TIBBIYOT HODIMLARI OYLIGI OSHIRILADI.
TIBBIYOT HODIMLARI OYLIGI OSHIRILADI. 🟢 Joriy yil budjet tashkilotlari qatorida tibbiyot xodimlarining oylik ish haqini ham kamida 10 foizga oshirish reja qilingan. ❗️ Bunga qo‘shimcha ravishda, soha vakillarining mashaqqatli mehnatini yanada rag‘batlantirish maqsadida, joriy yil 1 iyundan: 🟢 Tibbiyot xodimlarining oylik maoshi malaka toifasiga qarab, yana 15 foizgacha oshiriladi; 🟢 Yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga esa yana 25 foiz miqdorida ustama to‘lanadi; 🟢 Tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasiga yiliga 1,5 trillion so‘m ajratiladi. ❗️Ushbu mablag‘lar hisobidan: 🟢 Alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar ham belgilanadi; 🟢 Yangi ish boshlagan fidoiy yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustama to‘lash tartibi joriy etiladi. 🟢 Boshqacha aytganda, hozirgi kunda oliy toifali shifokor 4 million so‘m maosh olsa, endi ish haqining oshishi va yangi ustamalar hisobiga, 8-9 million so‘mgacha maosh olishi mumkin bo‘ladi. 🟢 Hamshiralar esa hozirgi 1,5 million so‘m o‘rniga, toifasi va erishgan natijalariga qarab, 3-4 million so‘mgacha oylik olishi mumkin. Bu haqda Prezident ma’lum qildi.TIBBIYOT HODIMLARI OYLIGI OSHIRILADI.
DO`STLARGA ULASHING:
TIBBIYOT HODIMLARI OYLIGI OSHIRILADI.