Tezkor xabar yuborish — Messenger

Tezkor xabar yuborish — Messenger

Tezkor xabar yuborish - Messenger

Korxonada biror tizim ishga tushishidan oldin xabarlashib turish uchun aloqa kelishib olinadi. Hamma korxonada har xil. Qo`ng`iroq qilish, SMS yozish yoki Telegramga o`xshash dasturlardan foydalanish.

Endi o`ylab ko`ring. Agar Telegram sizning shaxsiy hayotingizda faol bo`lsa, faqat korxona uchun nima qilsa bo`ladi?

1. Alohida telefon raqam olib, uni korxona telegramiga ulash.

2. Umuman boshqa dasturdan foydalanish.

Huddi, ko`pchilik uchun LinkedIn mutaxassislik (professional) tomondan ijtimoiy tarmoq bo`lgani kabi, tezkor aloqa uchun ham ko`pchilik korxonalar ishlatadigan dastur, Slack bor. Discord bor.

Birinchi marta Slack haqida eshitganimda (2017 yillar) manga g`alati tuyulgan edi. Telegram bor-ku deb. Keyin korxonada Slackga o`tishga kerak bo`lgani (2022 yil)da ham shunday bo`lgan. Keyin o`ylab qarasam, Xato qilgan ekanman.

Slack nimasi bilan korxonalar uchun bo`ladi?

1. Slack’da barcha ma’lumotlar korxona hisobida bo`ladi.

2. Guruhlar korxona ichida Ochiq va Yopiq bo`lishi mumkin. Ochiq bu hamma a’zo bo`la oladi. Yopiq esa faqat chaqirilganlar ko`ra oladi.

3. Xar bir xabarga javob berish mumkin. Huddi hozirgi Telegram kanallarda xabar tagida izoh berish mumkin bo`lganidek. Bu narsa Telegramda chiqqaniga ko`p bo`lmadi. Slackda asoslaridan biri.

4. Bitta xabarga birnecha rasmcha (icon, smile) qo`yish mumkin. Bu Telegram premiumda bor.

End keling imkoniyatdan mantiqqa o`tamiz.

Yuqorida keltirilgan imkoniyatlar oddiy xayotda ishlatilmasligi mumkin. Shunday ekan, nima uchun korxonalar va odamlar Slack kabi dasturlardan foydalanadi?

1️⃣ -xolat. Faraz qilamiz. Sizda yaxshi bir sotuvchi xodim bor edi. Barcha mijozlaringiz bilan aloqani yaxshi ushlagan, telegramga viloyat kesimida guruhlar ochgan va nima yanglik bo`lsa, ular bilan tez gaplashib turardi. Buni hammasini u siz uchun qilib bergan edi. Bir kun kelib (oradan 2 yil o`tib) sizdan ketib qoldi. Oxirgi oyligini ham olmadi. Keyin birdan aloqani uzdi. Chunki u korxonada ishlash uchun alohida telefon raqam olgan edi va u endi o`chiq.

Tasavvur qiling, barcha guruhlar endi yo`q. Yoki hammasi sizning eski xodimingizda.

Sizning biznesingiz to`xtadi. Yangi va ishlab turgan mijozlari (mijozlaringiz) bor bo`lgan raqobatchi korxona paydo bo`ldi. Nima qilasiz?

Slack kabi dasturlarda barcha guruhlar, yozishmalar hammasi korxona hisobida qoladi. Xodimlar almashaveradi, guruh joyida turadi.

Xatto biror xodim, boshqasi bilan shaxsiy guruh ochib olib, gaplashgan bo`lsa ham, korxona bu xabarlarni o`qiy oladi.

2️⃣-xolat. Guruhda xodimlar AT muammolarni yozadigan guruh ochdingiz. (AT support). Kompyuter ishlami qoldi, internet uzilib qoldi kabi hamma xabar shu yerda.

Endi tasavvur qiling, har bir odam o`zini muammosini yozishni boshladi. Xabarlar kelib yotibdi, AT xodimingiz bittasiga javob beradi, tushunmasa, yana davomida tushuntiradi. Orada savollar qolib ketadi. Ketini topish qiyin. Yoki Service desk sotib olasiz, yoki boshqa yo`lini qidirasiz.

Yechimi esa oddiy. Guguhda har bir muammo uchun bitta xabar qoldirishga kelishib olasiz. AT xodimi esa, har bir xabaring izoh (yoki javob berish, thread) qismida javob beradi. Shunga biror xabarni ko`rsangiz, ichiga kirasi va hamma muhokamalar ichki qismda bo`ladi.

3️⃣-xolat. Sizda xabarlar kelgan. Ba’zilar yangi, ba’zilarini hali hal qilib ulgurmadingiz, yana bir qismi esa hal etilgan. Izoh qismida javob bergandiz. Lekin yana adashish ko`p. Nima qilamiz?

Shu vaqt bizga suyukli rasmcha (icon, smaylik) :smile as qotadi.

O`tirib kelishib olasiz:

👀 ko`z rasmi — ko`rdim, shug`ullanib javob yozaman

👍 bosh barmoq — ko`rdim, shug`ullanishayotgan ekan

✅ yashil qabul — ish hal etildi.

va boshqalar. Buning osonligi. AT xodimi ish vaqti tugab, keyingisi ishni boshlasa ham, bir ko`z yugurtirib chiqib, aniqlay oladi. nechtasi hali yopilmadi, nechtasi yangi. «Yashil qabul» larni tashlab o`tsa bo`ladi. «Ko`z rasmi» larni oldinroq hal qilish yaxshi, kutib qolishgan. va xokazo.

Bu aytib o`tganlarim faqat oddiy xabarlashish haqida edi.

Tizim ishlamay qolganida xabar kelishi. Task manager, yoki email ni ulab qo`yish. Har bir xolat o`zgarganida, yoki sizga kerakli filter ishlaganida sizga xabar keladi. Shunga o`xshash Bildirishnoma (Notification), Kuzatuv (Monitoring), Huquqlarni boshqarish (Access management) va boshqalar ham bor.

Qisqa yozgim keladi, ammo o`xshamaydi. O`qigan vaqtingizga rozi bo`lasizlar.

Manba:

Boshqalar
Tezkor xabar yuborish — Messenger