Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi — Texnoman 4 yoshda

Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi — Texnoman 4 yoshda

Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi - Texnoman 4 yoshda

Assalom alaykum, hurmatli
Texnoman.uz foydalanuvchilar!

Bundan 4 yil avval, 2014-yil dekabr oyida
Texnoman.uz saytiga
birinchi maqola joylangan edi. Shu munosabat bilan, sayt ma’muriyati umumiy jamg’armasi 500.000 so’mdan ortiq bo’lgan navbatdagi Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovini e’lon qiladi va shu tanlov doirasida Muhammad ibn al-Xorazmiy nomidagi maxsus yangi «Al-Xorazmiy algoritmlash» tanlovini ham e’lon qiladi!

Demak, bayram tanlovimiz quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bo’lib o’tadi:

1-tanlov — Eng yaxshi maqola:

  1. Bu yo’nalish bo’yicha tanlovda qatnashish uchun, Texnoman.uz saytida maqola turi «Yangi» bo’lgan maqola joylanishi kerak;
  2. Maqolada #texnomantanlov va #texnomannoyabrtanlov teglari bo’lishi kerak;
  3. Maqolalar 4-noyabrdan 30-noyabr(soat 23:59) gacha saytga joylanishi kerak;
  4. G’oliblarini aniqlash uchun 1-dekabrdan 8-dekabrgacha ovoz berish jarayoni tashkil etiladi;
  5. Agar tanlovda 5 tadan kam ishtirokchi qatnashsa, ovoz berish jarayoni bo’lmaydi va tanlovning ushbu yo’nalishi bekor qilinadi.

Tanlov go’liblari

1-o’rin uchun 100.000 so’m;

2-o’rin uchun 75.000 so’m;

3-o’rin uchun 50.000 so’m pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

2-tanlov — Al-Xorazmiy algoritmlash tanlovi. Algoritmlash bo’yicha tanlov haqida
bu yerda tanishishingiz mumkin.

3-tanlov — Dizaynerlar uchun maxsus tanlov: O’zbek so’mi uchun grafik belgi chizish tanlovi bilan
bu yerda tanishishingiz mumkin.

4-tanlov —
Githubchi. Agar Sizda github sahifangiz(akkaunt) bo’lsa, ushbu tanlovda qatnashishingiz mumkin. Shart juda oddiy:

  1. Mana bu maqola ostiga izoh qilib github sahifangizga havo qoldirasiz;
  2. Texnoman.uz saytining github sahifasiga obuna(follow) bo’lasiz;
  3. Tanlov g’olibi random.org sayti orqali aniqlanadi. Mukofot 50.000 so’m.

Kutilmagan sabab va vaziyatlar bo’lganda, tanlov tashkilotchilari(sayt ma’muriyati) tanlovni bekor qilish yoki tanlov qoidalarini o’zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi!

Boshqalar
Texnoman.uz noyabr oyi #4 tanlovi — Texnoman 4 yoshda