TikTok akkaunt (profil)’ni o’chirish

TikTok akkaunt (profil)’ni o’chirish

TikTok akkaunt (profil)'ni o'chirish

Ushbu maqolada TikTok ijtimoiy tarmog’idan akkauntni o’chirish bo’yicha yo’riqnoma keltirilgan.

Profilni qanday qilib deaktiv qilish mumkin?

  • Profil sahifasida Sozlamalar menyusiga kiring, u ekranni o’ng tomon yuqorisida joylashgan;
  • «Akkauntni boshqarish»‘ni tanlang;
  • «Akkauntni o’chirish»ga bosing;

tiktok akkaunt profilni ochirish 65e4b55b80395

  • Bu yerda shaxsni tekshirish jarayoni mavjud, ya’ni kod so’raladi. U TikTok akkaunt ulangan telefon raqamga keladi. Kodni maxsus qatorga kiriting;
  • «Akkauntni o’chirish» tugmasini bosib tasdiqlang.

tiktok akkaunt profilni ochirish 65e4b55c7c928

Muhim ma’lumot, agar profilni o’chirgandan keyin 30 kun ichida TikTokga o’sha profilga qaytib kirsangiz, «Akkaunt’ni o’chirish» bekor bo’ladi. Agar kirmasangiz, 30 kundan keyin profil tiklab bo’lmaydigan bo’lib o’chib ketadi.

Bundan tashqari, TikTok’da sotib olingan narsalar puli qaytarib berilmaydi, yozishmalar esa boshqa foydalanuvchilarga ko’rinadi. Va TikTok’ga joylangan video roliklar tizimda qoladi. Shunday qilib, o’chirilgan akkaunt izi TikTokda doim qoladi.

O’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni butunlay o’chirish uchun:

  • O’zingiz yuklagan hamma video roliklarni qo’lda o’chirib chiqing;
  • Hamma obunachilarni o’chiring va obunalaringizni barchasini o’chirib chiqing;
  • «Yashirin profil» rejimini yoqing («Настройки» — «Конфиденциальность» — «Приватный аккаунт»);
  • Foydalanuvchi ismini o’zgartirish va profilni o’chiring;
  • Keyin esa yuqoridagi yo’riqnoma bo’yicha «Akkauntni o’chiring».

Akkauntni TikTokning foydalanuvchilarni qo’llab-quvvatlash xizmatiga so’rov yuborib ham o’chirish mumkin:

  • Dasturda foydalanauvchilarni qo’llab-quvvatlash sahifasiga kiring;
  • Elektron pochta va boshqa ma’lumotlarni ko’rsating;
  • Muommoni ko’rsating.

tiktok akkaunt profilni ochirish 65e4b55d58c80

30 kun davomida so’rov ko’rib chiqiladi.

Boshqalar
TikTok akkaunt (profil)’ni o’chirish