TEYLOR

TEYLOR

TEYLOR (Taylor) Jefri Ingram (1886.7.3, London 1975.27.6, Kembrij) — mexanika sohasidagi ingliz olimi, London Kirollik jamiyati aʼzosi (1919). Asosiy ilmiy ishlari yaxlit muhit mexanikasita doyr. Teylor turbulentlik nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan, qovushoq suyukliklar oqimi barqarorligi nazariyasini, turbulent diffuziya nazariyasini rivojlantirgan, turbulentlikning yarim empirik nazariyasini yaratgan, dislokatsiyalar nazariyasiga doyr muhim ishlari bor. T. aero va gidro dinamikasi masalalari, yadroviy portlash muammolari, samolyot va parashyut aerodinamikasi, meteorologiya masalalari va b. masalalar bilan ham shugʻullangan.

Ensiklopediya.uz
TEYLOR