Threads. Yana bir yangi ijtimoiy tarmoq
Ushbu maqolada yangi ijtimoiy tarmoq Threads haqida so’z boradi.
Threads — Mark Sukerbergga tegishli bo’lgan Meta kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi ijtimoiy tarmoq bo’lib, uni X(sobiq Twitter)ga to’g’ridan-to’g’ri raqobatchisi sifatida ko’riladi.
U hozirda App Store va Google Play internet magazinlarida mavjud.
Threads 2023-yil 6-iyulda mashhur internet magazinlarda paydo bo’lgandan keyin darhol mashhur bo’lib ketdi. Sukerberg so’zlariga ko’ra ijtimoiy tarmoq ishga tushgandan 7 soat o’tib, unga 10 milliondan ortiq foydalanuvchilar a’zo bo’lishgan. Ammo, hozir platformadagi faollik kamayib bormoqda. Aniqroq ma’lumotlarga ko’ra 70%’ga kamaygan.
Sukerberg so’zlariga ko’rsa faollikni tushishi tabiiy holat hisoblanadi. Threads’ga yangi imkoniyatlar qo’shilgandan keyin faollik yana ko’tarilishi mumkin. Buning uchun ijtimoiy tarmoqni ishlab chiquvchilar unga X ijtimoiy tarmog’ida yo’q yangi imkoniyatlar qo’shishlari kerak bo’ladi.
Threads o’zi nima?
Threads — yo’nalishi bo’yicha, matn, rasm, video fayllar va havolalar yordamida o’zaro muloqot qilish imkoniyatini beruvchi dastur hisoblanadi. Uning eng katta qulayligi — unda reklamani yo’qligi(hozircha).
Threads formati qanaqa?
- xabar uzunligi 500 simvol;
- Instagramga to’liq ulangan;
- akkauntni ochiq yoki yopiq qilish mumkin.
Dasturni App Store yoki Google Play internet magazinidan yuklab olish mumkin. Undagi birinchi avtorizatsiya Instagramdan ma’lumotlarni tortishni nazarda tutadi. Ya’ni barcha ma’lumotlar, do’stlar, kuzatuvchilar Instagramdan yuklab olinadi.
Threads X’ga qarshi.
Ikkala maydon g’oyasi bir xil. Ammo, funksional har xil. Masalan, Threads’da X’dan farqli ravishda heshteglar, desktop talqini yo’q.
Startup
Threads. Yana bir yangi ijtimoiy tarmoq