TEYLER

TEYLER

TEYLER (Theiler) Maks (1899.30.11972.11.8) — Jan. Afrika vrachi va mikrobiologi. 1922-y. dan AQSH da. Tibbiyotni Keyptaun untida oʻqib (1917—18), 1922-y. da Londonda tugatgan. 1957-y. dan Rokfeller fondi (NyuYork) qoshidagi sogʻliqni saqlash va xalqaro tibbiyot boʻlimi lab. rahbari, ayni vaqtda (1964-y. dan) Yelsk unti tibbiyot maktabida prof. Ilmiy faoliyati infeksion kasalliklarni oʻrganishga doir. Sariq isitma qoʻzgʻatuvchisini aniqlagan va shu kasallikka karshi odamlarni emlash uchun 2 ta vaksina kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1951).

Ensiklopediya.uz
TEYLER