TIBBIYOT PARAZITOLOGIYASI INSTITUTI

TIBBIYOT PARAZITOLOGIYASI INSTITUTI

TIBBIYOT PARAZITOLOGIYASI INSTITUTI, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Isayev nomidagi Oʻzbekiston tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tadqiqot instituti — parazitar kasalliklar (rishta, bezgak, spiroxetoz va b.)ning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalarini oʻrganadigan ilmiy muassasa. Buxoro tropik inti nomi bilan 1923-y. da tashkil qilingan. 1925-y. da Oʻzbekiston tropik tibbiyot inti degan nom berildi va 1931-y. da Samarkand sh. ga koʻchirildi. 1940-y. dan Oʻzbekiston bezgak va tibbiyot parazitologiyasi inti, 1958—69 y. larda Oʻzbekiston eksperimental tibbiyot parazitologiyasi va gelmintologiyasi i. t. instituti nomi bilan yuritiladi. Intga 1924—64 y. larda prof. L. M. Isayev rahbarlik qilgan.

Ensiklopediya.uz
TIBBIYOT PARAZITOLOGIYASI INSTITUTI