TIBETLAR

TIBETLAR

TIBETLAR, tibetliklar (oʻzlarini — pyoba deb ataydilar) — xalq, Tibetnnsh: asosiy tub aholisi. Tibetlarning deyarli barchasi XXR (Tibet avtonom rni, Gansu, Sinxay, Sichuan, Yunnan viloyatlari) da, bir qismi Hindiston, Nepal, Butanda yashaydi. Umumiy soni 4,83 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Tibet tilinsht turli shevalarida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, buddaviylar. Mil. 7-a. ning 1yarmidan Tibetlar yozuvga ega. Qadimdan kitob bosib chiqarish (ksilografiya) mavjud. Tibetlarning ajdodlari jun va syan qabilalari (mil. av. 2ming yillik oxiridan maʼlum) boʻlgan; syanlar Tibetlar etnogenezining asosiy negizini tashkil kilib, turli davrlarda xitoylar, turkiylar, saklar va b. ga mansub etnik guruxdarni oʻziga singdirgan. Mashgʻulot turiga qarab Tibetlar togʻlik oʻtroq dehqonlar (T. ning yarmidan ortigʻi), yarimoʻtroq dehqonchorvadorlar va koʻchmanchichorvadorlarga (asosan, yak, ot, qoʻy va echkilar) boʻlinadi. Hunarmandchilik (kulolchilik, toʻqimachilik, metallni qayta ishlash) taraqqiy etgan. Tibetlar orasida yakin vaktlargacha poliandriya va poliginiya saklanib qolgan.

Ensiklopediya.uz
TIBETLAR