Til haqida she’rlar, ona tili yangi she’rlar to‘plami
Til haqida she’rlar, ona tili yangi she’rlar to‘plami
DO`STLARGA ULASHING:
Til haqida ajoyib she’r
Ona tilim
Iroda UmarovaOna tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang.Ona tilim – necha asrlar
Kurashida yenggan polvonim.
Necha ajdod, necha nasllar
Suyib o‘tgan turkiy zabonim.Ona tilim – do‘ppi kiygan So‘z,
Doim yangi yo‘lcha-atlasi.
Bir satriga tashlasangiz ko‘z,
Tovlanadi ming-ming qirrasi.Ona tilim – asalchoy ta’mli,
Bulbultalqin, muhabbatsheva.
Lablarimga ko‘chirgum doim
Talaffuzin men seva-seva.Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang…Yurak tili
Nodirjon Uzoq
YuRAK TILI
Dunyo soqov edi, tuyqus so‘z so‘radi – sado bo‘lding,
Jilva sochdi mavjlaringda oyu yulduz – samo bo‘lding,
Koinotning burjlariga yoyilgan kuy – sano bo‘lding,
Sen tufayli vujudimga jo bo‘ldi-ku jonim, tilim.
Toshga ham til ato etgan sirli bitik – tilsim sensan,
Zarang moziy darvozasin ochqich kalit – «sim-sim» sensan.
Kamalakday lisonlar ko‘p – yolg‘iz yurak tilim sensan,
Tilmoch bo‘lding muhabbatga mehmon bo‘lgan onim, tilim.
Sen suluvsan – Qoshg‘ariyni Majnun kabi ko‘yga solgan,
Alisherbek vasf etay deb chiroyingni o‘yga tolgan,
Qodiriy ham Cho‘lpon suyib, oshiq joni o‘tda qolgan,
Ishq ahlining sharoridan sharaf topgan shonim, tilim.
Ko‘ksimdagi chechagim sen – kim qo‘l cho‘zdi yulmoq uchun,
Poymol etib, so‘ng ustimdan qah-qah otib kulmoq uchun,
Xazinasan, qulf eshigi – tilsiz, dilsiz gumroh uchun,
Siymu zarim, dur-gavharim, tilla to‘la konim, tilim.
Yov yo‘lasa, qilich-qalqon so‘zing tutib, qasd bo‘laman,
Ta’zim qilsa Senga, men ham otdan tushib past bo‘laman.
Sasing tuysam safarlarda, safo ichra mast bo‘laman,
Soqiy mudom saxiy senga – saodatli jomim, tilim.
Dilim sarxush, tilim biyron – abad baxtga yorligimsan,
Xudoyimning mukofoti – mangu maqtov yorlig‘imsan,
Ko‘zim deymi, yuzim deymi – boshdan-oyoq, borlig‘imsan,
Yetmish ikki tomirimda oqib turgan qonim, tilim.
Ey, sen xazon bilmas bog‘im, o‘zbekiy sof guling bo‘lay,
Guling uzra qanot qoqqan beorom bulbuling bo‘lay.
Hech bo‘lmasa, iltifot qil, bir qo‘riqchi quling bo‘lay,
Davlatli sultonim, tilim – oliymaqom xonim, tilim.
Sen bo‘lmasang, ko‘kka eltar nurli narvon, yo‘lim qayda?!
Sen sarbonsan, dilim – ziyo ortgan karvon, qo‘nim qayda?!
Tirikman, sen bois boqiy menga davron – o‘lim qayda?!
Sen borsanki, jaranglagay ko‘k toqida nomim, tilim!Ona tili haqida baxshiyona she’r
Ko‘z ochib yorug‘ jahonga,
Kirganda har bir insonga.
Onaning allasi aziz,
allaning tili eng laziz.
Muqaddas azon aytilib,
Qo‘yilgach ism bitilib,
Quloqqa har kuni quyilgan,
Qalbdan joy olib suyilgan,
Otamning ravon tili bu,
Onamning biyron tili bu!
Mixli tuyoqla boychibor,
Yo‘rtganda chopolmay nochor,
Barchin qurreyi qizdirgan,
G‘anim tulpordan o‘zdirgan.
Jumanbulbulning jirasi,
Qodir baxshi do‘mbirasi,
Mehnatkashning zafaridan,
Butun dunyo xabaridan,
So‘zlagan latif tildir bu,
Kuylagan zarif tildir bu.
Koshg‘ariyning devonida,
Xos Hojibning jovonida,
Rabg‘uziy rivoyatlari,
Boqirg‘on hikoyatlari,
Yassaviy hikmatlarida,
Lutfiyning suhbatlarida,
Mir alisher dunyosida,
Mirzo Bobur urxosida,
Yangragan aziz tildir bu,
Jon kabi aziz tildir bu!
Mashrabning yohu shiddati,
Nodirabegim ziynati,
Cho‘lponning oh nolasida,
Usmon Nosir jolasida,
Fitrat Botu fig‘onida,
Behbudiyning zabonida,
Qodiriy tug‘yonlarida,
Xamzaning isyonlarida,
Qaynagan pishgan tildir bu,
Ilohdan tushgan tildir bu!
Qahhor rostligi shu tilda,
Shayxzoda do‘stligi shu tilda,
Shu tilda Oybek, Hamidlar jilosi,
Zulfiyaxonim nolasi.
Halimaning sururlari,
Abdullaning g‘ururlari,
Muhammadning nigohlari,
Erkinlarning evohlari,
Iroda topgan tildir bu,
Ifoda topgan tildir bu!
G‘ayri tilim boy bo‘ston deb,
Nodonlar ko‘rganda ep,
Qilib ko‘ksini qalqonlar,
Jon fido qilgan omonlar,
Turfa go‘zal shevasidan,
Muhabbatning mevasidan,
Istiqlolning kelishini,
Qadri baland bo‘lishini,
Sabr bilan kutgan til bu,
Zafar tug‘in tutgan til bu!O‘zbek tili haqida she’r (Rauf Parfi she’ri)
Hayhot, toptaganda arab va mo‘g‘ul,
Hayotingning zanjirli yili,
Boshdan ne kechirding, mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Seni naqadarlik sevaman, ona,
Oh, yuragimning bulbuli
Bo‘lib sayragansan go‘dak chog‘imdan,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.Ona tilim ma’noli she’r
Mangulikka loyiqsan ona tilim!
Inobat Rizayeva, Farg‘ona viloyati
Til haqida audio she’rlar
Mo‘jizalar ichra mo‘jiza ona tilim
Namangan shahar 62- sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Turg‘unova Mo‘tabarning o‘zbek tiliga «Davlat tili» maqomi berilgani munosabati bilan yozgan «Mo‘jizalar ichra mo‘jiza» deb nomlangan she’ri
Ko‘pchilik ijrosida Ona tilim she’ri
O‘zbek tili mening ona tilimdir she’riy kompozitsiya
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Raimkulova Damiraning 21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuniga bag‘ishlagan «O‘zbek tili-mening ona tilimdir» she’riy kompozitsiyasi
Yurak tili Nodirjon Uzoq she’ri
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari
Til haqidagi barcha audio she’rlar mana bu sahifada keltirilgan.
Til haqida juda ta’sirli she’r
ONA TILIM
Farida Afro‘z“Ona tilim!” desam, birdan,
Turku turon bosh ko‘tarar,
Tosh bitiklar, O‘rxun xati,
Ilmu urfon bosh ko‘tarar.“Ona tilim!” desam, nogoh,
Qad rostlaydi “Alpomish”lar,
“Go‘ro‘g‘li”yu “Kun tug‘mish”lar,
Qadim arkon bosh ko‘tarar.“Ona tilim!” desam, yo, Haq,
Moturidiy, Zamaxshariy,
Buxoriylar qonda yoqqan
Nuri Qur’on bosh ko‘tarar.“Ona tilim!” desam, masrur,
Beruniyning qomuslari,
Ibn Sino malham tutgan,
Dardga darmon bosh ko‘tarar.“Ona tilim!” desam, mag‘rur,
Yarim jahon tilga kirar,
Silsilasi zilziladay,
Sohibqiron bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, shahdam,
Saf tortgaydir Ulug‘beklar,
Ali Qushchi xushin olgan,
Yulduz osmon bosh ko‘tarar.“Ona tilim!” desam, yo, Rab,
So‘z yonadi otash misol,
Mashrabini dorga osgan,
G‘ofil arqon bosh ko‘tarar.“Ona tilim!”desam, yig‘lar,
Uvaysiylar, Nodiralar,
Momolarim nazm etgan,
Latif Ho‘qon bosh ko‘tarar.“Ona tilim!” desam, o‘rtab,
Shahid ketgan Qodiriylar,
Avloniylar, Usmon Nosir,
Fitrat, Cho‘lpon bosh ko‘tarar.“Ona tilim!” desam, titrab,
G‘ofur G‘ulom, Oybek, Qahhor,
Mirtemirlar umrin yegan,
Buyuk armon bosh ko‘tarar.“Ona tilim!” desam, shaksiz,
Haqqim ko‘pdir dunyolarda,
Buyuklarni bot-bot bergan,
Pokiza qon bosh ko‘tarar.“Ona tilim!” desam, endi
O‘z tilimda O‘z Bekka xos,
Men so‘z aytsam, bani bashar,
Jumla jahon bosh ko‘tarar.Ona tilim!” desam, bugun,
Ajdodlarim, qarang, qarang,
Yana Sharqdan yangilangan,
O‘zbekiston bosh ko‘tarar.Eshqobil shukur Ona tilim she’ri
Tog‘lar, daryolarni tinglab ko‘rganman,
Yer va Osmon bilan sirlashganman ko‘p.
Mangu Shamol bilan suhbat qurganman,
Oltin bog‘lar bilan she’rlashganman, xo‘p.Ertaklar tingladim kapalaklardan,
Gullarning tilidan tera oldim bol.
Va Ona so‘zlarni tanib olganman.
Qaldirg‘ochlar bilan so‘rashganda, hol.Osmonlar, olamlar, toshlar, giyohlar,
Neki bor azal va abad yo‘lida.
Neki bor, so‘ylagan menga muqarrar
Sirlarini faqat O‘zbek tilida!Hikmatlar diyori O ona tilim,
Jondek oqajaksan, tomirlarimda.
Sen ko‘nglim mehvari, sen ruhim yo‘li,
Har lahza gullaysan, satrlarimda.Agar sen bo‘lmasang, qaydadir iqbol,
Ajdodsan, avlodsan, Vatansan, elsan.
Millatni tarixlar ichidan alhol,
Yetaklab o‘tgan sen, onajon tilsan!Agar sen bo‘lmasang, yurtni tanimay,
Sayoq bir it kabi o‘tib ketardim.
Hayotni tanimay, o‘zni tanimay,
Jaholat ichinda yitib ketardim.Olamni hijjalab o‘rgatgan, sensan,
Dillarga tuyg‘ular olib kirgan sen.
Butun bir millatning manglayin silab,
Mangu Ona kabi kulib turgan sen.Osmonlar, olamlar, toshlar, giyohlar,
Neki bor azal va abad yo‘lida.
Neki bor, so‘ylagan menga muqarrar
Sirlarini faqat O‘zbek tilida!Ona tili haqida chiroyli she’r
Shohidaxon Akbarova
Moziylardan so‘z ochasan dilimga,
Alisherbek saykal bergan tilimga,
Qancha-qancha malomatlar ko‘rmading,
Yana qaytding o‘zligingga, o‘zingga.Har so‘zingda olam sehr yashaydi,
Ona tilim hursand bu kun sen ozod,
Har kunim ham sening birla barhayet,
Onam tili — o‘z tilimsan umrbodBobomning jo‘n so‘zlarida aksi bor,
Momolarim nolasida sen takror,
O‘zbek xalqim sening bilan shodmon,
Onajonim tili o‘zing mehribonHayotimni quyosh misol yoritgan,
Kelajakka tinchlik so‘zini bitgan,
Ilm-u tolib ahli qo‘lidan tutgan,
Ona tilim baxtini xalqim kutgan.
Bu kun uchun ne-ne mardlar ko‘p yelgan,
Har so‘zingdan yashnab xursand shod elim.
Aziz o‘zi, laziz so‘zi xush bulbulim.
O‘zbek nomin ko‘z-ko‘z etgan soz tilim…Buyuk til haqida she’r
JAHON MINBARIDA YANGRAGAN TILIM
Yulduz ErniyozovaTarixing ulug‘dir, moziyga boqsam,
Kelajaging porloq, azizsan bugun.
Tangri nomi bilan ichaman qasam:
Men uchun har nedan erursan ustun.
Jahon minbarida turib Yurtboshim
Faxr-la so‘zladi O‘zbek tilida.
Iftixorda xalqning keksayu yoshi,
Shukrona har bitta o‘zbek dilida.Aslida millatning ko‘zgusi sensan,
Borsanki, bardavom ajdodlar yodi.
O‘z ruhi-la tirik bo‘lgan kabi tan
Senga bog‘langandir umrim, hayotim!Ona tilim mening faxru-g‘ururim!
D.A. Karimova
Turkiy tillar ichra marjonim o‘zing,
Gavharim, durdonam onajon tilim.
Elimning tandagi jonisan o‘zing,
Senla oldim ziyo, urfon-u bilim.Rivoj topsin deya ona tilimni,
Jon berib, jon kechgan qancha ajdodlar.
Zahmatlar evazi butun dunyoda,
O‘zbek tilda so‘zlar bugun avlodlar.Hokisor onamning allasi bilan,
Qon bo‘lib kirgansan tomirlarimga.
Yurtimning sho‘x qo‘shiq, yallasi bilan,
Taralding Hind-u Chin, Pomirlariga.
Qadim o‘tmish, bugungi kunning sururin,
Bitib qo‘ydik tarix varaqlariga.
Ona tilim mening faxru g‘ururim,
Sazovorsan dunyo sharaflariga!G‘ayrat majid Ona tilim she’ri
ONA TILIGA QASIDA
Zebo Mirzo
Hali bashariyat murg‘ak uyquda
Bilmaganda qalam, harfu imloni.
U tog‘lar ko‘ksiga gul qilib chizdi,
Gul deya anglatdi yorug‘ dunyoni.Odamlar qulonlar ortidan quvib
Jonlig‘ keltirganda omoch-molaga.
U buloq suvini uzatdi quyib,
Gul bargini bitib loy piyolaga.Balki o‘sha tasvir, balki o‘sha sir
Havvoning Atoga bo‘lgan dilidir?
Bilaman, qaysi so‘z bo‘lmasin o‘sha,
U mening yuragim – O‘zbek tilidir!Bobolar tili bu, ey Ona tilim,
Sendan kelar olis dala-dasht isi.
Uchar arg‘umoqlar qanotida sen
Qoldirgan izlarda kurashlar izi.Sen demaysan: “O‘ldir, yondir, qasos, qon!”
Sen degaysan: “Bag‘rim, sevaman, ishon!”
Million yillik ochiq dasturxoningda
Bug‘doy so‘zu bug‘doy yuragingdir non!Olis yulduzlarga cho‘zib qo‘lini
Zamin izlaganda yillar qa’ridan,
Yorqin tafakkurning yorug‘ yo‘lini
Topdi Ulug‘bekning jadvallaridan!Ona tili haqida qo‘shiqlar, audio mp3
O‘zbek tili qo‘shig‘i, Salohiddin Fayziyev ijrosida
Ona tili tanho oy, mehr bilan aytilgan qo‘shiq
Ona tilim, bolalar ijrosida ona tilim qo‘shig‘i
Ona tilim, Til bayrami qo‘shig‘i
Ona tili haqidagi barcha qo‘shiqlar mana bu sahifada keltirilgan.
Ona tilim sh’er
Eshonxonova Sarvara
O‘tmishingdan so‘z ochsam oh chekasan,
O‘z elingga ona bo‘lgan bekasan.
Sitamlardan bekinmoq-chun sadoqatli
Qalb to‘riga o‘tovginang tikasan.Hashamatli saroylarda yo‘q senga joy,
Kamsitishdan diling vayron, tilingda “voy“.
Dalalarga boshing olib ketasan goh,
Yo‘llaringni yoritadi ko‘kdagi oy.Baxshilarning tillarida yayrab- yayrab,
Do‘mbirasin bo‘zlatasan ko‘ksin tirnab.
“Alpomish“-u “Go‘ro‘g‘li“, “Kuntug‘mish“ni
Avlodlarga yetkarasan sayrab-sayrab.
Zarbob to‘n-u, yaltiroq kovush bilan,
Boshda shoyi salla, oroyish bilan,
Saroy ichra vazmin qadam tashlading,
Ko‘ngillarga malhamli tovush bilan.Hech qancha vaqt o‘tmay bechoraginam,
Yana boshlandi-ku xo‘rlanish sitam,
Nima qilay kimlar uchun ona tildir,
Lekin meni fors tilida bordir ginam.Uch xonlikda ko‘rarkansan elingni,
Yig‘lab-yig‘lab tig‘larkansan dilingni,
Ogahiy, Furqat, Nodira, Uvaysiyning
Ko‘nglida qurar eding manzilingni.Sho‘rolarning to‘plaridan ko‘rding zahm,
Sart til debon, qilmadilar senga rahm.
Qodiriyu, Fitrat, Cho‘lpon,Behbudiyning
Vujudidan panoh topding ko‘rmay vahm.Baxtli kunlar keldi mana eling uchun,
She’rlar bitay, malham bo‘lsin diling uchun.
Qadding baland tutgin, qadring baland bo‘lg‘ay,
Men kuylayman bu kun, tilim, sening uchun.Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!
Sayyora Samandarova,
Bobolarim shaʼn-shavkating saqladi,
Botirlaring o‘g‘lonligin oqladi,
Onam debon, jonim debon alqadi,
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!Goh burgutday qoyalarga urilding,
Goh xazonday yo‘l chetiga surilding,
Ming bor o‘lib, yorab, ming bor tirilding,
Ona tilim, o‘zbek tilim. o‘z tilim!Onam bedor senda aytdi nolasin,
Durday terdi orzulari shodasin,
O‘z tili bor mag‘rur o‘zbek bolasin,
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!Dunyo tanir o‘zbekni o‘z so‘zidan,
Tanib olar kulib turgan ko‘zidan,
Lutf etsa gar, nur yog‘ilar yuzidan,
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!Sen borsanki, men ham borman, o‘lmasman,
Gullagayman,yashnagayman, so‘lmasman.
Sensiz dili xastadirman, to‘lmasman,
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!
Ulug‘landing, ulug‘laring bor, tilim,
Millatimga nomus, g‘urur, or tilim,
Sen toabad Sayyoraga yor, tilim,
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!Til haqida quvnoq she’r
Kulmanova Rohila
Menga boqayotgan jajji ko‘zlarga,
Tilimda allani jo‘shib aytaman.
Buvimdan eshitgan sodda so‘zlarga
Onamning so‘zlarin qo‘shib aytaman.Tunlarni tonglarga ulab gohida,
Dildagi tuyg‘uni kuyga solaman.
“Alla”deb nom olgan san’at bog‘ida
Farzandimning qalbiga mehr ekaman.Yuragimda bo‘lgan orzu-istakni,
Marjondek zeb berib so‘zga teraman.
Alpomish dostonin, aytib ertakni
Uning g‘ururiga taqib qo‘yaman.So‘zlab bergan ushbu dostonlarimda,
Faxri mujassamdir millatimizning.
Kuyga solgan qator ash’orlarimda
Ahdi muqaddasdir ajdodlarimning.Buyuk qadriyatlar beshigi o‘zing,
O‘zlikni anglashning ilk ostonasi.
Ko‘plab ma’no, shaklga ega har so‘zing
Lug‘at boyligingdan bir nishonasi.
Til haqida hazil she’r
Sherova Orzigul
Hamma sendan zo‘rdek go‘yo bilimdon,
Hayolini chulg‘ab olar har gumon,
Begonadek sezar o‘zin u har on,
Til bilmasa qiyin ekan talaba.
Undan ketar hatto yaqin g‘alaba.Tushungisi kelar ammo yo‘q bilim,
Azroildek ko‘rinadi muallim,
Eh shu bo‘lsa u xohlagan bu ta’lim,
Til bilmasa qiyin ekan talaba.
Undan ketar hatto yaqin g‘alaba.O‘tar kunlar tugab borar to‘rt fasl,
Ketay desa uyat deydi har nasl,
O‘zin aylar shod o‘zbekman asl,
Til bilmasa qiyin ekan talaba.
Undan ketar hatto yaqin g‘alaba.Qadrli ona tilim she’ri
Tilovova Hilola
Til haqida qasida
MUQADDAS HAMROYEVA.
O‘rxun- Enasoydan mulk qolgan tilim,
Tosh bitiklarda so‘ylolgan, tilim.
Ahmad Yugnakiyda, Mahmud Qoshg‘arda,
Yusuf Xos Hojibda yangrolgan tilim
Sen mening gulimsan, bulbulim, tilim.To‘maris momomga tirgaksan balki,
Shiroq bobom uchun tilaksan balki,
Kelajak avlodga keraksan, BIL- KI,
Yovlarda toptolmas, ey Ona tilim,
Sen mening gulimsan, bulbulim, tilim.
Ikki til g‘avg‘osin so‘zga olmishlar,
Forsiy va turkiyni ishga solmishlar.
,,Muhokamat ul- lug‘atayn»da yutding sen, tilim
Sen mening gulimsan, bulbulim, tilim
G‘olib- u mukarram, ey Ona tilim!Hazrat Bobur uchun bir armondirsan,
Vatan sog‘inchiga bir qalqondirsan,
O‘zga yurtlarda ham sen sarsondirsan,
,,Xatti- Boburiy» dan joy olgan tilim,
Sen mening gulimsan, bulbulim, tilim.Furqat, Zavqiy, Turdi, Muqumiylarda.
Gulxaniy, Mashrab-u Avaz O‘tarda,
Nodira, Uvaysiy, Anbar Otinda,
Go‘zallik zavqini tuyolgan tilim,
Sen mening gulimsan, bulbulim, tilim.Seni kamsitdilar, o‘tga otdilar,
O‘z tilin majburan bizga sotdilar
Andisha atalmish go‘zal xislatni,
Otini qo‘rqoq deb bir so‘z qotdilar.
Sart deya oyoqda toptalgan tilim,
Sen mening gulimsan, bulbulim, tilim.,,Kecha va kunduz» da ,,O‘tkan kunlar» da
O‘zbek andishasin anglatgan tilim
Usmon she’rlarida xalqin uyg‘otib,
,,Ko‘ngil kishan» larin uzolgan tilim
Sen mening xalqparvar, ey Ona tilim,
Sen mening gulimsan, bulbulim, tilim.Behbudiy, Fitrat, Avloniylarda
Cho‘lpon, Usmon Nosir ,Qodiriylarda,
O‘lmagan, qaddini tik tutgan tilim,
Chin haqiqatni aytolgan tilim
Sen mening gulimsan, bulbulim, tilim.Seni o‘ylayversam bo‘g‘zim qonaydi
Hech bir xalq tarixda tildan tonmaydi
Sen yo‘qolmasang gar xalq ham o‘lmaydi
Bobomerosimsan mardona tilim,
Sen mening gulimsan, bulbulim, tilim.O‘zliging o‘zingga qaytarib kelib,
O‘zbekka o‘z tilin maqomin berib,
Yuksakka ko‘targan ULUG‘ INSONdan
Xalq ham rozi, O‘zbekiston ham
Ajdodlar merosi, xalqona tilim,
Sen mening gulimsan, bulbulim, tilim.Go‘zal lutf-u, shirin, sharqona tilim,
Bobomerosimsan, shohona tilim,
Momom allasisan, koshona tilim,
Ajdodlar yodisan, mardona tilim,
Sen mening gulimsan, bulbulim, tilim,
Senga ta’zim aylay, ey ONA TILIM!Bolalar uchun Ona tilim she’ri
Komilova Ra’no
Ona tiliga bag‘ishlangan she’r
Orif Xamroyev
Sensan,samolardan ingan tilsimot,
Menman, jumbog‘ingni yecholmayotgan.
Senga malol kelar gox xayot,mamot,
Menga barin ayt gar qulfingni ochsam.Sensan, og‘ulardan ming pora bo‘lgan,
Nochor, qismatidan yig‘lagan falak.
Sensan,malomatning qoniga cho‘kkan,
Singan,qanotidan ayrilgan malak.Sensan,onalarning ko‘zida qotgan,
Zaqqum daraxtining alamli yoshi.
Sensan,otalarning ko‘ksida yotgan,
Kimsa anglamagan metin bardoshi.Sensan, qudratining bir zarbasida,
Arab, ajamlarga meni tanitgan.
Sensan,qalamining bir xamlasida,
Bashar urfonini xangu mang etgan.Sensan, onajonim allalarida,
Shaksiz,muxabbatni bardavom etgan.
Sensan,suyukligim nigoxlarida,
So‘zsiz, dil izxorin bas-bayon etgan.Rostin so‘zlaganda senga, azizam,
Kulsang quvonaman,yig‘lasang ado.
Seni o‘ylaganda qaltirar tizzam,
Ketsang,muqarrar,men,bir kafangado.Sensan, lomakondan bir tuxfa,ne’mat,
Qalbim chamanida g‘animat gulim.
Millat shuurida tiriklik demak,
Ko‘zim quvontirgan sen- Ona tilim!Tilshunoslik atamalariga she’rlar
Sirtqi saboq
Matnazar ABDULHAKIM
Til va dil, azaliy va abadiy hislar haqida #she’r:Men seni sevaman… O, qursin esim,
Nahotki «Men» – ega?.. «Sevaman» – kesim?..
Qoidaga mahkummiz buncha nega biz?
Muhabbat emasmi, axir, egamiz?… Sen bo‘lsang maktabda – mashaqqatdasan,
Ruhimda xavotir g‘alayon boshlar.
Seni toliqtirib qo‘ymadikmikin
Har xil undalmalar, otlar, olmoshlar?«Ni»ni emas, seni sevaman o‘zim,
Diydoringga yetmoq umidim ming-ming,
Sening ko‘zlaringni sog‘indim, ko‘zim,
Ko‘zim yo‘q ko‘rishga turqini «ning»ning.Yuragim kim o‘zi, yuragim nima?
Yuragim zanjirband – zulfingga bog‘liq.
Yuragim bo‘m-bo‘sh uy, fayzli qilmasang,
Ochmasang berk uydir, mahkam qulflog‘liq.Qulflar sinsinlar, kel, eshiklaring,
Uyiga o‘t tushsin kelishiklarning.
Qaratqining o‘zi sensiz qaratqich,
Sensiz tushumni men tush ko‘ribmidim?!
Sen bo‘lsang shu qadar kelishgansanki,
Muhabbatdan boshqa kelishiging yo‘q…Na bir darak gap bor maktublaringda,
Na bir ergash gap bor maktublaringda,
Faqat yurak gap bor maktublaringda,
Faqat tergash gap bor maktublaringda.Ruhimga hech tinmas g‘amdan ta’qiblar,
Maktublar – ishq dardin mahzun iloji.
O‘qir, konvert yirtib, xatim raqiblar,
Yurakni olgandek ko‘ksimni ochib.O, yuragim mening – maktab bolasi!
Tahlikaga tushmay, cho‘kmay sevadi.
Yuragim indamay sevadi seni.
Quchoqlamay sevar, o‘pmay sevadi.Men sevmoq baxtiga ming dardda yetdim,
Biroq bu ne hikmat, biroq bu ne sir?
Lablarimda sensiz bo‘salar yetim,
Lablaringda mensiz bo‘salar yesir.Sening yo‘qlovingsiz hislar ham sag‘ir,
Xohi gar ishonma, xohi gar ishon.
Meni unutmabsan, xayriyat, axir,
Maktublar bitibsan xotirparishon.Biroq sendan xat yo‘q kechadan beri,
Zor etding ko‘zlarim – gadolaringni,
Meni sog‘insayding sog‘inganimdek
Jondan aziz imlo xatolaringni.Baxt va kulfat bilan sevaman seni,
Sevaman zararlar va foydalarsiz.
Ko‘zlarim yo‘lingga termula berar
Hech qanday bir imlo qoidalarsiz.Sen esa omon bo‘l bosh kelishikda,
Sarviqad va qalamqosh kelishikda.
Maktublar bitaver, mayli, parishon,
Ta’na kelishikda, tosh kelishikda.Sen faqat unutma, faqat unutma –
Ko‘zlarim ko‘p yomon sog‘indi seni
Qayg‘u kelishikda…
Yosh… kelishikda…Til haqida qisqa she’rlar
Ko‘rmas dema, tog‘ning ham ko‘zi bo‘ladi, do‘stim,
Oyoqlari, qo‘llari, yuzi bo‘ladi, do‘stim.
Xudo jonli-jonsizga til bitgandek go‘yoki,
Jilg‘alari, soylari – so‘zi bo‘ladi, do‘stim.* * *
Mutloq Mulk sohibi – boydan, ona til,
Qadimdir quyoshdan, oydan, ona til.
Agar bugun seni yo‘qotib qo‘ysam,
So‘ng o‘zimni izlay qaydan, ona til.* * *
Bir qutlug‘ nasiba – bug‘doy so‘zlarim,
Ko‘ksingni ko‘targay tug‘day so‘zlarim.
Ona tilin pisand etmaganlarning,
Qalbiga sanchilsin tig‘day so‘zlarim.* * *
Chaqaloq tug‘ildi, allalar bo‘lgay,
Ulg‘ayar, keyin to‘y-yallalar bo‘lgay.
Jaranglasa bular ona tilimda,
Misoli zang bosmas tillalar bo‘lgay.* * *
* * *
Tug‘ilgan yurt menga vatan,
Ona tilim jonimdir.
Tilu yurtdan ayrilsam gar,
Shu kun o‘lgan onimdir.
ona tili yangi she’rlar to‘plami, Til haqida she’rlar.