TIJORAT SIRI

TIJORAT SIRI

TIJORAT SIRI — korxonalar, tashkilotlarning oʻz ishlab chiqarish., savdo, moliya, ilmiy-texnika faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir saklash, oshkor etmaslik huquqi. Tijorat siri rakrbat kurashi vositasi. Korxona T. ye. korxona, firma, konsorsium yoki yakka ishlab chiqaruvchi oʻz tovarlarini arzonga tushirishi, ularning sifatini oshirishi, qimmatroq sota bilishi, katta foyda koʻrib, gullabyashnashning sharti. Sir ishlab chiqarish., texnologiya, boshkarish, moliyaviy, yangi materiallarni qoʻllash, boshqalarda boʻlmagan, hayotiy sikli uzun boʻlgan tovarlarni oʻzlashtirish va b. faoliyat bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Tijorat siri xaridorlar, umuman, mijozlar bilan boʻlgan aloqaga ham taallukli. Kelishilgan bitishuvlar summasi, sotish shartlari va narxlar ham sir sakdanadi. Tijorat siri va uni oshkor etish, oʻgʻirlash boʻyicha javobgarlik qonun yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Ensiklopediya.uz
TIJORAT SIRI