Tilga ixtiyorsiz , elga e’tiborsiz mavzusida ona tilidan dars ishlanma to’liq malumot oling

Tilga ixtiyorsiz , elga e’tiborsiz mavzusida ona tilidan dars ishlanma to’liq malumot oling

 Mavzu :  Tilga  ixtiyorsiz ,  elga e’tiborsiz
Mundarija скрыть

 

Maqsad :

a) Ta’limiy : mavzu asosida milliy qadriyatlarni o’rganish , tilimizni

                            ulug’lash .

b) Tarbiyaviy : Ona tiliga bo’lgan hurmatni oshirish , o’quvchilarda

                                muomala madaniyatini shakllantirish

v) Rivojlantiruvchi : O’quvchilar nutqini o’stirish

g) Kasbga yo’naltirish : O’qituvchilik , suxandonlik

d) Milliy mafkuraviy ruhda tarbiyalash : O’quvchilar ongiga komil

                          inson va Vatan ravnaqi g’oyalari mohiyatini singdirish

        Uslub : Aralash

        Usul : Savol — javob , munozara

      Darsning jihozi : tarqatma ko’rgazma , kadaskop , ulug’ siymolar

                                      rasmlari , tilga oid hikmatlar , adabiyotlar .

            Darsning borishi ;

a) Tashkiliy qism

b) Yangi mavzu bayoni .

O’quvchi :

Assalom , so’zimiz kirish qismidan

Assalom musaffo yoshlik  jismidan

Samimiy  dillardan  yo’llaymiz kalom

Ta’zim bilan deymiz , sizga assalom !

O’qituvchi : Aziz o’quvchilarim ,

                     Tayyormisiz  sinovga !

O’quvchilar : Ha , hurmatli ustozim

                     Tayyormiz biz  sinovga

O’qituvchi : Bolalar , darsimiz  odobnoma

O’quvchi :   Odob kerak har bir o’g’il va qizga ,

                    Aqlni va fikrni soladi  yaxshi  izga .

O’qituvchi : Kelinglar bolalar , tabiatga bir nazar tahslaylik .

O’qituvchi : Bugun havo ochiq . Biroz ertalabkisalqin , kun yarmida

                    isiy boshlaydi . Kuz fasli kirib kelganidan darak beradi .

O’qituvchi : Kuz  faslida qanday  bayramlarimiz bor ?

O’quvchilar : 1 — sentabr — Mustaqillik bayramini nishonlaymiz .

      Mustaqilligimizga  19  yil to’ldi . 1 — oktabr  — O’qituvchilar  va

            murabbiylar kuni .

Muallim haqida so’zim ushbudir ,

Muallim  kamolot  ichra ko’zgudir ,

O’qidim Gerodot , tarixni ko’p bor ,

Farobiy , Danteni takror  va takror

Barini o’qidim , lol qoldi aqlim

Bariga ustozsan o’zing muallim

      21 — oktabr , 1989 yil — O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun . Tilimizga asos solgan buyuk bobomiz Alisher Navoiydir . Bizning  jonajon shahrimiz bobomiz nomiga qo’yilgan . Shuning uchun bu bayram viloyatimizda keng nishonlanadi .

18 — oktabr , 1991 yil — O’zbekiston Respublikasining  Davlat bayrog’i tasdiqlangan .

Hilpiraydi u qarang ,

Rangi yashil , qizil , oq

O’zligimiz anglatar

Ushbu muzaffar bayroq

O’qituvchi : Kuz faslida O’zbekistonimizda nimalar yig’ib — terib

                        olinadi ?

O’quvchi : Paxta , mevalar  ( olma , anor , behi ….)

O’iqtuvchi : Orangizda kimdir mexanizator , kimdir agronom   yana

                    biringiz fermer bo’larsiz !? Bu kasbni egallashingiz

                    uchun siz albatta yaxshi o’qishingiz , odobli bo’lishinigiz

                    kerak .

O’qituvchi : O’quvchilar sizlar yo’l  harakati qoidalariga amal qilasizmi?

O’quvchilar : Ha ustoz  » Yo’l qoidasi — umr foydasi »  deyishgan . Bu

                      qoidaga amal qilihsimiz shart . Yo’l chetidan yurishimiz ,

                      o’ng va chap yo’l qoidalariga e’tibor berishimiz kerak .

O’qituvchi : Barakalla bolajonlarim . Yo’l harakati qoidalariga amal

                    qilishingiz shart .

   — Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz , deganda nimani tushunasiz ?

   — Konstitutsiyamizning  qaysi moddasida Davlat tili to’g’risida

      gapirilgan ?

O’qituvchi : Har bir millatning o’z tili bor . Bizning  ham jonajon tilimiz

                   o’zbek  tilidir . Yer yuzida qancha millat , xalq , elat bo’lsa ,

                   shuncha til bor . Til insonlar orasidagi aloqa , fikr ifodasi ,

                   insonlarning  bir — biri bilan fikr almashinishiga  xizmat

                   qiladi .

O’quvchi : Bobokalon shoirimiz  Alisher Navoiy so’zning  yumshoq ,

                go’zal , nafisligi va inson ruhiyatiga ta’sirini shunday

                tasvirlagan  edi :

       Sizdadur har yaxshilikning  imkoni bor ,

      Bundan deydilarki , nafasing joni bor .

 

       Hazrat Alisher Navoiy tilning mazmuni ifodasiga alohida e’tibor berganlar . Har bir til o’z millati uchun aziz , o’zbek tili o’zbek xalqi ruhiyatini , g’ururini , kimligini  anglatish imkonini beruvchi  qadimiy  boy tildir .

O’quvchi : O’zbekiston REspublikasi  Konstitutsiyasining 4 —

                  moddasida til to’g’risida  bayon  etilgan .

O’qituvchi : Til to’g’risida kimlar  she’r biladi .

O’quvchilar :

Do’stga do’stu , dujona tilim ,

Begonaga begona tilim ,

Beshigimda yagona tilim

Ona tilim —  ona tili .

 

Boshimga aql bor ekan , borsan

Ko’zimda yosh bor ekan  , borsan

Toki quyosh bor ekan ,  borsan

Ona tilim  —  ona tilim

O’qituvchi : Kelinglar , qaysi guruh ko’p hikmatli  so’zlardan biladi

                   musobaqasini o’tkazamiz .

     1 — guruh :  » Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz «.

     2 — guruh : » Odoblar boshi tildir , uni tiymoq zarurdir » .

    3 — guruh : » So’zing achchiq , tilingni tiyib  tur , erk berilgan  til bir

                        kuni boshinga yetadi  «…..

      Hikatli so’zlar aytish davom etadi .

          Oxirgi shartimiz sardorlar musobaqasini o’tkazish .

                  Kim ko’p maqol  biladi ?

   1 — guruh : » Ish ishtaha ochar , dangasa ishdan qochar «

   2 — guruh : » O’zga yurtda shoh bo’guncha , o’z yurtingda gado bo’l «.

   3 — guruh : » Mehnat , mehnatning tagi rohat «

O’quvchilar baholanib rag’batlantiriladi .

O’qituvchi : Bizning tilimizga asos solgan bobokalonimiz Alisher Navoiy Hirot  shahrida tavallud topganlar . O’zbek tili muqaddas bo’lib,

xalqimiz uchun azizdir . Har bir tilning chiroyi , jozibasi , mazmuni , boyligi bo’lgani kabi , o’zbek  tili ham nozik , mazmunli iboralarga  boydir . Har bir inson bir- biri bilan yakka holda yoki jamoa joylarida muloqot va muomalada bo’lganida til odobiga e’tibor berishi lozim . Ona tilimizning ko’rki , kuch qudratini  jahonga ko’z — ko’z qilgan bobolarimiz Imom al — Buxoriy , Ahmad Yassaviy , Ahmad Yugunakiy , Alisher Navoiy , Mahmud Qoshg’ariy  » O’z tilini bilgan , e’zozlagan xalq  — kuchlidir » — degan naqlga katta e’tibor berganlar .

Siz tilni asrang  har nedan ortiq

Yagona zaminni asrangiz omon

Bobolardan qolgan bu noyuob tortiq

Toki avlodlarga yetolsin omon

 

     Prezidentimiz ta’kidlaghanidek kelajak avlod biz yoshlar  qo’lidadir . Uni ardoqlang , asrab — avaylab , tilimizni , uymonimizni hech qachon unutmaylik , Vatan ravnaqi uchun o’z hissamizni  qo’shaylik .

Uyga vazifa :  » Til bilgan  — el biladi »  mavzusini o’qib , keyingi

                           darsga tayyorlanib kelish

Dars yakuni :  Mustahkamlash .

Darsliklar
elga e’tiborsiz mavzusida ona tilidan dars ishlanma, Tilga ixtiyorsiz