Til haqida insho to’liq malumot oling
Til Haqida Insho Rejasi Bilan
Reja:
O’zbek tili tarixi
Ona tilimizning ahamiyatlari
Tilimizni abadiylashtiradigan ijod namunalari
Tilning Ijtimoiy Roli
Tilning Ijtimoiy Roli
Til odamlar o’rtasidagi muloqotni tashkil etishda asosiy vosita hisoblanadi. Jamiyatda til yordamida biz o’z fikrlarimizni ifodalaymiz, bilim va tajribalarimizni bo’lishamiz, hamda boshqa insonlar bilan aloqalar o’rnatamiz. Til orqali biz ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni rivojlantiramiz, do’stlik, ish, oila va boshqa sohalarda kommunikatsiya qilamiz.
Misol uchun, ish joyida yoki ta’lim muassasalarida til orqali ma’lumotlar uzatiladi, muammolar hal etiladi va qarorlar qabul qilinadi. O’zaro tushunish va samarali ishlash uchun aniq va to’g’ri kommunikatsiya zarur. Bu jarayonlarda tilning roli juda katta bo’lib, noto’g’ri tushunish yoki muloqotdagi qiyinchiliklar ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
O’zbek Tili Tarixi
Ona Tilimizning Ahamiyatlari
Ona tilimizning qiyosida olamcha ma’no bor. Ilk bor ona taftin sezgan murg’ak mo’jiza, ilk bor ona allasidan uyg’onganshuur, ilk so’zi ham “ona” bo’lar yorug’ olamda,shuning uchun muqaddas bu til.Til –ajdodlar merosini biz avlodlarga ko’prik qiluvchi vosita.Til-butun bir xalqni ezgulikka, nurafshonlikka eltuvchi mayoqdir. Til –millatning qalbi, qudratli quroli, undan mohirona foydalanilsa mo’jizalar yaratishi, ona tilimizning bitmas-tugamas boyligidan unumli foydalanish, uning sofligi va to’g’riligini saqlash har bir kishining oliyjanob burchi sanaladi.
Tilimizni Abadiylashtiradigan Ijod Namunalari
Yozuvchi va shoirlarimiz tilimiz haqida ko‘plab purmaʼno hikmatli so‘zlarni aytganlar va tilni turlicha taʼriflaganlar. Abdulla Oripov o‘zbek tili yo‘qolsa, to‘tiga aylanib qolishini, Erkin Vohidov ona tilimiz o‘lmasligini bot-bot taʼkidlaydi. Rasul Hamzatov esa ona tilisi yo‘qolsa, hatto o‘limga ham rozi ekanligini qalamga oladi.
Ona tilimiz hisoblanmish o‘zbek tilini maqtab, uni madh etib, hattoki shu mavzuda qasidalar yozib, qalam tebratgan shoir-u shoiralarimiz nihoyatda bisyor. Masalan, qalami o‘tkir shoir Rauf Parfining:
Hayhot, toptaganda arab-u mo‘g‘ul,
Hayotingning zanjirli yili.
Boshdan ne kechirding mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili, – deya aytilgan yuqoridagi sheʼrida yurtimizni ko‘chmanchilar istilo qilganda ham, garchi bosib olib, o‘z tili, mafkurasini o‘rnatishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, o‘zbek millati o‘zining eng qimmatli boyligi, yaʼni ona tilisini yo‘qotmaganligi aks etgan. Yoki shu voqealarning davomi sifatida Xurshid Davronning quyidagi sheʼrini keltirishimiz mumkin:
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.
Shu voqealarni eslab, Muhammad Yusufning quyida yozgan sheʼrini o‘qib, beixtiyor o‘yga toladi kishi:
Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim.
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Til Haqida Insho Maqolasida Til Haqida
Til — bu insonlarning o’zaro muloqot qilish, fikr va his-tuyg’ularini ifodalash, bilim almashish va madaniyatni saqlash uchun asosiy vositadir. Har bir xalqning tili uning madaniyati, tarixiy merosi va shaxsiyati bilan chambarchas bog’liqdir. Tilning hayotimizdagi roli va ahamiyati juda katta bo’lib, u ijtimoiy, psixologik va madaniy aspektlarni o’z ichiga oladi.
Ushbu insho askinfo.com saytidan olindi.
Boshqa mavzular
Til haqida insho