Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xodimlari rag‘batlantiriladi to’liq malumot oling
Qarorga muvofiq, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2024-yil 1 oktyabrdan:
TIEK xodimlarini ular faoliyati samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishidan kelib chiqib rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulьmonologiya, pediatriya) TIEKlarning vazifalari va shtat birliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlarga o‘tkazgan holda tugatiladi;
joylardagi TIEKlarga pediatr, psixiatr, ftiziatr shtatlari ajratiladi.
2025-yil 1 aprelgacha quyidagi vazirlik va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbga, ta’limga va sportga yo‘naltirish tartibini ishlab chiqadi:
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi – tarbiya va ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – kasbga tayyorlash va yo‘naltirish bo‘yicha;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – bandlikni ta’minlash bo‘yicha;
Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi – ommaviy sport va parasportga yo‘naltirish bo‘yicha.
Tibbiyot Maskanlari
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xodimlari rag‘batlantiriladi