Texnologiya, 9 sinf, Sattarova Z, Abdusalomova N, Ahmedova N, 2019
Mazkur 9-sinf sahifalarida duradgorlik kasbining qirralarini chuqur o‘rganib, o‘zingizga yuklatilgan topshiriqlarni mustaqil va mas’uliyatni his qilgan holda amalga oshirasiz. Siz yo‘nish dastgohida har xil qavariq, pog‘onali buyumlar yasashni hamda mavjud xomashyolardan mebellar tayyorlash, buyum yuzasini yupqa paner bilan qoplash sirlarini bilib olasiz. Siz har xil mebel jihozlari, xontaxta, turli bolalar kursilari hamda boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasaysiz va ularga sayqal berishni o‘rganasiz.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida amal qilinadigan Mehnat Kodeksi, korxonalarda mehnat muhofazasi va yog‘och o‘ymakorlik san’ati va tarixi haqida ma’ lumotlarga ega bo‘ lasiz.
Ushbu darslik yordamida olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringizni mustahkamlaysiz.
Texnologiya fanining yosh avlod hayotidagi roli
O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish juda muhim hisoblanadi. Chunki tanlangan kasb har bir inson kelajagi bilan bog‘liq hamda yashash tarziga ham ta’sir qiladi. Inson o‘zi tanlagan kasb yoki hunaridan zavq olsa, qilgan ishidan mamnun bo‘ladi. O‘z kasbining ustasiga aylanadi, el e’tiboriga tushadi, baraka topadi.
Kasb tanlashda maktabning o‘rni beqiyos. Ba’zi o‘quvchilar fizika, kimyo, biologiya fanlariga, boshqalari adabiyot, tarix yoki huquq faniga qiziqadi. Masalan, biologiya faniga qiziqqanlar kelajakda vrach-veterinar yoki biolog bo‘lishi mumkin. Huquq faniga qiziqadigan o‘quvchilar huquqshunos, advokat, prokuror, sudya bo‘lishi mumkin. Fizika faniga qiziqadigan o‘quvchilar muhandis yoki aloqachi bo‘ladi. Matematika faniga qiziqadigan o‘quvchilar kelajakda iqtisodchi, bankir, buxgalter bo‘lishi, chet tillarga qiziqadigan o‘quvchilar tarjimon, elchi, gid bo‘lib ishlashi mumkin.
Ilgari mehnat darsiga 2-3-darajali fan sifatida qaralardi. Amaliy mashg‘ulotlar qog‘oz-qalam, o‘chirg‘ich, tabiiy materiallar asosida o‘tilardi. Endilikda bu fan “Texnologiya” deb nomlanib, darslar oliy malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladigan bo‘ldi. 5—9-sinflarda o‘quvchilar har yili 3-4 kasb bo‘yicha o‘qitiladi, ishlab chiqarish amaliyotida ishtirok etadi. Berilgan nazariy bilimlar amaliy darslar bilan mustahkamlanadi.
Aytish lozimki, 8-9-sinflar uchun mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari aniq bir darslik yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanma yo‘q edi. Shu bois mazkur fan o‘qituvchilari darslarni deyarli o‘z bilganlaricha o‘tishardi. “Texnologiya” fani bo‘yicha Sirdaryo viloyat “Mahorat maktabi”ning rahbari bo‘lgan Zamira Sattorova yillar davomida dars ishlanmalarini jamlab bordi hamda 8-9-sinflar uchun “Ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo‘llash” degan dastlabki darslik nusxasini yaratdi. Bu ish 2013-yili respublika maktablari bo‘yicha ommalashtirilib, mehnat ta’limi darsi shu asosda o‘tilishi joriy qilindi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflarni tanlab olish tanlovida sirdaryolik uch nafar muallim — Guliston shahridagi 8, Yangier shahridagi 6 va Mirzaobod tumanidagi 15-maktab o‘qituvchilari Zamira Sattorova, Nazokat Abdusalimova va Nasiba Ahmedovalar tomonidan 9-sinf o‘quvchilari uchun yozilgan “Texnologiya” kitobi ma’qullanib, darslik sifatida chop etildi va 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitiladigan bo‘ldi.
Darslikda o‘g‘il bolalar uchun alohida, qizlar uchun alohida qismlar mavjud. O‘g‘il bolalar uchun mo‘ljallangan “Texnologiya va dizayn yo‘nalishi” bo‘limida hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik, elektronika asoslari, kasb tanlashga yo‘llash hamda ijodiy loyiha tanlash texnologiyasi boblari ajratilgan bo‘lsa, qizlarga mo‘ljallangan bo‘limda ularning o‘zlariga mos va zamonaviy yo‘nalishlarga oid dars ishlanmalari hamda ma’lumotlar joy olgan.
Axborot oqimi keskin ortgan davrda mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, har qanday yangilikni o‘rganishga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo‘llanishi, interaktiv usullardan keng foydalanish lozim bo‘ladi.
Texnologiya fani predmeti boshqa fanlardan umuman farq qiladi. Masalan, fizika yoki matetmatika fanlari o‘n yillar davomida yangi bilimlar bilan boyitilib boriladi. Texnologiya fani bo‘yicha esa har yili yangiliklar bor. Ishlab chiqarish sohasiga ko‘plab yangi texnologiyalar joriy etiladi. Shuning uchun bu fan o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilishi kerak.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yaqin kelajakda o‘quvchilarni kasbiy ta’limga yo‘naltirish maqsadida superustaxonalar, bolalar texnoparklari, “Kvantorium” va boshqa zamonaviy parklar ochish ko‘zda tutilmoqda. O‘quvchilar kompyuter va vibrostendlar bilan jihozlangan bu maskanlarda kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga robo, kosmo, nano, bio, IT yo‘nalishlarida ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ta’limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bu vazifani bugungi kunda oliy ma’lumotli, yuksak professional mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bajarmoqda. Ta’lim sifatini oshirish, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalarni takomillashtirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Masalan, mebel ishlab chiqarish bo‘yicha dizayner bo‘lmoqchimisan? Marhamat, bolg‘a va mixni chekkaga surib, material tanla, hisob-kitob qil. Mebelni plastikdan tayyorlamoqchimisan? Bunda barcha detallarni 3D printeri tayyorlaydi. Yog‘ochdan qilmoqchimisan? Marhamat, raqamli dasturlangan boshqaruv stanogiga hisob-kitobingni kiritasan. Mebeling tayyor.
O‘quvchilar shu tariqa sanoat dizayni, nanotexnologiya, raqamli modellashtirish va ishlab chiqarish texnologiyalari, robototexnika, elektrotexnika, elektorenergetika, biotexnologiya, oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, “aqlli uy”, “buyumlar interneti” bilan tanishadilar. Bunda darslar nafaqat maktabda, balki kollej va texnikumlar, bolalar texnoparki, yoshlar ijodiy innovatsion markazlarida tashkil etiladi.
Matluba XUDOYOROVA, Sirg‘ali tumanidagi 300-maktab texnologiya o‘qituvchilari
Texnologiya, 9 sinf, Sattarova Z., Abdusalomova N., Ahmedova N., 2019
Texnologiya, 9 sinf, Sattarova Z., Abdusalomova N., Ahmedova N., 2019.
Учебник по технологии для 9 класса на узбекском языке.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan «Texnologiya» fani sizlarni o‘zlashtirgan mavzularingizni amalda qo‘llay olishga, egallagan bilimlaringizni hayotga tatbiq etishga o‘rgatadi.
Siz quyi sinfl arda «Texnologiya va dizayn» hamda «Servis xizmati» yo‘nalishlari bo‘yicha metall va metallmas materiallarga ishlov berish usullarini, turli hajmdagi uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlashni, elektrotexnika ishlarini bajarishni, milliy, jahon taomlarini pishirishni, kiyim hamda buyumlar bichish-tikishni, to‘qishning oddiy va murakkab usullarini o‘rganib, amaliy ko‘nikmalarni egalladingiz.
9-sinfda esa hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik asoslari, elektronika asoslari, kasb tanlashga yo‘llash, ijodiy loyiha tayyorlash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirib, kompetensiyalarga aylantirishda darslik sizga yaqin ko‘makchi bo‘ladi.
Darslikda ish namunalari hamda hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlashning texnologik xaritalaridan foydalanib, ularni maktabingiz sharoitiga, o‘z sinfi ngiz imkoniyatiga moslab amalga oshirishingiz mumkin. Mazkur darslik ko‘zlagan maqsadlaringizga erishishingizda sizga yaqindan yordam beradi.
Zargarlikda ishlatiladigan toshlar.
Qadimgi davrlardanoq insonlar zargarlik toshlarining rangi va jilolanishi kabi xususiyatlarini yuqori baholab kelganlar. Ayniqsa, qizil, och qizil rangdagi toshlar odamlarga ilohiy kuchlarga ishonish va davolovchi manba sifatida xizmat qilgan. XIX asrga kelib bunday toshlarning qiymati faqat rangi bilan emas, balki qattiqligi, tozaligi va hajmining turli-tumanligi bilan ham baholangan.
Qadimdan Osiyo xalqlari orasida feruza, marvarid, zumrad va boshqa qimmatbaho toshlar nihoyatda qadrlangan. Chunki ular inson uchun faqat bezak buyumlari bo‘lib qolmay, balki sog‘liq, ruhiyat uchun ham ijobiy ta’sir etadi, deb hisoblangan.
MUNDARIJA.
Kirish.
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI.
1-bob. Hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi.
1.1. Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Hunarmandchilikda foydalaniladigan nodir materiallar va asbob-uskunalar.
1.2. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi ko‘rinishi, shakli uzviyligi va yaxlitligining ta’minlanishiga ko‘ra baholash.
1.3. Kompozitsion yaxlitlik. Kichik hajmli belanchak yasash.
2-bob. Ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik asoslari.
2.1. Texnika va uning zamonaviy ishlab chiqarishdagi roli.
2.2. Ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbollari. Zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar.
3-bob. Elektronika asoslari.
3.1. Avtomatika va avtomatik qurilmalar haqida umumiy tushuncha.
3.2. Raqamli hisoblash qurilmalari va ularning vazifasi. Raqamli hisoblash qurilmalarida qo‘llaniladigan sxemalar.
3.3. «Lego» konstruktoridan sodda robot yasash.
4-bob. Ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi.
4.1. Dizayn komponentlari asosida turli buyumlarning loyiha variantlarini tayyorlash usullari.
4.2. Loyiha taqdimotini tayyorlash va o‘tkazish.
SERVIS XIZMATI YO‘NALISHI.
1-bob. Hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi.
1.1. Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar.
1.2. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi ko‘rinishi, shakli uzviyligi va yaxlitligining ta’minlanishiga ko‘ra baholash.
1.3. Ayollar shimini bichish va tikish.
1.4. Burmali yostiqcha tikish texnologiyasi.
2-bob. Ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik asoslari.
2.1. Texnika va uning zamonaviy ishlab chiqarishdagi roli.
2.2. Ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalar.
2.3. Kir yuvish mashinasi. Kir yuvish mashinasining turlari, tuzilishi, ishlash prinsipi, foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
2.4. To‘qishning murakkab usullari.
2.5. Dizayn va modellashtirish.
2.6. Karving san’ati.
3-bob. Ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi.
3.1. Dizayn komponentlari asosida turli buyumlarning loyiha variantlarini tayyorlash usullari.
3.2. Loyiha taqdimotini tayyorlash va o‘tkazish.
4-bob. Kasb tanlashga yo‘llash.
4.1. Kasb tanlashga yo‘llash texnologiyasi.
4.2. Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo‘yicha amaliy mashqlar bajarish.
4.3. Tanlangan kasb-hunarga doir ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish.
4.4. «Men tanlagan kasbni egallashda kelgusi rejalarim» mavzusida ijodiy ish taqdimoti.
«Texnologiya» faniga oid terminlar izohi.
Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Texnologiya, 9 sinf, Sattarova Z., Abdusalomova N., Ahmedova N., 2019 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Texnologiya, Duradgorlik, 9 sinf, Azimov S.A., Qo‘chqorov B.A., 2020
Texnologiya, Duradgorlik, 9 sinf, Azimov S.A., Qo‘chqorov B.A., 2020.
Учебник по технологии для 9 класса на узбекском языке.
Mazkur 9-sinf sahifalarida duradgorlik kasbining qirralarini chuqur o‘rganib, o‘zingizga yuklatilgan topshiriqlarni mustaqil va mas’uliyatni his qilgan holda amalga oshirasiz. Siz yo‘nish dastgohida har xil qavariq, pog‘onali buyumlar yasashni hamda mavjud xomashyolardan mebellar tayyorlash, buyum yuzasini yupqa paner bilan qoplash sirlarini bilib olasiz. Siz har xil mebel jihozlari, xontaxta, turli bolalar kursilari hamda boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasaysiz va ularga sayqal berishni o‘rganasiz.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida amal qilinadigan Mehnat Kodeksi, korxonalarda mehnat muhofazasi va yog‘och o‘ymakorlik san’ati va tarixi haqida ma’ lumotlarga ega bo‘ lasiz.
Ushbu darslik yordamida olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringizni mustahkamlaysiz.
Elektr tokida ishlaydigan dastakli qo‘l asboblari.
Ishchining qo‘ l mehnatini yengillashtirish, kam vaqt sarflab, ish sifatini yaxshilash maqsadida har xil avtomatlashtirilgan asboblardan foydalaniladi.
Doira arralar — xomashyolarni ko‘ndalangiga va bo‘yiga arralashda qo‘ llaniladi. 1-rasmda qo‘l arralar keltirilgan. Ular elektr tokida ishlaydi. Elektr toki bilan ishlaydigan randalar xomashyolarning sirtini randalashda qo‘ llaniladi.
Elektr tokli randalash asboblarning ham ishlab chiqarishda bir necha turlari mavjud. Bundan tashqari, bu asboblar bilan ilgari randalangan sirtlarni tekislash, pardozlash kabi ishlarni ham bajarish mumkin. Bu asboblarning randalaydigan tig‘ining uzunligi 75 mm dan 100 mm gacha, randalash chuqurligi 2 mm gacha, og‘irligi 5 kg dan 10 kg gacha bo‘ lgan turlari bor.
MUNDARIJA.
Kirish.
1-§. Mebel ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan zamonaviy dastakli asboblar.
1.1. Dastgohlardan foydalalanish qoidalari.
1.2. Elektr tokida ishlaydigan dastakli qo‘l asboblari.
1.3. Elektr toki bilan ishlaydigan dastakli asboblardan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari.
2-§. Mebel mahsulotlarining turlari va nomlanishi.
3-§. Murakkab bo‘lmagan duradgorlik mebellarini tayyorlash.
3.1. Kursilar yasash.
3.2. Gultuvak uchun osma javon yasash.
3.3. Osma javon yasash.
4-§. Tayyor buyumlarni bezash.
4.1. Buyum sirtiga nusxa tushirish.
4.2. Badiiy bezashda shakllarni kesish malakasi.
4.3. Badiiy bezaklarni qo‘llash malakasi.
5-§. Tayyor mahsulot sifatini nazorat qilishni tashkil etish.
6-§. O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash.
6.1. Shaxmat o‘ynaydigan stol yasash.
6.2. Oshxona uchun osma javon yasash.
7-§. Mustaqil ish berish va uning sifatini tahlil qilish.
7.1. Har xil turdagi oshxona jihozlarini tayyorlash.
8-§. Duradgorlik buyumlarini ta ’mirlash.
8.1. Maktab mebellarini ta’mirlash.
8.2. Buyumlarning sirtini qayta pardozlash.
8.3. Fanerlangan sirtlarni ta’mirlash.
8.4. Yorilgan sirtlarni ta’mirlash.
8.5. Mebellarni ta’mirlash usullari.
8.6. Mebel qismlaridagi singan bo‘laklarni ta’mirlash tartibi.
8.7. Mebellarni ta’mirlash ish rejasi.
9-§. Buyum sirtlarini pardozlashda qo‘llaniladigan dastgohlar.
10-§. Buyum sirtlariga sayqal berish.
10.1. Buyum sirtini bo‘yash va loklash.
10.2. Buyum sirtlarining tabiiy gulini yo‘qotmagan holda bo‘yashga tayyorlash.
10.3. Buyum sirtlarini qo‘lda loklash.
10.4. Buyum sirtlarini spirtli lok bilan loklash.
10.5. Buyum sirtlarini tiniq parda hosil qilib pardozlash.
10.6. Buyum sirtlarini nitrolok bilan loklash.
10.7. Buyum sirtlarini purkash yo‘li bilan loklash.
10.8. Buyum sirtlarini lokni quyish yo‘li bilan sayqallash.
10.9. Buyum sirtlarini lokka botirib olib loklash.
11-§. O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash.
11.1. Stol yasash.
11.2. Ikki kishilik kursi yasash.
12-§. Mustaqil ish berish va ishning sifatini tahlil qilish.
12.1. Sabzi taxta yasash.
13-§. O‘yuvchi-yo‘nuvchi dastgohda har xil qavariqli va pog‘onali buyumlar yasash.
13.1. O‘yuvchi-yo‘nuvchi iskanalarni charxlash.
13.2. O‘yuvchi-yo‘nuvchi dastgohda ishlashda rioya qilinadigan texnika xavfsizligi qoidalari.
13.3. Zina va ayvonlarga shakldor to‘siqlar yasash.
13.4. Uy ichlariga bezaklar tayyorlash.
14-§. O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash.
14.1. Kiyimlar uchun javon yasash.
14.2. Devoriy kiyim ilgich yasash.
14.3. Kursi yasash.
15-§. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
15.1. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar.
15.2. Ishga joylashtirish huquqi.
15.3. Mehnat qilish huquqlarini amalga oshirish kafolatlari.
15.4. Ishga joylashishga davlat yo‘li bilan ko‘maklashish.
15.5. Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflari.
15.6. Mehnat shartnomasining mazmuni.
15.7. Mehnat shartnomasining shakli.
15.8. Mehnat shartnomasining muddati.
15.9. Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh.
15.10. Ishga qabul qilish vaqtida talab qilinadigan hujjatlar.
15.11. Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish tartibi.
15.12. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari.
15.13. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish.
15.14. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish.
15.15. Ish vaqtining normal muddati.
15.16. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati.
16-§. Yog‘och o‘ymakorlik san’ati va tarixi.
16.1. Yog‘och o‘ymakorligiga asos solgan ustalar ijodi.
16.2. Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan iskanalar.
16.3. Yog‘och o‘ymakorligida ishlatiladigan yog‘och turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
16.4. Pardoz turlari va o‘yilgan naqshlarni pardozlash.
16.5. Binolarni bezashda qo‘llaniladigan bezak turlari.
16.6. Xontaxtalar va ularga mos naqshlar tanlash.
16.7. Andoza yasash.
17-§. O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash.
17.1. Tortmali javon yasash.
18-§. Mustaqil ish berish va uning sifatini tahlil qilish.
19-§. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish sanitariyasi.
19.1. Ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligi qoidalari.
20-§. Yog‘ochlardan tayyorlangan xomashyolar.
21-§. Ishchi va xizmatchilarga malaka va toifalarini hisobga olgan holda haq to‘lash.
22-§. Buyum yuzalarini yupqa faner bilan qoplash.
22.1. Buyum yuzasini yupqa faner bilan qoplashga tayyorlash.
22.2. Randalangan yupqa fanerlarning xususiyatlari.
22.3. Ishqalash bolg‘asi yordamida fanerlash.
23-§. Ko‘p tarmoqli mebellar tayyorlash.
23.1. Mebel qismlarini yig‘ish.
23.2. Mebellarni maxsus iskanjali moslamalar yordamida o‘rnatish.
24-§. O‘tilgan mavzularni amaliy ishlar orqali mustahkamlash.
24.1. Polyuvgich yasash.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Texnologiya, Duradgorlik, 9 sinf, Azimov S.A., Qo‘chqorov B.A., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Qiziqarli malumotlar
2019), 9 sinf, Abdusalomova N, Ahmedova N, Sattarova Z, TEXNOLOGIYA