TikTok dasturi haqida
TikTok dasturi haqida
TikTok — ommabop internet xizmati bo’lib, asosan qisqa davomiylikdagi videolarga mo’ljallangan bo’lib, videolar davomiyligi 15-60 soniya atrofida bo’ladi. U pekinlik ByteDance kompaniyasiga tegishli bo’lib, 2016-yilda ishga tushgan. Hozirda kompaniya egalari TikTokni 50 milliard AQSH dollariga baholashgan.
10-15 soniyalik ko’ngilochar videolar(kulgili sketchlar, musiqa ostida raqsga tushishlar, trendlar, video-latifalar)ni osonlik bilan millionlab tomoshabinlar topishi mumkin. Bu o’z navbatdida ushbu xizmatni mashhurligi sabablidir. Google Play’dan ushbu dasturni 1 milliarddan ko’proq yuklab olishgan. Unga 29 milliondan ortiq fikr, izohlar bildirishgan. O’rtacha bahosi 4.5 ga teng(25-dekabr, 2020-yil holatiga ko’ra).
TikTok’dagi videolar davomiyligi qisqa bo’lganligi uchun ular tezda jonga tegmaydi, shu sababli 15 soniyalik videolarni cheksiz ko’rish mumkin, bir video tugab boshqasi(odatda umuman boshqa mavzudagi) video boshlanganini oddiy foydalanuvchi sezmay ham qoladi.
Nima uchun TikTok bunchalik mashhur?
Dastavval ushbu xizmatda qisqa videolarni tahrirlash imkoniyati mavjud edi, bunda unga musiqa ham qo’shish va tahrirlangan videoni internetga joylash mumkin edi. Keyin TikTok musical.ly xizmatini sotib oladi(o’ziga qo’shib oladi) va o’z bazasini kattalashtiradi, bundan tashqari yopilib ketgan Vine xizmatidan o’ziga yangi foydalanuvchilarni jalb qiladi. Shu bilan bir vaqtda TikTok Instagram Stories’dan foydalanib kelgan Instagam foydalanuvchilarini jalb qilish orqali o’z auditoriyasini kengaytiradi.
2018-yil oxiriga ko’ra TikTok AQSH’da YouTube, Instagram, Facebook kabi gigantlarni orqada qoldirib, eng ko’p yuklab olingan dastur bo’ladi. Ko’pchilik bu gigantlar bilan raqobat qilish aqlbovar ish deb bilishardi.
Muvaffaqiyat siri oddiy — insonlarga qisqa, hech qanday kirish qismisiz, biron musiqa yoki kulgili ovozli qisqa videolar kerak, videolar qisqa bo’lganligi sababli, foydalanuvchilar zerikib qolishmaydi. Agar video yoqmasa oddiy harakat bilan, keyingi videoga o’tish mumkin.
TikTokda kontent yaratish juda oson, yaxshi kamerali telefon va biron bir g’oya bo’lsa yetarli. Ba’zi hollarda g’oya bo’lishi ham shart emas.
Hech kimga sir emas, TikTok xizmati asosan o’smirlar orasida keng foydalaniladi. To’g’ri, yoshi kattalar ham ushbu xizmatdan foydalanishadi, lekin ular soni sezilarli emas.
Dastur auditoriyasi oshib borganligi sababli, dastur bilan mashhurlar, reklama beruvchilar qiziqa boshlashdi va bu TikTokni yanada rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Nima uchun TikTokni ko’pchilik yomon ko’radi?
Ko’plab insonlar TikTok insonning ongi rivojlanishiga halaqit beradi deb hisoblashadi, bu bejiz emas, TikTokdagi 99% videolarda hech qanday ma’no mavjud emas.
Hozirgi kunda yangiliklarda kun ora TikTok uchun video olaman deb, o’zi bilmagan holda qonunbuzarga aylanib qolgan yoshlarni kuzatish mumkin.
Mobil Dasturlash
TikTok dasturi haqida