Til bayramiga ssenariy to’liq malumot oling

Til bayramiga ssenariy to’liq malumot oling

TIL  BAYRAMI
Mundarija скрыть

 

1.BOSHLOVCHI.  Assalom  davrimiz  allomalari

                             Ustoz  murrabiy-piri komillar

                             Assalom qalblarda quyosh uyg`otib

                             Ongimiz ko`ksida quyosh bo`lganlar.

 

 

2.BOSHLOVCHI. Xurmatli qadrdon ustozlarga

                            Tonglarni qarshilab otashin salom.

                             Bizning T.I.X.Q.kolleji talabalariga

                             Kichik xuquqshunoslardan salom assalom

 

 

1.BOSHLOVCHI.    Assalomu alaykum davramizning ko`rki latofati

xayotimizning mazmuni bo`lgan aziz ustozlar.

 

2.BOSHLOVCHI. Assalomu alaykum TIXQkolleji talabalari- kelajagi buyuk elning fidouylari mani bugun biz azizlar bilan birga ona tilimiz bo`lgan o`zbek tilining qutlug` bayramini yani tilimiz davlat tili xuquqini olgan sanani 

nishonlash uchun yig`ildi

 

1.BOSHLOVCHI.  Bayraming muborak bo`lsin Onajonim-jonajonim tili.

 

2.BOSHLOVCHI.Bayraming abadiy bo`lsin elu yurtim yuragi-Onajonim tili.

 

Keksa qayrag`ochning ildizin ochib

                                   Tortdilar qo`sh arqon solib belidan

                                    Lekin u tuproqqa panjasin sanchib

                                     Sira qo`zg`almasdan ungan eridan

                                     

                                      Nixoyat chars etib erga quladi

                                       Butab so`ng ko`tarib ketdilarbiroq

                                      U o`z panjasida olib jo`nadi

                                       Yashagan eridan bir siqim tuproq.

 

Darxaqiqat bu ulug` qayrag`ch aziz o`zbegim mening burro-burro bulbulugo`yo shirin zabonim seni 70 yil butadilar ey mening ildizi chuqur    

Otgan metin tomir Ona Vatanim. Sen shunchalar sadoqatli ekansanki selu

Bo`ronlarda xam quyosh nurini olib ko`kka bo`y cho`zding. Va nixoyat 1989 yil 21 oktabrda ona tilimizga Davlat maqomi berildi  . Xa sen yana qayta tug`ilding ona tilim onajonim tilim.

 

 

 

 

2.BOSHLOVCHI. Ona tilim jonajonim tili bu

                            Beshikdanoq singgan jonu quloqqa

                            Ona tilim xonumonim tili bu

                            Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa

 

Avloddan-avlodga meros qoladigan asosiy boylik-bu tildir.Ona tili bor ekan

Vatan bor , xalq bor. Xalqning umr o`lchovini til belgilaydi. Dunyodagi bor

Go`zallik va sexrni ona allasini eshitmoqlik baxti til bag`ridadir. Tilni asrab

 -avaylash xar bir kishining  insoniylik  burchidir .  SHukrlar  bo`lsinki ,  Respublikamizga  o`z  ona  tilimiz – o`zbek  tiliga  Davlat  tili  berildi.  Bu  o`zligimizni  topishga  olib  keldi  ,  kelgusida  o`zbek  tilining  yanada  taraqqiy  etishiga  yo`l  ochmoqda .  Xar  bir  inson  o`z  ona  tilini  mukammal  egallashi  xam  qarz  ,  xam  farz,  chunki  tiliga  etibor-elga etibordir.

 

1.BOSHLOVCHI. Kelib-ketdi necha dunyolar

                                 Keldi xayot, yig`ladi  o`lim

                                  “Sen” deb  qurbon bo`ldi  bobolar,

                                 Ular  krtdi, sen qolding tilim.

 

 

2.BOSHLOVCHI . Samarqanddan  Bobur ketarkan,

                                  Dilda  tutib  xasrat  sasini

                                  Olib ketdi ona  yurtingdan,

                                  O`zbek  tili  birgina  seni

 

 

1.BOSHLOVCHI .  Azizlar , “Moziyga  qaytib  ish  ko`rish  xayrlidir”  deb 

yozgan   edi  buyuk  yozuvchi  ,  o`zbek  tilining  moxir  ustasi  A.Qodriy.

SHu  maqsadda   bugun  ,  qutlug`  ayyomida  o`tmishimizga  bir  nazar  tashlashni  joiz  topdik.

         Tarixingdir  ming  asrlar  ichra  pinxon  “O`zbegim “ qo`shig`ini  boshlanishi  fonida  saxnaga  Amir  Temur  va  Saroy  Mulkxonim  kirib  kelishadi.

 

                   Amir  Temur:

Biz  kim  millatlarning  eng  qadimiy  va  eng  ulug`I,

Turkning  bosh  bo`g`inimiz

Assalom  buyuk  xalqim.

Istiqloling  muborak , o`zliging  muborak.

Alxamdullox  tangri  taolloning  yordami , mamuriy  olamini  shunday  zabt 

Etdimki , butun  Turon  zaminida  adolat  va  ozodlik  dasturim  bo`ldi . Millatning  ulug` martabasini  , saodatning  saqlamoq , millat  dardlariga  darmon  bo`lmoqlikni  vazifam  deb  bildim. Saltanatdagi  olimu  fozillarga 

Ularning bebaxo  ilm-xazinalariga  ko`p  muruvvatlar  ko`rsatdim. CHunki

Yozilgan  narsa  avlodlar  xotirasida  qilingan  ishdan  xam  uzoqroq  yashaydi.  Sizlarning  bugungi  ulug`  bayramingizga  biz  xam   uzoq  o`tmishdan  ayyomingiz  muborakbod  etgani  keldik.

 

                       Saroymulkxonim:

Nazm  mulkning  sultoni  mavlono  Alisher  Navoiy  xuzuringizga  kirishga  ruxsat  so`raydi.

Amir  Temur:  Xurmat  extirom  ila  u  kishini  xuzurimizga  taklif  qiling.

    “GHo`lu  iroq  kuyi”  fonida  Navoiy  saxnaga  taklif  etiladi.

                 

              

                A.Navoiy:

Kecha  kelgumdur  debon  ul  sarvi  gulro`  kelmadi.

Ko`zlarimga  kecha  tong  otguncha  uyqu  kelmadi.

Laxza-laxza  chekdimu  chiqdim  yo`liga  intizor

Keldi  jon  bo`g`zimgayu  ul  sho`xi  badxo`  kelmadi.

Ul  parvarish  xajridankim  yo`g`ladim  devonavash

Kimsa  bormikin  anga  ko`rganda  kulgu  kelmadi.

Ey  Navoiy  , bodi   birlo  xurram  et  ko`ngil  uyin.

Ne  uchunkim  boda  kelgan  uyga  qayg`u  kelmadi.

 

Navoiy  bunyod  etgan  besh  bebaxo  dostonning  jamuljami-o`lmas  “Xamsa”

Mana  qo`limda  5 asr  muqaddam  buyuk  Alisher  ona  tilimizga ,  qadimiy  adabiyotimizga  ilk  marotaba  beqiyos  xaykal  o`rnatdi,  bashariyat  istedodidan  abadiy  nishona  inson  tafakkurining  oily  gultoji  “Xamsa “ dunyoga  keldi . Alisher  davr  zanjirlarini  o`zining  qudratli  dostonasi  “Xamsa” si  bilan  o`zib  xalqimizni  ezozladi, o`lmas  merosi  etti  iqlimga  etdi.

Saroymulkxonim:  Xind  elidan  vatondoshimiz  Bobur  Mirzo  tashrif  buyurmushlar.

Amir  Temur:  Bobur  Mirzoni  xuzurimizda  ko`rmaklikdan  g`oyat  shodmiz.

 

          Bobur  Mirzoni  “Qoldimu”  g`zali  bilan  saxnaga  kirib  keladi.

 

CHarxing  men  ko`rmagan  jabru  jafosi  qoldimu?

Xasta  ko`nglim  chekmagan  dardu  balosi  qoldimu

Meni  xor  etti-yu  qildi muddaig`a  parvarish

Daxri  dunparvarning  o`zga  muddaosi  qoldimu

Meni  o`lturdi  jafou  javr  birla  ul  quyosh,

Endi  turgizmak  uchun  mexru  vafosi  qoldimu

Oshiq  o`lg`och  ko`rdim  o`lumni  o`zimga ,  ey  rafiq

O’ztga ko’nglimning bu olamda xarosi qoldimu?

Ey ko’ngil, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb

Tengi uchun der bu olamning safosi qadimu?

Amir Temur: Barakalla Bobur Mirzo Barakalla

Bobur Mirzo qo’lidagi “Boburnoma” asarini Amirga topshirdi.

 

Qo’shiq

 

She’riyat osmonining yorqin yulduzlari jahon otin Uvaysi-yu, Nodirabegimlar xuzuringizga  tashrif buyurmishlar

         Temur shunday ulug’ bayram kunida, o’zbek she’riyatini eshitmaklik biz uchun katta bahtdir.

 

(Musiqa sadolari ostida sahnaga Uvaysiy va Nodiraga na’zm ila kirib keladilar) (Uvaysiy g’azal o’qiydi)

 

Uvaysiy:

 

                   Mehnatu olamlarga mubtalo Uvaysiyman

                   Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman

                   Izladim bu olamni, topmadim vafo ahli

                   Barchadin yumib ko’zni muddao Uvaysiyman

                   Kechalar fig’onimdan, tinmadi kavvobiylar

                   Arzi to samo uzra mojaro Uvaysiyman

 

Nodira:

 

                   Men haqda bezovta bir jon o’tdi deb

                   Bir jonda ming bitta imkon o’tdi deb

                   Imkonlarni pinhon bir shon o’tdi deb

                   G’urur, or mulkida sulton o’tdi deb

                   Ortimdan o’rtanib kuyuvchi bo’lgin

                   Jonon piyolaning jarangi bo’ldim

 

         Naqadar go’zal g’azallar, ammo ularning she’rlari buncha g’amgin , buncha nolali.

         Amirim , shoiralarning nolishlari zamonasiga hamohangdir, lekin sizning kichik evara, chevaralaringiz borki ular XI asr avlodlaridir.

         Ijozatingiz bilan ularning erk, ma’rifat, baht, saodatini, zavq-shavq bilan madh etishlarini tinglasdak

         Bajonudil!

         Sahnaga zamondosh soirlar kirib kelishadi:

 

Borakallo Borakallo

 

Saltanattadagi olimu, fozillarga ularning bebaho ilm xazinalariga ko’p muruvvatlar ko’rsatdim. Bugun jajji ajdodlarimiz shunday muhtasham qasrlarda ilm olish bahtiga muyassar o’g’loni ko’rib boshim ko’kka yeti

 

Aziz nabiralarim: Sizlarga yagona tilagim ilm istang

                            Alp o’g’lonlari o’lkasi bu ko’hna Turon

                            Qalqonlari , qanotlari ilm istang

                            Yarin jahon bunyd etgan Sohibqiron

 

         Alisherning avlodlari ilm istang

         Tahtdan tushganda ham otdan tushmagan

         Ajdodingiz qurmagan-davlat qurgan

         Yurti uchun yelkasida tog’lar surgan

         Rustamlari, Farhodlari ilm istang

 

                            Ko’z ochganda kezib yeti bahra ummon

                            Yetti tilda so’ylashgan biz tili biyron

                            Vatanida Tojmahallar tiklar sulton

                            Boburlari Behzodlari ilm istang

 

         Haq yo’li siz limning ummatlari

         Halq yo’lida hidiyati himmatlari

         Madad bo’lsin Yassaviyning hikmatlari

         Bobo mashrab bayotlari ilm istang

 

                            Ilm istang yuzingizdan ibrat bo’lsin

                            Ihlosingiz shahtingizdan shiddat yog’sin

                            Ortingizdan mag’rur-mag’rur millat yog’sin

                            Mulki turon najodlari ilm istang

 

(Qo’shiq bilan sahna ko’rinishi tugaydi)

 

1-boshlovchi: Shunday qilim Ona tilim-jonu dilim tadbiri ishtirokchilari va bayram dasturini tayyorlagan talabalarga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz, e’toboringiz uchun rahmat.   

 

Darsliklar
Til bayramiga ssenariy