TIF
TIF (yun. tyhos — tutun, dud, esʼhushning xiralashuvi) — isitmalash, intoksikatsiya va esʼhushning xiralashuvi*bilan kechadigan oʻtkir infeksion kasalliklarning umumiy nomi. «Tif» termini baʼzi koʻrinishlari oʻxshash, lekin kelib chiqishi har xil boʻlgan bir qancha yuqumli kasalliklarni bildiradi (q. Ich terlama, Toshmali terlama va gʻ. k.).
Ensiklopediya.uz
TIF