TEXNOPOLIS

TEXNOPOLIS

TEXNOPOLIS (lot. techne — sanʼat, hunar va polis — shahar) — innovatsiya jarayonlarini jadallashtirish, texniktexnologik yangiliklarni tez va samarali qoʻllashga yordam berish mak,sadida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar shakllaridan biri. Jahon darajasidagi yuqori texnologik mahsulot ishlanmalarini yaratadigan va uni ishlab chiqarish. ni oʻzlashtiradigan mintaqaviy markaz Texnopolis oʻzagini tashkil etadi. Texnopolisning faoliyat dasturi, odatda, fundamental va amaliy i. t. lar oʻtkazish va ularning natijasini ishlab chiqarish. da qoʻllashdan iborat boʻladi. Texnopolislar davlat tomonidan qoʻllabquvvatlanadi.

Ensiklopediya.uz
TEXNOPOLIS