TIBBIYOT HODIMLARI OYLIGI OSHIRILADI. to’liq malumot oling
TIBBIYOT HODIMLARI OYLIGI OSHIRILADI.
🟢 Joriy yil budjet tashkilotlari qatorida tibbiyot xodimlarining oylik ish haqini ham kamida 10 foizga oshirish reja qilingan.
❗️ Bunga qo‘shimcha ravishda, soha vakillarining mashaqqatli mehnatini yanada rag‘batlantirish maqsadida, joriy yil 1 iyundan:
🟢 Tibbiyot xodimlarining oylik maoshi malaka toifasiga qarab, yana 15 foizgacha oshiriladi;
🟢 Yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga esa yana 25 foiz miqdorida ustama to‘lanadi;
🟢 Tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasiga yiliga 1,5 trillion so‘m ajratiladi.
❗️Ushbu mablag‘lar hisobidan:
🟢 Alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar ham belgilanadi;
🟢 Yangi ish boshlagan fidoiy yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.
🟢 Boshqacha aytganda, hozirgi kunda oliy toifali shifokor 4 million so‘m maosh olsa, endi ish haqining oshishi va yangi ustamalar hisobiga, 8-9 million so‘mgacha maosh olishi mumkin bo‘ladi.
🟢 Hamshiralar esa hozirgi 1,5 million so‘m o‘rniga, toifasi va erishgan natijalariga qarab, 3-4 million so‘mgacha oylik olishi mumkin. Bu haqda Prezident ma’lum qildi.
Boshqa mavzular
TIBBIYOT HODIMLARI OYLIGI OSHIRILADI.