Tibbiyot oliygohi talabalari yuqori miqdorda stipendiya oladilar.
Tibbiyot oliygohi talabalari yuqori miqdorda stipendiya oladilar.
DO`STLARGA ULASHING:
⚡️ Tibbiyot oliygohi talabalari yuqori miqdorda stipendiya oladilar.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab taʼlim bosqichidan qatʼi nazar chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi quyidagi xalqaro sertifikatlar (?) biridan belgilangan minimum ballga ega bo‘lgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalariga (mutaxassislik fanlarni “qoniqarli” bahoga o‘zlashtirayotgan talabalardan tashqari) Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oylik stipendiyasiga bazaviy stipendiya miqdorida qo‘shimcha to‘lov (hozirgi kunda 428.000 so‘m (??)) amalga oshiriladi:
❗️ Ingliz tili
✅ International English Language Testing System (IELTS asademic): 6.5
✅ Test of English as a Foreign Language (TOEFL): IBT 72
✅ Cambridge Assessment English PET: B2❗️ Nemis tili
✅ Goethe-Zertifikat: B2
✅ TestDaf: B2
✅ Deutsches Sprachdiplom: DSD II❗️ Fransuz tili
✅ Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF): B2
✅ Test de Sonnaissanse du Français (TSF): B2
? Milliy CEFR sertifikatlari uchun qo‘shimcha stipendiya ko‘zda tutilmagan!
?? Misol uchun, barcha fanlardan a’lo baholarga o‘zlashtirgan talaba IELTS sertfifikatida minimum 6.5 ballga ega bo‘lsa, uning 513.600 so‘m stipendiyasiga qo‘shimcha ravishda har oy 428.000 so‘m qo‘shiladi va uning oylik stipendiyasi 941.600 so‘mni tashkil etadi.
Tibbiyot oliygohi talabalari yuqori miqdorda stipendiya oladilar.