Til haqida sherlar

Til haqida sherlar
til haqida sherlar 67027e32eff53

Til haqida sherlar

Til haqida sherlar

DO`STLARGA ULASHING:

Til haqida sherlar. 21 oktabr til bayrami. Til — bu insonning fikr va his-tuyg’ularini ifodalash, muloqot qilish, bilimlarni uzatish va madaniy merosni saqlashda muhim rol o’ynaydigan vositadir. Har bir til o’ziga xos grammatik tizimga, leksikaga va fonetikaga ega bo’lib, ularning har biri o’z xalqining tarixini, urf-odatlarini va dunyoqarashini aks ettiradi.

Tillarni o’rganish va saqlash — bu faqat komunikatsiya vositasini emas, balki insoniyatning madaniy merosini qadrlash va rivojlantirish demakdir. Til orqali biz o’tmishdan o’rganamiz, hozirgi zamon bilan aloqada bo’lamiz va kelajak uchun rejalashtiramiz. Tilning boyligi va xilma-xilligi insoniyatning tafakkur qobiliyatini va ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi.

Qisqasi, til — bu insoniyatning rivojlanishi, o’zaro anglashuvi va madaniyatni saqlashda ajralmas qismdir. Til haqida sher marhamat.

Ona Tilim

Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

Tilning Qadri

Til — qahramonlik, ilm va san’at,
Har bir so‘zda yuksak ma’no bor.
Qalbning eng chuqur joyidan chiqib,
Dilga, yurakka, xayolga singar.

Har bir tovushda, har bir ifodada,
Bir dunyo hikmat yotadi go‘yo.
Til orqali biz qadriyatlarni saqlaymiz,
Yurtimizni, tariximizni yangilaymiz.

Uning boyligi, rang-barangligi,
Kuchli qurol, tinchlikka sabab.
Har bir so‘z, har bir yozuvda,
Yurakdan yurakka o‘tar izlar.

Ona Tilim

Alla bo’lib qulog’imga kirgan tilim,
G’azal bo’lib sabog’imga inggan tilim.
Gullab-yashnab ko’z-ko’z etding jamolingni,
Dilim yayrar ko’rib yuksak kamolingni.

Bobur mirzo sog’inchida yig’ladingmu,
Amir Temur ag’yorlarin tig’ladingmu?
Ona tilim, boqiy tilim, jon tilim,
Yillar osha yashnab turgan xon tilim.
Seni asrab-ardoqlayin shirin so’zlab,
Xazinangga yo’l axtargum durlar izlab.
Ona tilim, go’zal tilim, jon tilim,
Har lutfida bir siri bor xon tilim.

Birinchi So‘z

Til — bu insonning ilk so‘zi,
Yangi dunyoning eshigi,
Ushbu so‘zlar bilan dunyoni tanib,
Yangi umid va orzularni qurgan.

Bir oz tasavvur, bir oz sevgi,
Har bir so‘zning mohiyatini anglash.
Tildan topamiz bizni bog‘laydigan,
Qalbimizni o‘zaro to‘ldiradigan.

Bir-birimizni tushunish, sevish,
Muloqot qilish, til orqali bo‘ladi.
Har bir so‘zda yashirin, cheksiz olam,
Minglab his-tuyg‘ular voqea bo‘ladi.

Ona Tilim O’lmaydi – Til Haqida Sherlar.

Notiq dedi: «Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda».

«Ey voiz, pastga tushgin,

Bu gap chiqdi qayerdan!»
Navoiy bilan Pushkin,
Turib keldi qabrdan.

Kim darg‘azab, Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.

«Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».

— Hey, bu qanday aqida!

— Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida,
Ruboiy aytdi Xayyom.

Ehtirosli, otashdil,
Beranje so‘rdi nolon:
— Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!

Neruda, Lorka turdi,
Servantesning yoniga:
— Kim qasd etib tig‘ urdi,
Ona tilim joniga!

Fuzuliy yondi: — Ozar,
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
«Ona tilimo‘lmaydi».

Kamalakdek rango-rang,

Bo‘lsin deb san’at, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

«Faust» yondi gurillab,
«Xamsa» o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar: Hech qachon,
Ona tilim o‘lmaydi!

Tilning Boshqaruvi

Tiling bilan nazar salayotgan,
Yurakdagi hislar ifodalanadi.
Har bir so‘zning qayg‘usi, quvonchi,
Ko‘zlaring orqali qolgan izlar.

Tilar orqali insonga dunyo ochiladi,
Yurakdagi sirlarni so‘zlar ifodalaydi.
Shu so‘zlar yordamida biz bir-birimizni tushunamiz,
Sog‘inch, sevgini, do‘stlikni ifodalaymiz.

Dunyo Tillari

Dunyo tillarining rang-barangligi,
Xalqni tanitadi, ularni birlashtiradi.
Har bir til o‘ziga xos tarix, madaniyat,
Bir butun dunyoning rangin mozaykasi.

Til orqali bizning orzu-havaslar,
Hikmatlar, qadriyatlar ko‘rsatiladi.
Har bir so‘zning mohiyati chuqur,
Dunyo tillari bizni o‘zaro bog‘laydi.

Ona Tilim

Ming yillarkim bulbul kalomi,
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi,
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

Ona Tilim – Til Haqida Sherlar

Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Belanchaging uzra Koshg‘ariy,
Kuylab o‘tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringga,
Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan,
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.

Ammo dushman o‘ldirgan botir,
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir,
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.

Vatan uchun baxsh etib jonni,

Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni,
Shimirding sen o‘xshab giyohga.

Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday,
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.

https://talimuchun.uz/sherlar/til-haqida-sherlar

Til haqida she’rlar.