Texnologiya fani o‘quv dasturi (1-sinf) uqtirish xati

Texnologiya fani o‘quv dasturi (1-sinf) uqtirish xati

Kompyuter (ing . computer – hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) – oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.

Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik

TEXNOLOGIYA
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining
6-sinfi uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tasdiqlagan

Sharq” naShriyot-matbaa
akSiyadorlik kompaniyaSi
boSh tahririyati
toShkent – 2017
Sh. Sharipov, O. Qo‘ysinov, Q. Abdullayeva

Uo‘k: 37.035. 3(075.3)
kbk 74.263
Sh 26
T a q r i z ch i l a r:
Z. Shamsiyeva – rtm bo‘lim boshlig‘i;
D. Mamatov – tdpU

kasb ta’limi metodikasi

kafedrasi katta o‘qituvchisi;
O‘. Tohirov – toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish instituti bo‘lim boshlig‘i;
F. Nasrullayeva – toshkent shahridagi 244-maktab mehnat ta’limi o‘qituvchisi

Sharipov Sh. va boshq.
texnologiya:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik/
Mualliflar Sh. Sharipov, O. Qo‘ysinov, Q. Abdullayeva – T.: “Sharq”, 2017. –
240 b.
iSbn 978-9943-26-612-4
UO‘K: 37.035.3(075.3)
KBK 74.263
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
ISBN 978-9943-26-612-4
© Sh. Sharipov, O. Qo‘ysinov, Q. Abdullayeva.
© “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2017.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Mustaqil amaliy ish
Jihozlar
Muammoli topshiriq
Kasb-hunarlarga oid ma’lumotlar
Shartli belgilar:
Sh 26

3
K I R I SH
aziz o‘quvchilar! qo‘lingizdagi 6-sinf “texnologiya” darsligi Sizning
insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyor-
garlik ko‘rishingizda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egalla-
mang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz
Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
“Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, mosla-
malar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. mahsulot ishlab
chiqarish va uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malaka-
larga ega bo‘lasiz.
Mualliflar Siz, aziz farzandlarning turli materiallarga ishlov berish
usul larini egallashingizda o‘z qobiliyatlaringizni namoyon etishingizga
imkoniyat yaratishga intilganlar. Zero, materiallarga ishlov berish bilan
bog‘liq umummehnat ko‘nikmalari har bir inson hayotida muhim o‘rin tuta-
di. Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim va salohiyatini to‘la ro‘yobga
chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining rivojlanib borayotganligi bu
ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda.
ijodkorlik – bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boy-
liklarni yaratishdir. ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqar-
li bo‘lib bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar
ijodkor insonlar tomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning
mahsuli hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy
avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli
boshqa ne’matlar yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib, tanlagan kas-
bingizni mukammal egallab, bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb
umid qilamiz.
Bu vazifalarni uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

4
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI
1-BOB. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
1.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR
Yog‘ochning fizikaviy xossalari
materiallarning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning kimyoviy tarki-
bini o‘zgartirmaydigan xossalar yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi.
Yog‘ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshi-
lishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, namligi, nam ta’sirida bo‘kishi, quruv-
chanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, tovush
o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligidan iborat.
Yog‘och rangi. yog‘och materiallarining turlarini va ularning sifatlarini
aniqlashga imkon beradigan muhim xossalaridan biri uning rangi hisoblanadi.
Yog‘ochning rangi, avvalo, uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Qayin,
tol, arg‘uvon, terak, archadan olinadigan yog‘ochlar oqish rangli bo‘lib,
nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol – jigarrang; qoraqayin, akatsiya – oq
qizg‘ish; yong‘oq, qayrag‘och qoramtir bo‘ladi.
Yog‘ochning tovlanishi. Yog‘och o‘zak nurlari tufayli, ularning yo‘na-
lishi va zichligiga bog‘liq holda tovlanadi. yog‘och tovlanishini sun’iy
ravish da orttirish uchun loklash va mumlash ishlari bajariladi.
Yog‘ochning tabiiy guli (teksturasi). randalash vaqtida yog‘och to-
lalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning
tabiiy guli namoyon bo‘ladi.
Yog‘ochning hidi. Yog‘och undagi smolalari, efir moylari, oshlash
kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq holda
har xil hidli bo‘ladi. yangi kesilgan yog‘ochning o‘zak qismi o‘tkir hidli
bo‘ladi. y
og‘och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o‘zgarib
ketadi. hidning o‘zgarishi yog‘ochning buzilishiga ham bog‘liq.

5
Yog‘ochning namligi. namlik daraxtning hayoti va uning o‘sishi uchun
kerak bo‘lgan asosiy omillardan biridir. namlik – daraxtning o‘sish sharoiti-
ga va turiga, yangi kesilgan yoki eski kesilganiga, quritilgan yoki quritil-
maganiga qarab oz yoki ko‘p bo‘ladi.
Yog‘ochning qurishi. yog‘ochda erkin va bog‘langan suvlar bo‘ladi.
Yog‘ochning ichki bo‘shliqlarini, ya’ni hujayralar ichidagi va hujayralar
orasidagi fazoni to‘ldiruvchi suvlar erkin yoki kapillar namlik, hujayra
pardalari tomonidan shimilgan suvlar bog‘langan yoki gigroskopik namlik
deyiladi.
Yog‘ochning nam tortib bo‘kishi. agar quruq yog‘ochni zax xonalar-
da yoki ochiq havoda saqlasa, u nam tortib bo‘kadi va o‘lchamlari, hajmi,
og‘irligi ortadi, shakli o‘zgaradi.
Yog‘ochning zichligi. yog‘ochning bu xossasi uning og‘irligiga aloqa-
dor bo‘lib, yog‘ochdagi nam va havo miqdoriga bog‘liq. Yog‘ochda nam va
havo qanchalik kam bo‘lsa u shunchalik zich bo‘ladi.
Yog‘ochning tovush o‘tkazuvchanligi. yog‘ochning tovush o‘tkazuv-
chanligi deb, yog‘ochning tovushni o‘tkazish qobiliyatiga aytiladi. Yog‘och-
ning tovush o‘tkazish qobiliyati yuqori. yog‘och tolalari yo‘nalishi bo‘yi-
cha tovushni havoga nisbatan 15–18 marta, eni bo‘yicha 3–6 marta tez
o‘tkazadi.
Yog‘ochning issiqlik o‘tkazuvchanligi. yog‘ochning issiqlik o‘tkazish
qobiliyatiga issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi. yog‘och boshqa materiallar-
ga qaraganda issiqlikni yomon o‘tkazadi.
Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo‘yoqlar turlari,
xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari
duradgorlikda yasaladigan buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari ye-
lim bilan birlashtiriladi. yelim yog‘och to‘qimalari orasidagi bo‘shliqlarga
kirib qotadi va shu tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan
tikilgandek bo‘ladi. Bunda o‘zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa ye-
lim plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi ana
shu plyonkaning qattiqligiga bog‘liqdir. Shuningdek, yelimlashning mus-
tahkamligi yopishtirilgan sirtlarga yelim eritmasining bir xil singishi, ana

6
shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog‘liq bo‘ladi. taxta yelimi va
kazein yelimi duradgorlikda eng ko‘p ishlatiladi.
Taxta (duradgorlik) yelimi hayvonlarning suyagi, tuyog‘i, shoxi,
tog‘aylari va terisidan jigarrang plitkalar shaklida tayyorlanadi. Yelimning
sifatini uning shaffofligiga qarab aniqlash mumkin. U qanchalik tiniq bo‘lsa,
shunchalik sifatli bo‘ladi.
taxta yelimini ishlatishga tayyorlash uchun uni suvda bo‘kkunicha 10–12
soat ivitiladi, so‘ngra yelim qaynatkichda qaynatiladi. Yelim qaynatkich bir-
birining ichiga qo‘yiladigan ikkita metall idishdan iborat bo‘lib, yelim kuyib
ketmasligi uchun katta (tashqi) idishga suv quyiladi, kichik (ichki) idishga
yelim solinadi (1-rasm). yelim qaynatkich taxminan 70–80°C gacha qizdi-
riladi. ana shu darajadagi haroratda yelim
eriydi. Yelim qaynatkichni elektr plitada,
kerogaz va hokazolarda qizdirish mumkin.
yelim qaynatishda qattiq qaynab ket-
masligini va uzoq vaqt qizimasligi ni ku-
zatib turish kerak. Chunki ana shunday
hollarda uning sifati yomonlashadi. odat-
da, yelim bir-ikki kunlik ishga yetarli qilib
tayyorlanadi. Negaki, u qayta qizdirilsa,
buziladi. Juda quyuq yoki juda suyuq yelim buyumlarni yelimlashga yara-
maydi. Yelimning ishga yaroq liligini aniqlash uchun unga bitta payrahani
tiqib olib, uning tomishiga qaraladi. Agar yelim payrahadan uzluksiz oqib
tushsa, sifatli bo‘ladi, tomchilab tushsa (yoki butunlay oqib tushmasa) ish-
latishga yaramaydi.
Qattiq (dub, buk va boshqa) yog‘och buyumlarni yelimlash uchun suyuq
va yumshoq yog‘och buyumlarni yopishtirish uchun quyuq yelim ishlatila-
di. yelimlangan buyumlarni namgarchilikdan saqlash zarur.
Kazein yelimi. bu yelim tarkibining asosiy qismi yog‘i olingan quruq
tvorog – kazeindan iborat bo‘ladi. U yog‘siz sutdan tayyorlanadi. ye-
limning tarkibida kazeindan tashqari kerosin va yelim buzilmasligi uchun
qo‘shiladigan maxsus antiseptik modda ham bo‘ladi.
kazein yelimi quyidagicha tayyorlanadi: emallangan toza idishga xona
haroratidagi suv quyiladi va uning ustiga yelim kukuni (ikki hissa suvga
1-rasm. yelim qaynatkich.
Yelim
Suv

7
bir hissa qilib) sepiladi, keyin bir jinsli massaga aylangunicha yaxshilab
aralash tiriladi. Suvni yoki yelim aralashmasini isitmaslik kerak. Chunki
bunda yelim buziladi.
Kazein yelimi o‘zining yopishtirish qo-
biliyatini 3–4 soatgacha saqlaydi. Shunga
ko‘ra, uni faqat ish uchun yetarli miqdorda
tayyorlash kerak.
qotib qolgan kazein yelimi aralashmasi-
ni ikkinchi marta suvda eritish yoki yangi
yelimga qo‘shish mumkin emas.
yog‘och detallarni yelimlashning mus-
tahkamligi faqat tayyorlangan yelim eritma-
sining sifatiga emas, balki biriktirilgan de-
tallar orasida hosil qilingan yelim qat lami ning qalinligiga ham bog‘liqdir.
Mazkur de tallar yog‘och orasida 0,1–0,15 mm li qat lam hosil qilib, ularni
mustahkam bi rik tiradi.
detallarni mustahkam biriktirish uchun ularning orasida tirqish qol-
dirmay mos lashtirish lozim. detallarning o‘zaro birikadigan sirtlarini chang-
dan yaxshilab tozalash, keyin ularga qo‘l bilan tegmaslik kerak, chunki
changlar yelimlashning mustahkamligiga putur yetkazadi.
yelim biriktiriladigan sirtiga cho‘tka bi lan bir tekis qatlam qilib surtila-
di (2-rasm) , shundan keyin yog‘och yelimni shi mib olishi uchun biroz kutib
turiladi, shun da yelim aralashmasidagi namlik ham bug‘lanadi. Lekin yelim
qurib qolmasidan oldin detallarni biriktirish kerak.
yelimlash bir tomonlama va ikki tomonlama ham bo‘lishi mumkin. bir
tomonlama yelimlashda, yelimni faqat bitta detal sirtiga, ikki tomonlama
yelimlashda esa ikkala detal sirtiga surtiladi. bir tomonlama yelimlash bilan
detallarning tolalari bo‘ylamasiga, ikki tomonlama yelimlash bilan esa tola-
lari ko‘ndalangiga biriktiriladi. ho‘l yog‘ochlarni yelimlash mumkin emas.
to‘g‘ri tirnoqli va t simon birikmalarni yelimlashga tayyorlashda
ularning sirtiga duradgorlik yoki kazein yelimi surtiladi. Shundan keyin
tirnoqli birikmaning detallari biriktiriladi. bunda tirnoq uyaga yoki go‘shaga
zich joylashuvi hisobga olinadi. buning uchun tirnoqli birikma detallarining
biriga to‘qmoq bilan yog‘och qistirma orqali sekin-sekin uriladi (3-rasm).
2-rasm. yelimni surtish:
a – go‘sha va tirnoq; b – uya va
tirnoq.
a)
b)

8
yig‘ilgan tirnoqli birikmalar dagi bur-
chaklarning 90° bo‘lishi go‘ niya bilan tek –
shiriladi. Ana shu talablar bajarilgach,
tirnoq li bi rikmalar bilan yig‘ilgan buyumlar
tirnoq, uya va go‘shaning zich birikishini
ta’minlaydigan maxsus iskanja moslama-
larga joylashtiriladi ( 4-rasm ) va shu holatda
yelim batamom qotgunicha saqlanadi.
ishlab chiqarish sharoitida tirnoqli bi-
rik mali buyumlarni yig‘ish maxsus usku-
nalar yordamida bajariladi. bu uskunalar
buyumlarning geometrik shakli to‘g‘ri
bo‘ lishini, moslashtirilgan birikmalarning
mus tahkamligini va mehnatning yuqori
unum dorligini ta’minlaydi.
Lok – sirtga surtilganda qotib, yaltiroq
qattiq parda hosil qiluvchi organik mod dalar
aralashmasi. loklash yog‘och bu yum larni
yaltiratib pardozlashning eng keng tarqalgan
usullaridan biri bo‘lib, bu ish buyumning
sirtiga bir necha qatlam qi lib lokni surtish-
dan iboratdir. Loklashda spirt li, moyli va
nitroloklardan foydalani la di. buyumlarni
loklashni quruq, iliq, yax shi shamollatiladi-
gan xonada, chang va qipiqlardan xoli joyda
bajarish kerak. Lok lar cho‘tka yoki tampon
bilan surtiladi. Tam pon nam o‘tkazmaydigan
bir bo‘lak pax tani yupqa ip gazlamaga o‘rab
tayyorlanadi.
Loklash. loklangan yog‘ochning
ran gi va gullari yaltiroq lok qatlamida
chi roy li ko‘rinib turadi. rangli lok lar
yog‘och rangini o‘zgartirib, shu lok ning
ran gidagi yaltiroq qatlam hosil qila di.
4-rasm
. tirnoqli birikmalarni
yig‘ish va yelimlash uchun
moslamalar:
a – yog‘och iskanja;
b – richagli iskanja;
d – vintli iskanja.
a) b) d)
a)

b) d)
3-rasm. tirnoqli birikmalarni yi-
g‘ish: a – to‘g‘ri tirnoq; b – ochiq
tirnoq; d – t simon tirnoq.

9
Loklashni maxsus pur kagich asbob-
lar yordamida yoki cho‘t ka hamda
aylanadigan valiklar yorda mida baja-
riladi. bunda lokni buyum sirtiga bir
xil qalinlikda va bir xil tezlikda surtib
borishga erishish lozim. loklar tarki-
bida tez yonuvchi moddalar bo‘lgani
sababli, ularni ishlatish va saqlashda
yong‘inga qarshi qoidalarga qat’iy
rioya qilish zarur. buyum sirtini tam-
pon bilan loklash usul lari 5-rasmda tasvirlangan.
Bo‘yoq – yupqa qatlami qurigandan so‘ng shaffof bo‘lmagan, sirtni
yemiruvchi moddalardan saqlaydigan va unga chiroyli tashqi ko‘rinish
beradigan parda hosil qiladigan modda. Moyli bo‘yoqlar, guash, ak-
varel va boshqa bo‘yoq turlari mavjud. Bo‘yoqlar qog‘oz, karton, tunu-
ka, yog‘ochdan tayyorlangan buyumlarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Har
bir bo‘yoq turi o‘ziga xos xususiyatga va ishlatish texnologiyasiga ega.
Bo‘yoqlardan bo‘yoqchilikda, texnikada, xalq amaliy san’atining ko‘pgina
turlarida keng foydalaniladi.
b
uyumlar sirtini pardozlashda moy bo‘yoqlar ham juda keng qo‘llanadi.
Ular buyumning sirtida namga chidamli, mustahkam himoyalash xossasi-
ga ega bo‘lgan qatlamni hosil qiladi. moyli bo‘yoqning kamchiligi yaxshi
yaltiramasligi va sekin (taxminan 24 soatda) qurishidir. moyli bo‘yoq bi-
lan bo‘yaladigan buyum sirti yaxshilab silliqlanishi, yaxshi quritilishi va
changlardan tozalanishi lozim. buyumning sirtiga moy bo‘yoq cho‘tkalar
bilan har xil yo‘nalishlarda surtiladi.
Bo‘yash yog‘ochning tabiiy rangini o‘zgartirgan holda pardozlovchi
hamda tashqi ta’sirlardan saqlovchi himoya qatlami hosil qilishdan iborat
jarayondir. Bunday usullarda eshiklar, deraza romlari, ayrim mebellar va
boshqa buyumlarga pardoz beriladi. Yog‘ochni bo‘yash uchun ko‘proq moyli
bo‘yoqlar, nitrobo‘yoqlar, emallar, suv emulsiya bo‘yoqlari ishlatiladi.
Bo‘yash ishlari purkash mashinalari yordamida yoki cho‘tkalar va du-
maloq valiklar yordamida bajariladi.
bo‘yoqni buyum sirtiga bir tekis ko‘ri nishda hosil bo‘lguncha 2–3 marta
surtiladi. yetarlicha qalinlikda surtilgan emal bo‘yoqlari yaltiroq ko‘ rinish
5-rasm. buyum sirtini
tampon bilan loklash.

10
hosil qiladi. boshqa bo‘yoq lar yaltira-
maydigan qatlam hosil qiladi. bo‘yash
ishlari baja rilgandan so‘ng xona sha –
mollatiladi. bo‘ yoq larni saqlashda shax-
siy xavfsizlik ham da yong‘inga qarshi
qoidalarga rioya qilsh zarur. bo‘yoqlarni
surtishda turli xil cho‘t kalardan foydala-
niladi. Cho‘t kalardan foydalanish va uni
saqlash qoidalari 6-rasmda ko‘rsatilgan.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari:
1. tirnoq birikmali buyumlarni yig‘ish va ye-
limlashda foydalaniladigan asboblar hamda mos-
lamalar sozlangan bo‘lishi kerak.
2. Ish o‘rnidagi pol va verstakning qopqog‘i
toza va duradgorlik yelimi tegmagan bo‘lishi lo-
zim.
3. yelim qaynatkich va suvi isitiladigan idish-
ning tubi keng, butun bo‘lishi shart.
4. Elektr plita, shnur, rozetka va shtepsel vil-
kasi soz langan va elektr xavfsizligi qoidalariga
muvofiq bo‘lishi kerak.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Yog‘ochning fizikaviy xossalarini sanab bering va izohlang.
2. tirnoqli birikmalarni yelimlash jarayonining mohiyatini ayting.
3. Siz qanday duradgorlik yelimlarini bilasiz va ularning tarkibi qanday?
4. duradgorlik yelimini tayyorlash usullarini ayting.
5.tirnoqli birikmalarni yelimlashga tayyorlash va yelimlash jarayonlarini
tushun tiring.
Mustaqil amaliy ish
1. Yog‘ochlarning fizikaviy xossalarini sinash usullarini bajarish. Yelimni tayyor-
lash hamda yog‘och bo‘laklarini yelim yordamida biriktirish usullarini mashq qilish.
6-rasm. moy bo‘yoq sur tish:
a – moy bo‘yoq cho‘tkasini
saqlash; b – moy bo‘yoqni sur-
tish yo‘nalishi.
a)
b)

11
2. Yog‘och bo‘laklarini loklash va moy bo‘yoq bilan ishlov berish hamda pardoz-
lash ishlarini amalga oshirish.
Jihozlar
Yog‘och bo‘laklari, yelim namunalari, siqish iskanjalari, tampon, cho‘tka, lok va
moy bo‘yoq.
Muammoli topshiriq
yog‘ochni yelimlashda yelim qotib qolsa amalga oshiriladigan ishlarni
1.
bilasizmi?
Tirnoqli birikmalarni biriktirishda yog‘och iskanjasi yog‘och sirtiga botib ketsa,
2.
ya’ni buyum sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa nima qilish kerak?
1.2. ASBOB-USKUNALAR, MOSLAMALAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Yog‘ochlarni rejalash asboblarining turlari, ularni ishlatish
va saqlash qoidalari
yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash va boshqa ishlarni bajarish uchun
yog‘och materiallarni o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. buning uchun
maxsus asboblardan foydalaniladi. o‘lchash deb yog‘och materialining
o‘lchamlarini va shaklini aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar,
metr, o‘ramametr, go‘niyalar, xatkash, sirkul, shtangensirkul va o‘lchov
andazalari kiradi.
Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan
bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda, millimetrlarga bo‘lingan
holda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri
chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini
tekshirish uchun ishlatiladi.
buklama metr uni olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun buklana-
digan qilib yasaladi.
o‘ramametrlar bir necha metr uzunlikdagi metall va boshqa materialdan
foydalanilgan santimetr va millimetrlarga bo‘lingan tasmadan iborat. Ular
bir necha metrgacha bo‘lgan uzunliklarni aniq o‘lchash uchun ishlatiladi.

12
Go‘niyalar yog‘och yoki boshqa materiallarni rejalashda foydalaniladi.
Ular to‘g‘ri burchaklarni o‘lchash, belgilash, chizish va tekshirib ko‘rish
uchun ishlatiladi ( 7-rasm ). boshqa burchaklar uchun moslashtirilgan
go‘niyalar ham mavjud.
a) chizg‘ich b) o‘ramametr d) go‘niya
e) xatkash f) shtangensirkul g) sirkul
7-rasm
. o‘lchash va rejalash asboblari.
O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab tayyorlashda qo‘llaniladi.
O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash uchun kerakli kat-
talikda tayyorlangan reyka, tayoqchalardan iborat. Shu maqsadda tayyor
buyum namunasidan ham foydalanish mumkin.
rejalash deb tayyorlanadigan buyumning kerakli o‘lchamlardagi shakl-
larini yog‘och materiallariga chizishga aytiladi. rejalash uchun yuqorida
aytilgan o‘lchash asboblari bilan birga xatkash, qalam, turli xil rejalash
andazalaridan foydalaniladi.
Xatkash yog‘ochning belgilangan qirrasiga tayangan holda unga parallel
chiziqlar chizish uchun ishlatiladigan moslama. U kunda, uning teshiklariga
o‘rnatiladigan reykalar, o‘ziga o‘rnatiladigan bir yoki bir necha mix yoki
qalamlardan iborat bo‘ladi.
Xatkash yordamida bir vaqtda bir necha parallel chiziqlar chizish mum-
kin.
Sirkul turli aylanalar, aylana yoylari chizish hamda uzunliklarni

13
o‘lchash uchun ishlatiladi. U metall, yog‘och yoki plastmassadan tayyorlan-
gan, umumiy o‘qqa o‘rnatiladigan ikkita oyoqdan iborat. Chizuvchi pargar
oyoqlaridan birinchi uchiga igna, ikkinchisining uchiga qalam o‘rnatiladi.
O‘lchagich pargarning ikkala oyog‘i uchiga igna o‘rnatiladi.
o‘lchash va rejalash ishlarida qora yoki boshqa rangdagi yumshoq
qalamlardan foydalaniladi.
Rejalash andazalari karton, qog‘oz, faner, metall, plastmassa, yog‘och
kabilardan zarur shakllarda tayyorlanadi. Ular turli burchaklar, aylanalar,
aylana yoylari, ko‘pburchaklar, egri chiziqli shakllar andazalaridan iborat
bo‘ladi. Ular kerakli shaklni ishlatilayotgan yog‘och material ustiga qo‘yib
chizib olish ishlarini bajarish uchun qo‘llaniladi. ba’zan tayyor buyum na-
munasidan ham foydalanish mumkin.
Rejalash tayyor buyumning o‘zi, uning texnik rasmi, eskizi yoki chiz-
masiga qarab bajarilishi mumkin.
Tayyor buyumning o‘ziga qarab rejalashda, buyumning har bir detali
qanday shaklda va o‘lchamlarda ekanligi aniqlanadi, so‘ng shu o‘lchamdagi
o‘lchamlar yog‘och materialga tegishli rejalash asboblari yordamida
ko‘chirib chiziladi.
bunda ayrim detalning o‘zidan andaza sifatida foydalanib chizish ham
mumkin.
Buyumning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasi, ularda ko‘rsatiladigan
o‘lchamlarga muvofiq ravishda tegishli detallarning shakllari yog‘och mate-
rialiga chiziladi.
Yog‘ochni rejalash asboblarini nam tegmaydigan, quruq, toza joyda
saqlash kerak. maxsus jomadonlar yoki sumkalarda tartibli saqlash ushbu
asboblarning uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi.

Texnologiya fani o‘quv dasturi (1-sinf) uqtirish xati

Metallar (yun. metalleuo – qaziyman, yerdan qazib olaman) – oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.

Mustaqillik – davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish; texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;

Mahsulot – iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.

buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish; ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Texnologiya fani quyidagi bo‘limlar asosida o‘qitiladi. 1-4-sinflar uchun 1. Qog‘oz va karton bilan ishlash. 2. Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash. 3. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash. 4. Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish. 5-7-sinflar uchun: Texnologiya va dizayn yo‘nalishi: 1. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi. 2. Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi. 3. Metallga ishlov berish texnologiyasi. 4. Elektrotexnika ishlari. 5. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari. Servis xizmati yo‘nalishi: 1. Pazandachilik asoslari. 2. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi. 3. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari. 8-9 sinflar uchun Texnologiya va dizayn yo‘nalishi: 1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. 2. Elektronika asoslari. 3. Kasb tanlashga yo‘naltirish. Servis xizmati yo‘nalishi: 1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. 2. Ro‘zg‘orshunoslik asoslari. 3. Kasb tanlashga yo‘naltirish. Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan V-IX sinflarda “Texnologiya” o‘quv fanidan o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi. Texnologiya fanini o‘qitishda boshlang‘ich sinflarda “Iqtisod alifbosi”, yuqori sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari”, “Hayot xavfsizligi asoslari” hamda “Iqtisod saboqlari” o‘quv kurslari singdirilib o‘qitiladi. Har bir dars xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarga texnologiya fanini yo‘nalishlari bo‘yicha kasb turlari haqida axborotlar beriladi. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Kommunikativ kompetensiya: A1 texnologiya faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo‘llay olish; tayyorlanadigan buyum ko‘rinishini sodda bayon qilish; mavzu bo‘yicha savollar berish hamda savollarga javob berish; muloqotda muomala odobiga rioya qilish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish, o‘z fikrini tushuntira bilish. A1 maktabda, ko‘chada, uydagi turli vaziyatlarda o‘zini tuta olish muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qilish; olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yuritish; yasalgan buyumlarga mustaqil ravishda munosabat bildirish. A2 texnologiya faniga oid atamalarni xorijiy tillardan ifodalay olish, o‘z do‘stlari bilan texnika tilida muloqotga kirisha olish;

Texnika (techne – mahorat, sanʼat) – moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.

Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.

mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish. A2 texnologiya faniga oid suhbat jarayonida suhbatdosh fikrini tahlil qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qilish va unga ishontirish; turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, kelishmovchiliklar odilona, haqqoniy va ijobiy yondashgan holda munosabat bildiirish va zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 texnologiya faniga oid televizor, radioda berilgan eshittirishlarni ko‘rish, o‘rganilgan ish usullarini bajarish, jurnal va gazetalarda berilgan ma’lumotlarni o‘rganib borish. A1 texnologiya faniga oid atamalarni topishda media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish; fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qilish. A2 mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta orqali xabar jo‘natish) foydalana olish;

Kompyuter (ing . computer – hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) – oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.

media vositalardan texnologiya fanini o‘rganishga oid zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlashda xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish. A2 kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish, texnologik xarita va sxemalarga oid manbalarni qidirib topish, o‘rganish, tahlil qilish, tatbiq qilish.

Xarita (yun. chartes – varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta – Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya)

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A1 texnologiya fanini o‘rganish; amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish, kattalarni gapiga quloq tutish, “Mohir qo‘llar” to‘garagida fanlarni o‘qib-o‘rganish, mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish; to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘rtoqlarining xatosini tushuntirish, kattalarga, kichiklarga, o‘rtoqlariga yordam berish, o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish. A1 texnologiya faniga oid turli yo‘nalishdagi kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish; o‘zini xato va kamchiligini to‘g‘ri tushunish, xatolarini tuzatishga harakat qilish, o‘zini nazorat qilish.

Harakat – borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

A2 texnologiya fanini yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurroq o‘rganish, yo‘nalishlarni bugungi kun talabi bo‘yicha o‘z ixtirolarini olib kirish, har bir buyumni tayyolashda dizayner-modelerlik kasbi bo‘yicha yondasha olish, shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish; guruhlarda ishlashda ma’suliyatni o‘ziga olish, lider bo‘la olish, turli muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish; konstitutsion huquq va burchlaridan to‘g‘ri foydalana olish; jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish. A2 shaxs sifatida o‘z qiziqishlariga qarab, qobiliyatlarini namoyon qila olish, ongli kasb tanlash, halollik, to‘g‘rilik kabi insoniy fazilatlarga ega bo‘lish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish, sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish, maktabdagi va maktabdan tashqari tadbirlarda ishtirok etish va muomala madaniyatga amal qilish; kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga ega bo‘lish, oiladagi o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglay olish; maktab binosi, sinfdagi jihozlar. A1 mebellarni asrab-avaylash farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga amal qilish; o‘zining yoshiga nisbatan qanday huquqlari borligini bilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash; maktabda, oilada, turar joyida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar, shanbalik va h.k.) ishtirok etish. A2 sog‘lom e’tiqod va dunyoqarash tushunchalarini bilish; jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, o‘z munosabatini bildirish; kasblarning mohiyatini tushunish va ongli ravishda tanlash. A2 Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini bilish va unga amal qilish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: A1 orasta kiyinish va doimo shunga amal qilish, do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish, orasta kiyinish, yurish-turishda kattalardan o‘rnak olish, o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash; ozodalikka rioya qilish, milliy bayramlarini bilish, o‘quvchining odob-axloq qoidalari tushunchaga ega bo‘lish, o‘zi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni bilish. A1 san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish, san’at asarlarini tahlil qilish, maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;

Asar (arab. – iz, qodsiq) – 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.

yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish, ziyorat qilish odobiga amal qilish, milliy qadriyatlarni (milliy-madaniy an’analar, bayramlar, sayillar) bilish. A2 xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlarida ularning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini o‘rganish, avaylab asrash, an’ana va marosimlarini hurmat qilish. A2 xalq hunarmandchiligi yo‘nalishlarida ularning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini o‘rganish, avaylab asrash, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1 oilasida nechta odam borligi, kim katta, kim kichikligini bilish, maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish; kundalik rejalarini tuza olish; kundalik faoliyatda turli chizmalarni chiza olish, mamlakatimizdagi bayram kunlarini bilish; isrof va tejamkorlikning ma’nosini tushunish va kundalik hayotda unga amal qilish. A1 dars jarayonida zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari, xomashyolardan tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanish, bir kunlik xarajatlarini hisoblashni bilish; texnika turlari va ularni qachon paydo bo‘lganligini bilish. A2 inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish. A2 mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga tutgan o‘rni va tarixiy shakllanish davri haqida aytib bera olish, mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi barcha sohalarda o‘sish sur’atlarini bilish; kundalik faoliyatda turli formula, model, chizmalarni o‘qiy olish va foydalana olish. Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi. I. TK-tayanch kompetensiya 1. TK1-kommunikativ kompetensiya 2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi 3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi 4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi 5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya 6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi II. FK-fanga oid kompetensiyalar 1. FK1-Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi: 2. FK2-Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya: 3. FK3-To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi 1-SINF (haftasiga 1 soatdan, 33 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish.

Hunarmandchilik, hunarmandlik – milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. Qog‘oz va karton bilan ishlash (4 soat) 1-mavzu. Texnologiya darslarida xavfsiz mehnat usullari va o‘quv qurollari bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari. (1 soat) Qaychi, yelim, qog‘oz bilan ishlashda xavfsiz mehnat usullar, qalam, qaychi, o‘chirg‘ich, chizg‘ich, sirkul, bigiz va boshqalar rangli va oddiy qog‘ozlar bilan ishlash. 2-mavzu. Qog‘oz va uning turlari. Qog‘ozni buklash usullari. (1 soat) Qog‘ozni buklashning oddiy usullaridan foydalanib, kema, qayiq va h.k.o‘yinchoqlar yasash) 3-mavzu. Kitob uchun xatcho‘p yasash. (1 soat) Kitob uchun xatcho‘p yasash bosqichlari 4-mavzu. Kvadrat shaklidagi qog‘ozni buklash orqali hayvonlar shaklini yasash. (1 soat) Qog‘ozni buklash usulidan foydalanib, kuchuk va mushukchani yasash bosqichlari. Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash (5 soat) 5-mavzu. Tabiiy materiallar haqida tushuncha. Tabiiy materiallardan “Oltin kuz” manzarasini tayyorlash. (1 soat) Tabiiy materiallarga nimalar kiradi, uni ishga tayyorlash qoidalari. 6-7-mavzu. Tabiiy materiallardan har xil shakldagi jonivorlar shaklini yasash. (2 soat) Kapalak, ninachi, parranda, hayvonlar va h.k. 8-9-mavzu. Tabiiy va turli materiallardan parrandalar yasash. (2 soat) Tabiiy va turli materiallardan qush, parrandalar yasash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.

Qushlar – umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sud-ralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Q.ning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq – arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli.

Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish (2 soat) 10-mavzu. Rangli qog‘ozdan jonivorlar shaklini qurish-yasash. (1 soat) Rangli qog‘ozdan buklash usulida baliq va boshqa jonivorlar shaklini qurish-yasashning texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari. 11-mavzu. Qog‘ozdan mushuk yoki tulki shaklini qurish-yasash. (1 soat) Qog‘ozdan mushuk yoki tulki shaklini qurish-yasash texnologik xaritasi yoki qurish-yasash bosqichlari. Qog‘oz va karton bilan ishlash (1 soat) 12-mavzu. Qog‘ozdan buklash usulida turli o‘yinchoqlar yasash. (1 soat) Qayiqcha, samolyot, paroxod va h. k qog‘ozni oddiy buklash usuli orqali yasash bosqichlari. Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish (1 soat) 13-mavzu. Uchuvchi planer qurish-yasash. (1 soat) Uchuvchi planer qurish-yasash texnologik xaritasi yoki qurish-yasash bosqichlari. Qog‘oz va karton bilan ishlash (3 soat) 14-mavzu. Maydalangan rangli qog‘ozlardan mozaika usulida mevalar va sabzavotlar shaklini yasash. (1 soat) Meva rasmini shablon asosida qog‘ozga tushirish, maydalangan rangli qog‘ozlardan meva shaklini ranglar bo‘yicha yopishtirish bosqichlari. 15-mavzu. Archa o‘yinchoqlarini yasash. (1 soat) Archaga osiladigan turli o‘yinchoqlarni yasash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari. 16-mavzu. Turli bayramlar uchun niqoblar tayyorlash. (1 soat) Tulki, ayiq, quyon va h.k niqoblarni karton qog‘ozga chizish, qirqish, qosh, ko‘zi, tumshug‘ini qalamda chizish va bo‘yash yo‘llari. Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish (1 soat) 17-mavzu. “Qish” manzarasini qurish-yasash. (1 soat) “Qish” manzarasini applikatsiya usulida qurish-yasashning texnologik xaritasi yoki qurish-yasash bosqichlari. Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash (3 soat) 18-19-mavzu. Plastilin va loy bilan ishlash qoidalari. Loy yoki plastilindan idishlar, hayvonlarni yasash. (2 soat) Plastilin va loy bilan ishlash qoidalari haqida tushuncha, oshxona jihozlari, hayvonlar shaklini yasash. 20-mavzu. Oshpazlik va qandolatchilik kasblari haqida tushuncha. Plastilindan tort shaklini yasash. Mehnat. Ishlab chiqarish .

Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish – jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

(1 soat) Oshpazlik va qandolatchilik kasblari haqida tushuncha. Plastilindan tort shaklini yasash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari. Qog‘oz va karton bilan ishlash (5 soat) 21-mavzu. 8-mart bayramiga tabriknoma tayyorlash. (1 soat) Karton, rangli qog‘ozlardan bayram tabriknomasini yasash bosqichlari. 22-mavzu. Geometrik shakldagi qog‘ozlardan har xil hayvonlar shaklini yasash. (1 soat) Qog‘ozlardan geometrik shakllarni qirqish bosqichlarini ko‘rsatish, geometrik shakllar asosida har xil hayvonlar shaklini yasash bosqichlari. 23-mavzu. Navro‘z bayramiga tabriknoma tayyorlash. (1 soat) Applikatsiya usulidan foydalanib, karton, rangli qog‘ozlardan bayram tabriknomasini yasash bosqichlari. 24-mavzu. Simmetrik shaklda qog‘ozni qirqish orqali meva, sabzavot yasash. (1 soat) Simmetrik qirqish usullarini ko‘rsatish, appelikatsiya usulida meva, sabzavot shaklini yasash. Nazorat ishi. (1 soat) 25-mavzu. Quruvchilik kasbi haqida tushuncha. Kim qayerda ishlaydi Qog‘ozdan uycha yasash. (1 soat) Qog‘ozdan buklash usulidan foydalanib, uycha yasash bosqichlari. Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash (2 soat) 26-mavzu. Sabzavot va mevalarning urug‘idan applikatsiya usulida naqsh tuzish. (1 soat) Sabzavot yoki mevalarining urug‘laridan applikatsiya usulida naqsh tuzish yo‘llari. 27-mavzu. Tabiiy va turli materiallardan hayvonlar yasash. (1 soat) Tabiiy va turli materiallardan hayvonlar yasash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari. Qog‘oz va karton bilan ishlash (4 soat) 28-mavzu. Qog‘ozdan savatda gullar yasash. (1 soat) 29-mavzu. Qog‘ozni buklash usulda gul yasash. (1 soat) 30-mavzu. Qog‘ozdan buklash usulida hayvonlar, qushlar, shakllarini yasash. (1 soat) Nazorat ishi. (1 soat) 31-mavzu. Geometrik shakllardagi qog‘ozdan mashina qurish-yasash. Mehnatning mahsuli-mahsulot va uning turlari (1 soat) O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi: A1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, yelimlash ishlarini bajara oladi; tabiiy va turli materiallarni bir-birida farqlay oladi; oddiy modellarni yasay oladi; o‘tkir va tig‘li asboblardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi. Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya: A1 o‘z mehnat harakatlarini o‘quv topshiriqlari asosida munatazam takrorlay oladi. To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi: A1 kasblar olamini biladi. Mavzularni o‘rganish uchun – 31 soat Nazorat ishlari uchun – 2soat Jami – 33 soat

Texnologiya 1 sinf darslik 2022

Darsliklar yechimlari ushbu kanalda berib boriladi
Muallif : Karimov Bobur
Savol va takliflar uchun : @Boburiy25
Tel : +99890 970 77 24

About
Blog
Apps
Platform

Fizika Yangi Darslik 2022
5.64K subscribers

Attestatsiya Ms universal test
Tugash vaqti 23:00

Test boshlandi.

Tugash vaqti 23:00

Test muallifi:
Karimov Bobur

Fan: Attestatsiya MS .
Savollar soni: 40 ta
Test kodi: 64400

Javoblaringizni @e_test1_bot ga quyidagi ko’rinishlarda yuborishingiz mumkin:

☝️ Eslatma!
Javoblar aynan @e_test1_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.

2.2K views Boburiy Kokand , 18:06

⛔️Test yakunlandi.
Test muallifi:
Karimov Bobur

Fan: Attestatsiya MS .
Test kodi: 64400
Savollar soni: 40 ta

Natijalar:

1. Nematova Layloxon – 36 ta
2. Boynazarov Mirshod – 31 ta
3. Navruzbek Karimov – 31 ta
4. Tursunova I – 31 ta
5. Gulnigor – 31 ta
6. Jabborov Abdusalim – 29 ta
7. To`raqulov Hikmat – 26 ta
8. Tillayeva Shaxlo – 22 ta
9. Shomurodova Maftuna – 20 ta
10. Meliboyeva Gulshoda – 19 ta
11. Matnazarova Yulduz – 18 ta
12. Ozodov Asrorbek – 18 ta
13. beshimova zarina – 18 ta
14. Buranbayeva Damira – 16 ta
15. Xalillayeva Firuza – 15 ta
16. Imomaliyeva Gulnihol – 14 ta
17. Abduqodirov Muxiddin – 13 ta
18. Oqulova Gavhar – 13 ta
19. Yuldasheva Muhayyoxon – 13 ta
20. Sharapatdinova Shiyrin – 13 ta
21. Jumayev Xudoyor – 13 ta
22. Odiljonov Donyorbek – 12 ta
23. Samandarova Gulmira – 12 ta
24. Bozorov Behruz – 11 ta
25. Jumayev Xudoyor – 11 ta
26. Tursunboyeva Nigora – 11 ta
27. Gulchehra Rizoqulova – 10 ta
28. Maxmudov Bobomurod – 9 ta
29. Jumayev Xudoyor – 9 ta
30. Jumayev Xudoyor – 8 ta
31. Egamberdiyev Abdivosit – 8 ta
32. Yuldashova Venera – 7 ta
33. Abdullayeva Sadoqat – 7 ta

1.d 2.b 3.a 4.c 5.d 6.c 7.b 8.c 9.d 10.c 11.a 12.d 13.c 14.a 15.b 16.d 17.c 18.c 19.d 20.c 21.a 22.d 23.a 24.d 25.d 26.c 27.c 28.b 29.a 30.b 31.d 32.c 33.c 34.b 35.a 36.a 37.c 38.b 39.a 40.b

Testda qatnashganlarga rahmat.

Qiziqarli malumotlar
Texnologiya fani o‘quv dasturi (1-sinf) uqtirish xati