qizil , oq
O’zligimiz anglatar
Ushbu muzaffar bayroq
O’qituvchi : Kuz faslida O’zbekistonimizda nimalar yig’ib — terib
olinadi ?
O’quvchi : Paxta , mevalar ( olma , anor , behi ….)
O’iqtuvchi : Orangizda kimdir mexanizator , kimdir agronom yana
biringiz fermer bo’larsiz !? Bu kasbni egallashingiz
uchun siz albatta yaxshi o’qishingiz , odobli bo’lishinigiz
kerak .
O’qituvchi : O’quvchilar sizlar yo’l harakati qoidalariga amal qilasizmi?
O’quvchilar : Ha ustoz » Yo’l qoidasi — umr foydasi » deyishgan . Bu
qoidaga amal qilihsimiz shart . Yo’l chetidan yurishimiz ,
o’ng va chap yo’l qoidalariga e’tibor berishimiz kerak .
O’qituvchi : Barakalla bolajonlarim . Yo’l harakati qoidalariga amal
qilishingiz shart .
— Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz , deganda nimani tushunasiz ?
— Konstitutsiyamizning qaysi moddasida Davlat tili to’g’risida
gapirilgan ?
O’qituvchi : Har bir millatning o’z tili bor . Bizning ham jonajon tilimiz
o’zbek tilidir . Yer yuzida qancha millat , xalq , elat bo’lsa ,
shuncha til bor . Til insonlar orasidagi aloqa , fikr ifodasi ,
insonlarning bir — biri bilan fikr almashinishiga xizmat
qiladi .
go’zal , nafisligi va inson ruhiyatiga ta’sirini shunday
tasvirlagan edi :
Sizdadur har yaxshilikning imkoni bor ,
Bundan deydilarki , nafasing joni bor .
O’quvchi : O’zbekiston REspublikasi Konstitutsiyasining 4 —
moddasida til to’g’risida bayon etilgan .
O’qituvchi : Til to’g’risida kimlar she’r biladi .
O’quvchilar :
Do’stga do’stu , dujona tilim ,
Begonaga begona tilim ,
Beshigimda yagona tilim
Ona tilim — ona tili .
Boshimga aql bor ekan , borsan
Ko’zimda yosh bor ekan , borsan
Toki quyosh bor ekan , borsan
Ona tilim — ona tilim
O’qituvchi : Kelinglar , qaysi guruh ko’p hikmatli so’zlardan biladi
musobaqasini o’tkazamiz .
1 — guruh : » Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz «.
2 — guruh : » Odoblar boshi tildir , uni tiymoq zarurdir » .
3 — guruh : » So’zing achchiq , tilingni tiyib tur , erk berilgan til bir
kuni boshinga yetadi «…..
Hikatli so’zlar aytish davom etadi .
Oxirgi shartimiz sardorlar musobaqasini o’tkazish .
Kim ko’p maqol biladi ?
1 — guruh : » Ish ishtaha ochar , dangasa ishdan qochar «
2 — guruh : » O’zga yurtda shoh bo’guncha , o’z yurtingda gado bo’l «.
3 — guruh : » Mehnat , mehnatning tagi rohat «
O’quvchilar baholanib rag’batlantiriladi .
Siz tilni asrang har nedan ortiq
Yagona zaminni asrangiz omon
Bobolardan qolgan bu noyuob tortiq
Toki avlodlarga yetolsin omon
Prezidentimiz ta’kidlaghanidek kelajak avlod biz yoshlar qo’lidadir . Uni ardoqlang , asrab — avaylab , tilimizni , uymonimizni hech qachon unutmaylik , Vatan ravnaqi uchun o’z hissamizni qo’shaylik .
Uyga vazifa : » Til bilgan — el biladi » mavzusini o’qib , keyingi
darsga tayyorlanib kelish
Dars yakuni : Mustahkamlash .
elga e’tiborsiz mavzusida ona tilidan dars ishlanma, Tilga ixtiyorsiz