TIBET TOGʻLIGI

TIBET TOGʻLIGI

TIBET TOGʻLIGI — Markaziy Osiyo, asosan, Xitoyda. Yer sharidagi eng katta va baland togʻlardan. Mayd. 2 mln. km2, bal. 4000—5000 m, baʼzi tizmalarning bal. 6000—7000 m. Himolay, Qoraqurum, Kunlun, SinaTibet togʻlari bilan chegaralangan. Tibet togʻligining shim. va markaziy qismi (mahalliy nomi Changtan) bir oz toʻlqinsimon yoki yassi tekislik boʻlib, kenglik boʻylab choʻzilgan va qiya yon bagʻirli togʻ tizmalaridan iborat. Ayrim choʻqqilarining relyefi alp tipli. Tangla, Kaylas va b. tizmalarida muzliklar bor. Togʻlik chekkalaridagi tizmalarning yon bagʻrilari tik, relyefi kuchli parchalangan, dare vodiylari togʻlarni 2—3 ming m chuqurlikkacha oʻyib tushgan.

Ensiklopediya.uz
TIBET TOGʻLIGI