Texnologiya, 8 sinf, Tohirov О‘, 2019
Boshlang’ich sinflarda tarbiyaviy soat darslarini quyidagi mavzular bilan o’tkazish tavsiya etiladi:
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada sog’lom avlod – jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili, oilaviy burch va mas’uliyatning ijtimoiy-ma’naviy asoslari, oilaviy munosabatlar madaniyatining diniy va milliy jihatlari, jamoatchilik fikrining oilaviy hayot va yoshlar tarbiyasiga ta’siri, yoshlarning ma’naviy kamolotida oiladagi ruhiy muhitning ahamiyati, ota-ona ibrati va tarbiya jarayonida tutgan o‘rni hamda boshqa masalalar yoritiladi. Shuningdek har bir darsni o‘tish texnologiyasi va dars jarayonida qo‘llaniladigan turli xil zamonaviy interfaol metodlar haqida fikr bildiriladi.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogiaka universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2012-yil 13-dekabrdagi qarori bilan ushbu o‘quv –uslubiy qo‘llanma nashrga tavsiya etilgan (5-sonli bayonnoma).
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma ITD-4-161 davlat granti asosida tayyorlandi.
Mustaqil O‘zbekistonda oila qadriyatlarining tiklanishi har bir oilaning iqtisodiy, madaniy, kasb-kor jihatdan ravnaq topishini anglatadi. Oila va oila munosabatlari hamisha davlatning diqqat-e’tibori va himoyasida bo‘lib kelmoqda.
Ma’lumki, oila ijtimoiy hodisa sifatida insoniyatning ulug’ kashfiyoti hisoblanadi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek : “Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Chunki oila sog’lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero, oila farovonligi – millat farovonligi asosidir”. 1
Asosiy Qomusimiz-Konstitutsiyamizda ham oila masalasiga alohida urg’u berilgan: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”. 2
Mamlakatimizda 2012-yil mustahkam oila yili deb e’lon qilindi. Shuningdek oila institutini rivojlantirish hamda takomillashtirishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g’risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu dasturga asosan, yosh oilalarga e’tibor va g’amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoyalashni ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, zarur imtiyoz va afzalliklar berish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “yoshlarimizni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg’oni bo‘lgan oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishini istardim” 3 -deb alohida ta’kidlagani bejiz emas.
Xalqimizning tarixini ko‘zdan kechirsak, oila va uning vazifalari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va salmoqli ishlari haqida qimmatli fikrlar aytilgan. O‘zbek oilasi tarixi va milliy pedagogikasi tarixi juda qadimiydir.
O‘zbek xalqining qadimgi tarixini aks ettirgan “Avesto” da ham oila munosabatlari bilan bog’liq mantiqiy fikrlar ilgari suriladi. Unda qayd qilinishicha, erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg’a bosishar yoki beliga zanjir bog’lab yurishga majbur qilishardi. “Avesto”da qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi man etilgan. Qavm va urug’ qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan.
Ajdodlarimiz azaldan oila mustahkamligi sog’lom avlodning yaralishi yo‘lida muttasil e’tiborda bo‘lgan, oilasi, urug’i obro‘si mustahkamligi, g’ururi uchun doim kurashib kelgan. Bunday oilaparvarlar va bolaparvarlar zardo‘shtiylik g’oyalarining aynan bizning zaminda tug’ilishi bilan ham bog’liq. Buni tarixiy manbalarni kuzatishning o‘ziyoq anglatib turibdi. Zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da oila, uning mustahkamligi, tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgani uning isbotidir.
Oilaparvarlik va bolaparvarlik g’oyalari faqat yo‘l-yo‘riqlar sifatidagina qabul qilinib qolmay, avlod turmushining baxtli-saodatli, to‘la ta’minotli, xushchaqchaq, serfarzand bo‘lishi to‘g’risida ham katta g’amxo‘rlik ko‘rsatilgan. Bunday g’oyalar avloddan-avlodga aynan oila tarbiyasi orqali singdirib borilgan deb, ta’kidlaydi tadqiqotchi To‘rabek Jumaniyozov.
Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, eramizgacha bo‘lgan uzoq o‘tmishda ham biologik-fiziologik jihatdan sog’lom erkak yoki ayol kishilar oila qurishga majbur bo‘lishgani xolda ular qavm-urug’ni toza saqlash, milliy qonni buzmaslik, nikoh tushmaydigan qarindoshlar o‘rtasida oila qurmaslik kabi axloq-odob normalariga amal qilishgan.
Demak, oila insonlarning tabiiy-biologik-fiziologik, moddiy-iqtisodiy, huquqiy-qonuniy, ma’naviy-axloqiy aloqa-munosabatlari asosiga qurilgan ijtimoiy birlikdan iboratdir. Insonlarning tabiiy biologik –fiziologik munosabati deganda jinsiy aloqa va nasl qoldirishni moddiy-iqtisodiy munosabatda – uy-ro‘zg’orni boshqarish, mulkiy munosabatni, huquqiy –qonuniy munosabat- nikohning qonuniyligini, ma’naviy-axloqiy munosabatda esa er-xotin inoqligi, pokligi, ota-ona bilan farzandlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, hurmat, burch va shu kabilarni tushunish lozim. Hozirgi kunda yuqorida zikr etilgan oila va uning bilan bevosita bog`liq masalalar qonun yo‘li bilan muhofaza qilingan va kafolatlangan. Chunki u jamiyatning ajralmas bir bo‘lagidir. Bundan jamiyat oila dialektik birlikni tashkil qiladi degan mantiqiy xulosa kelib chiqadi.
Ajdodlarimiz oilaning mustahkam bo‘lishiga alohida e’tibor berganlar. Shuningdek bo‘lajak oila bekasiga eng zarur o‘gitlar, maslahatlar berib oilaning baxtli bo‘lishiga o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shganlar. Buyuk allomamiz Abu Rayhon Beruniy: “Ey qizim! Sen o‘rgangan uyingdan ketib, begona xonadonga tushmoqdasan. Sen yer bo‘lib, u osmon bo‘ladi. Sen u bilan shunday yo‘l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo‘lsang, u osmon kabi olijanob bo‘ladi. Osmon shifoli yomg’iri bilan yerni ko‘kartirgani kabi, u ham o‘z mehr-shafqati bilan seni xushnud etadi”-deb yozgan. Mamlakatimizda oilaga e’tibor yanada kuchaydi. Oila mustahkamligi jamiyat mustahkamligidir. Prezident Islom Karimov alohida urg’u berib ta’kidlaganidek “2012-yilga mamlakatimizda “mustahkam oila yili” deb nom berganmiz va shu asosda azal-azaldan hayotimizning tayanchi va suyanchi bo‘lib kelgan, jamiyatimizning hal qiluvchi bo‘g’ini bo‘lmish oila institutini yanada rivojlantirishga qaror qilganimiz xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi”. 4
Umuman olganda, oila va uning mohiyati, oilaning har tomonlama ravnaqi va jipsligini ta’minlash shart-sharoitlari, oila tarbiyasi-milliy iftixor, uning jamiyat negizi ekani, oila ichidagi oila kamolatini ta’minlash singari muammolarni tatbiq etish hamda ularni xalqqa sodda va tushunarli tarzda etkazish shu kunning vazifasidir. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmani yozishda biz A.Fitrat “Oila yoki oila boshqaruvi tartiblari” (“Ma’naviyat”, 1998), Rizouddin ibn Faxriddin “Oila” (“Mehnat”, 1991), A.Safarov, M.Maxmudov “Oila ma’naviyati” (“Ma’naviyat” (2009), O.Musurmonova “Oila ma’naviyati-milliy g’urur” (“O‘qituvchi” 2000), M.Quronov “Milliy tarbiya” (“Ma’naviyat” 2008), E.Yusupov, O‘.Yusupov “Oila –ma’naviyat bulog’i” (“O‘AJBNT” 2003) va boshqa mualliflarning asarlaridan keng foydalandik.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma qo‘llanma fan dasturi asosida tayyorlandi. Unda darsning ta’lim texnologiyasi va dars jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan o‘rinli foydalanildi.
Texnologiya, 8 sinf, Tohirov О‘., 2019
Учебник по технологии для 8 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchilar! Sizning barkamol avlod bo’lib voyaga yetishingiz, puxta bilim olishingiz, iqtidoringizni to‘la namoyon ctishingiz, barcha qobiliyatlaringizni yuzaga chiqarishingiz hamda jamiyatda o‘z o‘rningizni topishingizda boshqa fanlar qatori «Texnologiya» fani ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
«Texnologiya» fani Sizlami fikrlashga, ijodkorlikka, zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabatlariga asoslangan talablar asosida professional tayyorgarligingizni oshirishga va jismoniy mehnat turlaridan samarali foydalanishga oid bilimlarni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay bilish malakasini egallashmgizga undaydi. Nafaqat jismoniy sog‘lom, balki manaviy jihatdan ham sog‘lom bo‘lishingizda yordam beradi.
Hunarmandchilik maktablari.
Toshkent ganchkorlik maktabi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Bu maktabga xos naqshlar nozikligi, aniq simmetrik taqsimga egaligi, jozibadorligi bilan boshqa maktab uslublaridan farq qiladi. Toslikent ganchkorlik maktabi namoyandalari saflda Usmon Ikromov, Toshpolat Arslonqulov, Malimud Usmonov, Anvar Polatov kabi qator yetuk ustalar faoliyat olib borishgan.
Buxoro ganchkorlik maktabi san’atinmg eng rivojlangan o‘chog‘i hisoblanib, o‘yma ganchlarining yirik hamda o‘ziga xos mayinligi, jozibadorligi va boshqa tomonlari bilan ajralib turadi. Buxoro ganchkorlik maktabining eng yirik namoyandalaridan biri akademik usta Shirin Murodovdir. Buxoro ganchkorlik maktabi namoyandalaridan usta Safar, usta Adis, usta Savri, usta Qurbon Yo‘ldoshev, usta Ibrolmti Hafizov va boshqalarning ishlari nafaqat bizning yurtimizda, balki jahonda ham tanilgandir.
MUNDARIJA.
Kirish.
I. TEXNOLOGIYA VА DIZAYN YO‘NALISHI.
1-BOB. XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI.
2-BOB. ISHLAB CHIQARISH VА RO‘ZG‘ORSHUNOSLIK ASOSLARI.
3-BOB. ELEKTRONIKA ASOSLARI.
4-BOB. IJODIY LOYIHA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
II. SERVIS XIZMATI YO‘NALISHI.
1-BOB. XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI.
2-BOB. ISHLAB CHIQARISH VA RO‘ZG‘ORSHUNOSLIK ASOSLARI.
3-BOB. ELEKTRONIKA ASOSLARI.
4-BOB. IJODIY LOYIHA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
III. TEXNOLOGIYA YA DIZAYN, SERVIS XIZMATI YO‘NALISHLARI.
5-BOB. KASB TANLASHGA YO‘LLASH.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Texnologiya, 8 sinf, Tohirov О‘., 2019 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Sog’lom ovqatlanish tartibi
Bu maqolamizda sog’lom ovqatlanish tartibi hamda uning asosiy prinsiplari haqida so’z yuritamiz.
Sog’lom turmush tarzi
Maslahatlar
Siz iste’mol qilayotgan mahsulotlar nafaqat sizning, balki sizdan keyingi bir necha avlodning sog’lig’i va turmushining sifatiga katta ta’sir qiladi.
Sog’lom ovqatlanish tartibi haqida ko’plab so’z yuritilgan, ammo ko’payib borayotgan «yangi foydali» parhez va trendlar kishini mushkul holatga solib qo’yadi.
Sog’lom turmush tarzi tomon dadil qadam bosish uchun, tartibli sog’lom ovqatlanish qoidalari haqida unutmaslik juda muhim.
Sog’lom ovqatlanish tartibi – bu parhez emas
Shunisini aniq anglash lozimki, sog’lom ovqatlanish va parhez- bu bir xil tushunchalar emas. Parhez-bu cheklash demakdir, sog’lom ovqatlanish tartibida esa u yoki bu mahsulotga qat’iy ta’qiqlar qo’yilmaydi.
Sog’lom ovqatlanish -bu yaxshi kayfiyat va muvozanatni saqlashga yordam beruvchi usul va prinsiplardir. Vazn tashlash, semirish yoki kun tartibidan yaxshi o’zlashtirilmayotgan mahsulotlarni olib tashlash kabi muammolar inson shaxsan tanlaydigan yo’lga bosiladigan keyingi qadamdir.
Ilmiy tekshiruvlar shuni aniqlab kelyaptiki, mashxur parhezlar yoki ayrim mahsulotlardan to’laligicha yoki qisman cheklash ko’rinishidagi noto’g’ri ovqatlanish -o’limga olib boruvchi yurak va qon tomir kasalliklari hamda saratonning rivojlanishi havfini kuchaytirar ekan.
Sog’lom ovqatlanish tartibiga o’tish-bu o’z-o’zini rivojlantirish, o’z-o’zini o’qitish, g’amxo’rlik va o’z hayotingizga kirgiziladigan shaxsiy investitsiyadir.
Natija sizning faolligingizga bog’liq
Agarda siz oldingizga ozish yoki semirish maqsadini qo’ygan bo’lsangiz, unda faolligingiz darajasini ko’rib chiqishingizga to’g’ri keladi. Hattoki o’z normangizga mos ravishda ovqatlanish tartibiga rioya qilsangiz ham, kam harakat bilan hech narsaga erisholmaysiz.
Izlanishlar shuni isbotladiki, sport bilan shug’ullanib, to’gri ovqatlanish tartibiga rioya qilib, faol hayot tarzini olib borganlar- to’g’ri ovqatlanib ammo kam harakat qiladigan insonlarga nisbatan tezroq natijaga erishadilar.
Aql-idrok uchun ozuqa
Iste’mol qilingan ozuqa organ to’qimalarini hosil qiladi va o’z-o’zidan organizmda bo’ladigan barcha jarayonlarga ta’sir qiladi. Shu qatorda ruhiy jarayonlarga ham. Axir sizning jismoniy holatingiz sizning kayfiyatingizda ham aks etadi.
Shuning uchun qanday fikr yuritayotganingizga ham e’tibor bering, organizmingizga g’amxo’rlik qilish kerakligini anglayapsizmi? Shu bilan birga iste’mol qilinayotgan ozuqa organizmimizga qanday ta’sir qilishini tushunish uchun organizm haqidagi bilimimizni ham boyitib borishimiz darkor.
So’nngi qoida-o’z-o’zini ruhlantirish zarurligi.To’g’ri ovqatlanish haqidagi tavsiyalarni o’qing, hamfikrlarni qidiring, o’z tajribangiz bilan bo’lishib, atrofingizdagilarni ruhlantiring.
Kaloriyalar va energetik muvozanat
Kaloriyalar bu enrgiya,yoqilg’i miqdori bo’lib, u biz tanovvul qilgan mahsulotning organizmda parchalanganidan hosil bo’ladi.
Kaloriyalarni hisoblash kerak yoki kerak emasligi haqida yillar davomida bahs yuritiladi. Ba’zi insonlar o’z intuitsiyasiga tayanib ovqatlansa, ba’zilar raqamlarsiz hech narsaga oydinlik kirita olishmaydi.
Ammo shunisi aniqki-agarda siz sarf qiladigan kaloriyadan ko’ra ko’proq kaloriyalar iste’mol qilsangiz, sarf qilinmagan kaloriyalar tanangizda yog’ bo’lib to’planadi. Agarda shuning aksi bo’lsa-siz vazn tashlaysiz. Shunga ko’ra, agar siz ozmoqchi bo’lsangiz ko’proq kaloriyalar sarf qilishingiz lozim. Agar semirish niyatida bo’lsangiz, sarf qilinadigan kaloriya miqdoridan ko’proq yeyishingiz kerak bo’ladi.
Shundan xulosa qilish mumkinki, energetik muvozanatni saqlash siz rioya qilayotgan tartibga nisbatan juda muhim.
Oqsillar, yog’lar va uglevodlar
Sog’lom ovqatlanish -bu katta fan bo’lib, uning qoidalari qanchalik sodda jaranglamasin, insonlar o’rganishi kerak ulkan bilimlar bazasi mavjud.
Oqsil, yog’lar va uglevodlar soglom turmush tarzi tushunchasining va ilmiy kategoriyasining atamalaridandir. Bu uch muhim moddalarsiz sog’lom ovqatlanish tartibini tasavvur qilib bo’lmaydi, shuning uchun ular haqida keyinchalik yana ko’p marotaba gaplashamiz. Ushbu moddalar yi’gindisi mahsulotdagi kaloriyalar miqdorini belgilaydi.
Oqsillar
Oqsil(protein)-organizmdagi asosiy tashkiliy elementlardan biridir. Insonning barcha organ va to’qimalari oqsillardan tashkil topgan.
Oqsillar ovqatning so’rilishida xizmat qiladi va garmonal funksiyalarni ham bajaradi.
Oqsil-kollagenlar insonning eng katta organi- terisi uchun javob beradi va uni tarang holda saqlab, atrof-muhitdan himoya qiladi.
Immunitet uchun javob beradigan oqsilar ham mavjud.
Oqsillar tanqisligi organizmning faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Kelib chiqishiga qarab oqsillar hayvonot va o’simlik oqsillariga bo’linadi. Kun tartibimizda har ikkisidan ham iste’mol qilishimiz kerak. maqsadingizga qarab, ular kunlik ozuqa miqdorining 10-35 % tashkil qilishi lozim.
Yog’lar
Ozuqaning asosiy qismlaridan biri yog’ hisoblanadi. bir kunda 65 grammgacha yog’ iste’mol qilish kerak.
Yog’lar to’yingan, to’yinmagan va transyog’larga bo’linadi. Kun davomida turli xil yog’larni iste’mol qilish juda muhim.
Uglevodlar
Uglevodlar – energiya zahirasi bo’lib, hayot faoliyatini olib borishda juda muhim manbadir. Uglevodlar tez(oddiy) va sekin(murakkab) turlarga bo’linadi. Murakkab uglevodlar fermentlar yordamida oddiy uglevod darajasigacha parchalanadi va bunga muayyan vaqt kerak bo’ladi. Shuning uchun ular sekin uglevodlar deyiladi. Oddiy uglevodlar parchalanishi shart emas, ular organizmga tezroq so’riladi.
Sog’lom ovqatlanish asoslari – bu me’yordagi oqsillar, yog’lar va uglevodlarning mavjudligidir.
Sog’lom ovqatlanish tartibi = Turli xillik
Sog’lom ovqatlanish tartibiga o’tish bu ovqatlanish odatlarini o’zgartirish demakdir. Ammo buni asta sekinlik bilan bajarmoq lozim, chunki birdan joningizga tegib qolsa, keyingi qadam yana ham murakkabroq bo’ladi.
Yangi taom va mahsulotlarni bosqichma bosqich kirgizib, ovqatlanish tartibingizni o’zgartiring. Ana shunda ruhiy jihatdan qiynalmaysiz. Asosiysi ratsioningizda turli xil mahsulotlar bo’lishi lozim.
Shuni bilingki, barcha kaloriyalar ham bir xil emas.Organizm turli oqsillar, yog’lar va uglevodlardan ta’sirlanib, har xil reaksiya va gormonal o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Biri muskullarni paydo qilsa, ikkinchisi organizmni qand ishlab chiqarishga majbur qiladi, yana biri esa yog’ hosil qiladi.Shuning uchun kaloriyalar har xil natija beradi.Kun tartibidagi bir xil kaloriyalor soni vazn tashlashga, muskul va yo’ to’qimalarining paydo bo’lishiga xizmat qiladi.
Sog‘lom yashash uchun…
Kishi uzluksiz mehnat tufayli doimiy toliqishni his etsa, ahvoli havas qilgudek bo‘lmaydi. Buning oldini olmoq uchun bir qancha profilaktik choralarni qo‘llashi kerak. Masalan kundalik tartibga qat’iy rioya etish, ya’ni o‘z vaqtida ovqatlanish, uxlash, me’yorida jismoniy harakat qilish foyda beradi.
Maslahat shuki, ochiq havoda piyoda sayr qiling, suv muolajalaridan foydalaning (har kuni dush yoki vanna qabul qiling yoki basseynda suzing). Taomlar oqsilga boy bo‘lsin, shifobaxsh o‘tlardan tayyorlangan damlamalarni ichib turing. Sut mahsulotlari, ko‘proq meva-sabzavot iste’mol qilish organizmga quvvat beradi, qabziyatga yo‘l qo‘ymaydi, ichaklarni tozalashga yordamlashadi.
Ruhiy iztiroblar va stresslar ham kishi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ko‘plab xastaliklarni keltirib chiqarishi ma’lum. Shuning uchun kishi hayoti davomida psixoprofilaktika bilan shug‘ullanib turishi kerak. Ko‘ngilsiz muammolar bo‘lganda aslo yolg‘iz qolmaslikka harakat qiling. Sizga xayrixoh bo‘lgan inson bilan muammolaringiz haqida o‘rtoqlashing. Suhbatdoshingiz maslahatlari garchi unchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmasa-da uning chin ko‘ngildan sizga yordam ko‘rsatishga intilishi, xayrixohligi muhimdir. Bunday suhbatdosh o‘rtog‘ingiz, otangiz, onangiz, yaqin do‘stingiz yoki umuman notanish inson, yo‘lovchi hamrohingiz bo‘lishi mumkin.
Muammolar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, uy yumushlari yoki xizmatdagi ishlar bilan shug‘ullanib o‘zingizni biroz chalg‘iting. Hech qachon atrofingizdagilarga yomon kayfiyatingizni sezdirmang, aql bilan ish yuriting, jahlga erk bermang. Yaxshisi bunday vaqtda sukut saqlang va vaziyatni yaxshilab o‘rganib chiqing. Shunda siz yana boshqa ko‘ngilsizliklarning oldini olasiz. Jismoniy mehnat yoki biror jismoniy mashq bilan shug‘ullaning, chunki jismonan toliqish jahldan tushishda yordam beradi.
Uyqu buzilishi kishi organizmi faoliyatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, avvalo, uyqu buzilishi sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish lozim. Uyqu buzilishini davolashda kundalik rejimga, sog‘lom turmush tarziga rioya qilmoq zarur. Kechki ovqatlanish soat 18-19 lardan oshmasligi, asab tizimini qo‘zg‘atuvchi qahva, quyuq damlangan qora choy ichmaslik kerak (ko‘k choy ichish mumkin). Uyqudan avval toza havoda sayr qilish, teleekranda vahimali kinofilmlar ko‘rmaslik, albatta mobil telefonni o‘chirib qo‘yish darkor.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Organizm uchun vitamin D qanchalik muhim?
Ko‘pchilik ertalab dush qabul qilsa kun bo‘yi bardam yuradi, ayrimlar esa kechqurun yotishdan oldin iliq vannaga tushsa miriqib uxlaydi, dori-darmon ichishga zarurat qolmaydi. Bir choyqoshiqda asal qo‘shilgan qaynoq sut ichib yotish ham uyquni yaxshilaydi.
Turmush o‘rtog‘ingiz, oiladagilar va do‘stlaringiz sizni tanqid qilishsa, ularni o‘zgartirishga urinmang, xato qilasiz. Insonlarni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qiling. O‘zgalarning ishlariga aralashmang. Insonlarning faqat yaxshi xislatlarini eslang va suhbat davomida aynan shu tomonlariga ahamiyat bering. Maqtov so‘zlarini aytishga o‘rganing, chunki iliq va samimiy gaplar hammaga ma’qul keladi.
Siz doimo tetik va sog‘lom ko‘rinishni istasangiz qaddingizni baland tuting, yon-atrofdagilarga kulib qarang, oldinda yaxshi kunlar ko‘pligiga ishoning. Unutmangki, har gal uyqudan oldin hayotingizdagi eng shirin onlarni eslang, bu kayfiyat soz bo‘lishiga ko‘maklashadi.
© Sunnatullo TOLIPOV,
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi, shifokor.
«Sihat-salomatlik» jurnali.
O’quvchilarda soglom turmush tarzini shakllantirishning nazariy asoslari
1.2 Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedogogik tizimi.
1.3 O’quvchilar tibbiy gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzini asosi.
Boshlangich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirish usullari va vositalari.
2.1. O’quvchilarni turli xil kasalliklar, zararli odat va ta’sirlardan himoya qilish usullari.
2.2. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish sog’lom turmush tarzini shakllantirishda asosiy vositadir.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Mundarija
Mundarija 2
I Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning nazariy jihatlari 4
1.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik asoslari. 4
1.2 Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik jihatlari. 6
1.3 O’quvchilar gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzining asosi. 10
II Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirish usullari va vositalari. 11
2.1 O’quvchilarni turli xil kasalliklar, zararli odat va ta’sirlardan himoya qilish usullari. 11
2. 2. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish – sog’lom turmush tarzini sakllantirishda asosiy vositadir. 14
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 24
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erisgandan keyin demakratik va erkin huquqiy jamiyat barpo etish yo’lida mustaqil fikrlovchi, aqliy, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash zaruriyati kun tartibiga qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Sog’lom avlod” Davlat dasturi mazmunida insonni intellektual va ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash, o’quvchilarda sog’lom tarzini shakllantirishni taqozo etmoqda.
Inson, uning hayoti va salomatligini ta’minlash, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash bugungi kunda dolzarb ijtimoiy masala darajasiga ko’tarilmoqda.
Prezidentimiz I.Karimov sog’lom turmush tarzini jamiyat a’zolari ongida qaror toptirish kechiktirib bo’lmaydigan muammo ekanligini qayd etib, 2005-yilni mamlakatimizda “Sihat- salomatlik yili” deb e’lon qildilar. Demak, ushbu muammoning dolzarbligini quyidagi omillar bilan ifodalanishi joiz deb topdik;
sog’lom turmush tarzuni shakllantirish dolzarb ijtimoiy buyurtma ekanligi; keyingi yillarda ekologiyaning keskin o’zgarishi, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi;
o’rta ummuta’lim maktablarida, xususan boshlang’ich sinflarda sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish muhim bosqich ekanligi;
mamlakatimiz ravnaqi uchun har tomonlama kamol topgan ( ham ma’nan, ham jismonan yetuk) insonlarni voyaga yetkazish talab va ehtiyojining kuchayganligi bilan belgilanadi.
Sog’lom avlodni tarbiyalash, sog’lom turmush tarzi qaror toptirish, insonning salomatligini har tamonlama muhofaza qilish ajdodlarimiz merosida to shu kungacha o’z aksini topib kelmoqda.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik shart- sharoitlarini aniqlash;
sog’lom turmush tarzi asoslarining boshlang’ich sinflardagi usul va vositalarining samaradorligini aniqlash; dars va darsdan tashqari jarayonda boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar.
- Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom tarzini shakllantirishning o’ziga xos jihatlari nazariy yechib berildi;
- Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda dars mashg’ulotlari tahlil etildi;
- Sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha boshlang’ich sinflarda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish sharoitlari belgilandi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning mavjud pedagogic asoslari o’rganildi, sog’lom turmush tarzini rivojlantirishda boshlang’ich sinflarda samarali usul va vositalar belgilandi.
Tadqiqot ishining tarkibi:
Kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
I Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning nazariy jihatlari
1.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik asoslari.
“Sog’lom xalq, sog’lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo’ladi ”.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon jamiyatimizda kelajagimiz bunyodkori bo’lgan yoshlarga e’tibor yana kuchaydi. Ayniqsa yoshlarni sog’ligini saqlash sohasidagi ijobiy o’zgarishlarni har qadamda sezish mumkin.
Bugungi kunda xalq ta’limi tizimiga qarashli qaysi turdagi muassasani olmaylik, ularda shifokorlar va malakali hamshiralar xizmat ko’rsatishmoqda.
Umumta’lim maktablari o’quvchilari salomatligini muhofaza qilish, ularga malakali tibbiy xizmat ko’rsatish, kasal o’quvchilarni o’z vaqtida aniqlash, ularni sog’lomlashtirish, turli kasalliklarni oldini olish ishlari keng yo’lga qo’yilgan..
Bugungi kunda sog’lom turmush tarzini shakllantirish ham o’tgan davrlardagidek muhim hisoblanadi va bu muammo ham o’tgan davrlardagidek ijtimoiy muammo sifatida o’rganilgan. Bu borada bir qator pedagog olimlarimiz tadqiqot ishlarini olib borib tavsiyalar berganlar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar zararli odatlar va ularni bartaraf etish yo’llari pedagog olimlar M.Abdulaziz, M.Axmedov, M.Axmatov, M. Ikromova, O.Najmiddinov, I.Nasritdinov, X.Raxmatov, T.Uzoqov va boshqalar ishlarida o’rganilgan.
Fiziolog olim B.Chumakov o’quvchilarda sport bilan shug’ullanish, to’g’ri ovqatlanish qoidalari, kun tartibiga rioya qilish, zararli oqibatlarga berilmaslik va to’g’ri dam olish haqidagi tavsuiyalarni ishlab chiqdi. [ Chumakov B.N Vamologiya kurs leksiya. M. 1999, 405 b]
Sog’lom turmush tarzini shakllantirishga ekologik muammolar yechimi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada I.Alibekov, P.Baratov, E.Turdiqulov, Sh. Qurbonov, A.Ikromov, B.Xolliyev, A.To’xtayev, Yu. Shodimetov va boshqalar tadqiqotlari ibratlidir. Xususan, respublikamiz olimlari pedagogika fanlari doktori, professor E.O.Turdiqulov, biologiya fanlari nomzodi, dotsent J.T. Siddiqov taqrizlari ostida mualliflar: K.Roziqov, A.To’xtayev, A.Nigmatov R.Sultonov tomonidan “ Ekologiya va atrof – muhit muhofazasi haqida yeti saboq ” ekologiyadan o’quv qo’llanma taqdim etilgan. “Hozirgi davrda, xususan, ilm-fan va texnika, turli xil texnologik jarayonlarga ehtiyoj nihoyatda ortgan sharoitda, o’sib kelayotgan yosh avlodga ekologiya va atrof-muhitning muhofazasi asoslaridan nazariy hamda amaliy bilim berishga mo’ljallangan adabiyotlaeni tayyorlab, chop etib va iste’molchilarga o’z vaqtida yetkazish davr talabi”.
1.2 Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik jihatlari.
Kunning ko’p qismini ( 70%) o’quvchilar ta’lim muassasalarida o’tkazadilar. Ta’lim muasssasalarida o’qish vaqti bolaning o’sish va rivojlanishiga to’ri keladi.
Respublika bo’yicha ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich sinf o’quvchilari 2923809 nafarni tashkil qiladi. Tibbiy ko’rikdan 2883931 nafar, ya’ni 98,6% o’tgan bo’lib, shundan sog’lom bolalar 1057826 nafar, ya’ni 36,6% ni, kasal bolalar esa 1826105 nafar ya’ni 63% ni ko’rsatadi. [ A.Zokirov “Talim muassasalarida bolalarni sog’lomlashtirish “. 5/2005. Ilmiy metodik jurnal. 6-bet].
Ushbu raqamlardan ko’rinib turibdiki sog’lom bolalarga qaraganda kasal bolalarning ko’rsatkichi yuqori.Hozirgi kunda o`qitishning samaradorligi o`quvchilarning aqliy faoliyatini oshirish xisobiga erishiladi. Ko’pchilik o’quv muassasalarida, ayniqsa fanlarni chuqurlashtirib o’qitilayotgan maktablar uchun doimiy psixoemotsional diqqatlilik, uyquning kamayishi, uzoq muddat o’tirish, harakat va toza havoda bo’lish vaqtining kamayishi holatlari xosdir. O’quv jarayoni salbiy omillarning ta’siri o’sayotgan organizmni asab, immun va boshqa tizimlarning moslashuv rezervlarining yomonlashuviga, funksional o’zgarishlar va surunkali o’choqlarning shakllanishiga olib keladi.
O’qitish omillarining bolalar sog’ligiga salbiy ta’siri o’quvchilarga tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirishni talab qiladi.
Ta’lim muassasalarida, ayniqsa maktablarda bolalar haftada 5-6 kun davomida 4 soatdan 6 soatgacha bo’ladilar. Bolalarni jamoa sifatida tashkillashtirish va ularni o’quv muassasasida uzoq muddat bo’lishi, butun o’qish davomida maqsadga yo’naltirilgan ommaviy profilaktik va sog’lomlashtirish dasturlarini samarali amalgam oshirish imkonini beradi.
Bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazishning maqsadi ular sog’ligidagi nuqsonlarning ilk asoratlarini aniqlashdir.
Ko’rikning ketma- ket va bosqichlari, tadqiqotning hajmi va usullari, xulosalar shakllari Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Xalq ta’limi Vazirligi buyruqlari va qo’shma buyruqlari bilan tasdiqlangan. Ta’lim muassasalarida tibbiy ko’rik va sog’lomlashtirish jarayonlarini amalgam oshirish ma’muriyatni, tibbiy xodimlarni, pedagoglarni, ota – onalarning hamkorlikdagi faoliyatini nazarda tutadi. Umumta’lim maktabning birinchi sinfida o’qitish rejimining o’ziga xos tomoni shundaki, bola maktab ostonasiga qadam qo’ygunga qadar fiziologik sistemalari, jismoniy va ruhiy holati ma’lum darajada rivojlangan bo’lishikerak. Bu bolagamaktab zimmasiga qo’yayotgan talablarni uddalashga yordam beradi. Maktabga yetarlicha tayyor bo’lmaslik ko’pincha organizm rivojlanishining orqada qolishiga emas, o’quv faoliyati jarayonida zo’riqishga, uchraydigan funksiya va sistemalarning yetarlicha rivojlanmaganligiga bog’liq. Sog’lom bola organizmi 6 -7 yoshdan asosan morfologik hamda funksional jihatdan maktab ta’limiga tayyor bo’ladi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikda o’quvchilarda aniqlanayotgan nuqsonlar orasida yetakchi o’rinni tayanch – harakat apparatida va oyoq gumbazini shakllanishida nuqsoni borlar egallaydi.
Zamonaviy qarashga muvofiq gavdani tutish organism holatining integral tavsifidir va nasldan – naslga o’tuvchi hamda ijtimoiy gigiyenik omillarning kompleks ta’siri natijalarini yoritadi.
Bu omillar ichida o’tadigan o’quv tarbiyaviy jarayon va muhit omillarining o’rganilayotgan salbiy ta’siridan ko’proq tahlil qilinayotgani quyidagilardir:
- gavdani to’g’ri shakllanishiga maktab mebelining mos kelmasligi.
- Darsliklar bilan to’la papkani o’ta og’irligi
- Jismoniy kam harakat va ko’p o’tirishdir.
Pedagoglar o’quvchilar o’rtasida sog’lomlashtirish ishlarini tashkil qilishlari, ota – onalarga o’quvchilarning kun tartiblarini to’g’ri tashkil qilishlarini nazorat qilishlari zarurligi tushuntiriladi.
Ta’lim muassasalarida o’quvchilarning tayanch harakat apparatida ko’p uchraydigan nuqsonlardan biri oyoq taginig deformatsiyasi.
Bolalar va o’smirlar orasida asosan bo’yiga ketgan yassioyoq keng tarqalgan, eniga ketgan va boshqa turdagi yassioyoq kamroq uchraydi. Yassioyoq rivojlanishining asosiy sababi mushaklar va bog’lovchi apparatning bo’shlig’idir.
An’anaviy shakllangan ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning ko’p vaqti o’tirgan holatda bo’ladi. Shuning uchun pedagoglar o’quvchilarni dars vaqtida o’tirish holatlarini nazorat qilishlari, darslarda jismoniy tarbiya daqiqalarini o’tkazishlari, ijobiy ta’sir qiladigan harakatlar tartibini tashkil qilishlari, jismoniy tarbiya mashqlariga gavdani to’g’ri tutishga yo’naltirilgan mashqlarni kiritishlari zarur. Mashqlarni musiqa ijrosida bajarish yanada ko’proq ijobiy samara beradi. Maktabda o’qishning birinchi kunidan boshlaboq birinchi sinf o’quvchilarida to’g’ri o’tirishni shakllantirishga e’tibor qaratish zarur. Bolalarni maktabda va uyda o’tirish holatini nazorat qilishning oddiy usullarini pedagoglar o’rgatishlari zarur. Pedagoglar bolaning o’tirishini sabr bilan boshlang’ich sinflarda kuzatishlari kerak. Yozma ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan egilib o’tirish holatida orqa mushaklarga og’irlik tushadi, yurak urushi tezlashadi, nafas olish harakatining amplitudasi kamayadi. Bunday holatda tenglikni saqlash uchun o’quvchilar stol ustiga ko’krak bilan suyanadilar, bu esa ichki organlar ishini yanada og’irlashadi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilarining nazorati bolalarning sog’lom bo’lishlari uchun katta ahamiyatga ega. Darslarda jismoniy tarbiya daqiqalarini o’tkazish o’quvchilarning ishga layoqatliligini ushlab turish uchun samarali vositadir.
Rus olimasi Kuindji N.N darslarida jismoniy tarbiya daqiqalarini albatta o’tkazish zarurligini uqtiradi, chunki bunda o’quvchilarning markaziy nerv tizimin hamda partada uzoq o’tirishi sababli statik taranglashgan skelet mushaklar dam olishi ta’minlanadi. [ Kunji N.N ]
Jismoniy tarbiya daqiqalarini uni versal profilaktik samara berishi uchun turli guruhdagi mushaklar va miyada qon aylanishini yaxshilashga mo’ljallangan mashqlarni o’z ichiga olishi kerak.
Jismoniy tarbiya daqiqalarini o’tkazish uchun 3-4 mashqdan iborat maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish mumkin. Ta’lim muassasalarida alohida o’rganlarga, tizimga va butun organizmga ruhiy va statik og’irlik qiluvchi mashqlar, darsda umumiy toliqishni oldini olish uchun jismoniy tarbiya daqiqasi va dars davomida taranglashganini xisobga olgan holda turli guruh mushaqlari uchun to’plangan mashqlardan iborat umumiy ta’sir qiluvchi mashqlar o’tkazishni talab qiladi. Mashqlar 1,5 – 2 daqiqa davom etadi. Mashqlarni tuzishga jismoniy tarbiya o’qituvchisi yordam beradi. Yozuv darslarida mashqlar ikki marotaba 15 va 25 – daqiqalarda o’tkazilishi kerak, panjalari toliqishini yumshatish uchun mashqlar bajariladi.
Maktabda o’quvchilarni harakatga bo’lgan biologik talabini qondirish uchun sharoit yaratish lozim. Bu talab 2 soatdan ko’p hajmdagi bolalar va o’smirlarni kunlik harakat faolligini qondirishi mumkin.
Harakat faolligining bunday hajmi har qaysi o’quvchi har kuni bajarilishi zarur bo’lgan ertalabki gimnastikadan, tanaffusdagi harakatlanuvchi o’yinlardan, uzaytirilgan kun tartibidagi sport soati, jismoniy tarbiya darslari va maktab musobaqalari, salomatlik kunlari hamda ochiq havodagi o’yinlar, jismoniy tarbiya bilan mustaqil shug’ullanish va sport seksiyalaridagi mashg’ulotlardan jamlanadi.
Hozirgi kunda yoshlarimizning salomatligini ko’ngildagidek deb bo’lmaydi. Bolalarda ovqat hazm qilish va qon hosil qilish a’zolari kasalliklari, asab kasalliklari, yuqumli teri kasalliklari yetakchi o’rin egallaydi.
Aynan shuning uchun ham ta’lim – tarbiya ishlarini yoshlar organizmining fiziologik xususiyatlariga asoslangan, gigiyena qoidalariga to’liq rioya qilingan holda ta’lim tizimini faoliyat ko’rsatishni ta’minlash bugungi kundagi muhim pedagogik muammolardandir.
Pedagoglar yoshlarning o’sish va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishi, o’quvchi – yoshlarni yosh xususiyatlariga qarab aqliy va jismoniy ish bajara olishi, tibbiy – gigenik qoidalariga rioya qilgan holda o’quv maskanlaridagi ta’lim – tarbiya ishlarini to’ri yo’lga qo’yishlari kerak.
Bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish va natijada sog’lom avlodni yaratish uchun albatta o’quvchilarga tibbiy – gigiyenik bilmlar berish juda ham zarur.
Xulosa qilib aytganda ta’lim – tarbiya muassasalarida o’quvchilarning kasalliklarga chalinishining oldini olish va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni ko’rsatib o’tamiz:
___ o’quvchilarni sog’ligini ekologik va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish;
__ kasallikka qarshi va sog’lomlashtirish tadbirlarini uzviy va izchil holda o’tkazish;
__ sog’lomlashtirishga muxtoj o’quvchilarni sog’lomlashtirish muassasalariga yuborish;
__ boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda pedagog va tarbiyachilarning tibbiy – gigiyenik bilimlarini yetarli bo’lishini ta’minlash;
__ sog’lomlashtirish dasturini amalga oshirishda tibbiyot xodimlari, ota – onalar bilan hamkorlikda ish olib borish;
__ ota – onalar va pedagoglar tomonidan o’quvchilarning kun tartibini to’ri tashkil etishni nazorat qilish.
1.3 O’quvchilar gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzining asosi.
Gigiyenaga amal qilish sog’lom turmush tarzining asoslaridan biri hisoblanadi. Bu borada ko’pgina olimlar tadqiqot ishlari olib borganlar. Shaxsiy gigiyena va ularni saqlash shartlari, o’smirlar o’rtasidagi gigiyenik tarbiya mohiyati, o’smirlarning shaxsiy gigiyenasini tashkil etishning o’ziga xos jihatlari batafsil o’rganilgan.
Gigiyenaning bu jihatlari M.V.Antropova, M.I.Ismoilov, D.V.Kolesov, S.E.Mansurova, S.S.Solixo’jayev, D.J.Sharipova kabi olimlar tadqiqotlarida aks etgan.Boshlang’ich sinflarda gigiyena bo’yicha ko’pgina olimlar ish olib borganlar. Bulardan S.Solixo’jayevning ” Birinchi sinfga olti yoshdan” , Sh.I.Karimovning ”Sog’lom avlod uchun” risolasi Ibn Sino nomidagi nashriyot tomonidan 1993- yilda nashr etilgan. ”Bolalarga gigiyenik ko’nikmalarni ularni makt5ab ostonasiga qadam qo’ygan kunidan boshlab singdirish uchun oilada va maktabda qulay shart- sharoitlar yaratish zarur”. [ S.Solixo’jayev ”Bolalarda shaxsiy gigiyena ko’nikmalarining shakllanishi”. T. Ibn Sino 1993-y].
Bugungi kunda 1-4 sinflar uchun Salomatlik, Tabiatshunoslik va Odobnoma darslari o’tilmoqda. Darsliklarni maktab o’quvchilariga o’qitishdan maqsad sog’lom turmush tarzini shakllantirish sog’lom avlodni voyaga yetkazish omillari, shaxsiy va jamoat gigiyenalariga rioya etishni ularning ongiga singdirishda iboratdir.
Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi?
Bu avvalo kun tartibi, ularda harakat faolligi, teri va tanani parvarish qilish, me’yorida dam olib uxlash, vaqtida to’g’ri ovqatlanish, zarali odatlardan o’zini tiyish, o’rganilgan bo’lsa voz kechish, kiyim – kechaklarini toza tutish, zaruriy talab va shartlarga rioy qilishdan iborat. Kun tartibi nimani bildiradi?
Har bi o’quvchi kun tartibida xilma- xil unumli faoliyat bilan band qiladi. Maktabga boradi, uy ishlarini bajarishda ota – onasiga ko’maklashadi, o’rtoqlari bilan turli jismoniy mashqlar bajaradi, harakatli o’yinlar o’naydi, dars tayyorlaydi va hakozo. Buning uchun o’quvchi o’zi bajaradigan kundalik hamma asosiy ishlarini rejalashi lozim.
O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi va kun tartibi.
O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi rotsional kun tartibi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina masalalarni o’z ichiga oladi. Gavdani va og’iz bo’shlig’ini o’z vaqtida yuvib, tozalab turish, salomatlik va mashq qilishga putur yetkazadigan yomon odatlarni tashlash va boshqalar shular jumlasidandir. Maktab o’quvchisining kun tartibida quyidagilar bo;lishi nazarda tutiladi: uyqu, ovqatlanish, maktabda o’qish, uyda dars tayyorlash, toza havoda sayr qilish, uy ishi, yaxshi ko’rgan ish bilan shug’ullanish, sinfdan va maktabdan tashqari o’ykazilgan har xil tadbirlarda qatnashish, shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish. Kun tartibiga ertalabki badantarbiya, ko’ngil ochuvchi sport o’yinlari kabi mashg’ulotlarning faol turlari rejalashtirilgan bo’lishi shart. Shuning uchun kun tartibiga rioya qilish, sog’liqni saqlash va darsda muvaffaqiyatga erishish muhim omildir.
II Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirish usullari va vositalari.
2.1 O’quvchilarni turli xil kasalliklar, zararli odat va ta’sirlardan himoya qilish usullari.
” Sog’loom avlod deganda shaxsan men avvalo sog’lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi, fikri sog’lom, iymon – e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman ”.
” Buyuk davlatni faqat sog’lom millat, sog’lom avlodgina qura oladi ” – deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov. [ Barkamol avlod O’zb.taraqqiyotining poydevori. Toshkent . Sharq nashriyoti .1998-y].
Aslida olloh taolo inson zotini tabiatan sog’lom, mukammal yaratadi. Lekin afsuski odam bolasining o’zi, qolaversa nosog’lom muhit bu mukammallikni buzadi. Odamzod tassufki nafs, kibr-u havo, jaholatga berilib o’zini – o’zi, turli ofatlarga giriftor qiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15- fevraldagi 46-sonli qarori bilan ”Sog’lom avlod’’ Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur dastur 2000-yildan boshlab ko’p yillar davom etadigan tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik faniga sog’lom turmush tarziga oid turli mavzular kiritilgan. Bulardan 1-sinf tabiatshunoslik ( Atrofimizdagi olam) darsligiga “ Sog’liqni saqla”, “ O’quvchining “kun” tartibi”, “ Mening dam olish kunim”, “ Ovqatlanish qoidalari”, ” Yashil dorixona” mavzulari kiritilgan.
3 – sinf tabiatshunoslik darsligiga ”Odam kim”, ”Teri”, ”Muskullar”, ”Skelet”, ” Yurak va qon”, ” O’pka va nafas olish”, ”Ovqat hazm qilish organlari”, ” Zararli moddalarning organizmdan chiqib ketishi”, ” Ovqatlar va ovqatlanish qoidalari”, ” Nerv sistemasi”, ” Sezgi organlari”, ” Chekishdan o’zingizni tiying!”, ” Kasallikni davolashdan ko’ra oldini olgan oson!’’ mavzulari kiritilgan.
4- sinf darsligida ”Toza havo, toza suv – salomatlik garovi” mavzusi kiritilgan. Ushbu mavzularni o’tish davrida o’qituvchi o’quvchilarga spirtli ichimliklar ichuvchi, nos, sigaretlar chekuvchi giyohvand moddalar йфигд qiluvchi bolalarning qanday holatga tushganlarini batavsil tushuntiradi.
Odam va uning salomatligini muhofaza qilishda qadimgi ajdodlarimizning qo’shgan hissalari bilan tanishtiriladi. Bulardan X asrda yashagan Abu Bakr ibn Ahaviy, Abu Mansur Buxoriy, Abu Saxl Masix Jurjoniy, Abu Rayhon Beruniy o’z asarlarida odamlarda uchraydigan ko’pgina kasalliklar va ularni davolashda ishlatiladigan dorilar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ibn Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqish va tarqalishida ifloslangan suv va havoning ro’li katta ekanini uqtirib, suvni qaynatib keyin iste’mol qilishni tavsiya etgan. U tashqi muhitdagi turli omillar havo, suv orqali kasallik tarqatuvchi, ko’zga ko’rinmaydigan ”mayda hayvonlar”, ya’ni mikroblar haqidagi bilimga asoslanib fikrlar bildirgan. U kasalliklarning oldini olishda tashqi muhitni muhofaza qilish, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga amal qilish zarurligi haqidagi fikrlarni bundan 1000 yil ilgari aytgan edi. Hozirgi paytda o’quvchi – yoshlarimiz orasida nos, sigaret, hatto nasha chekish bilan shug’ullanayotganlar ham bor. Boshlang’ich sinf o’quvchisi kattalarning har bir ishiga taqlid qiladi. Shu davrda nos, papiros, hatto nashani tatib yoki chekib ko’rishga intilish paydo bo’ladi.
O’quvchilarni turli xil kasalliklardan, zarali ta’sirlardan himoya qilish usullaridan yana biri odobnoma, tabiat, jismoniy tarbiya darslarida, tarbiyaviy soatlarda o’quvchilarga odam tanasining a’zolari va uning bajaradigan vazifalari, tanani chiniqtirish, gigiyena qoidalari haqida ma’lumot berib borishdir.
Masalan: 4- sinf odobnoma darsligidagi ” Salomatlik kushandalari”, ” Ichkilik”, ” Zararli xulq va odatlar” mavzulari, boshlang’ich sinf tarbiyaviy soatlarida ” Narkotik moddalar haqida tushuncha”, ” Bo’sh vaqtlarni qanday o’tkazish kerak”, ” Zararli odatlar nima?” Ular nimalarga olib boradi?”, ” Yer yuzida yomon odatlarga o’rin yo’q” kabi mavzular o’tiladi. Odam tanasining tuzulishi haqida boshlang’ich sinfdan boshlab 3- sinf tabiatshunoslik darsligida ” Sog’ligimizni saqlaymiz” bo’limida ” Odam kim?’’, ” Teri”, ” Skelet”, ” Muskullar”, ” Yurak va qon”, ” O’pka va nafas olish”, ” Ovqat hazm qilish organlari” va boshqa mavzular o’tiladi. Muskullar, yurak va o’pkalar, ovqat hazm qilish organlari bilan tanishish jarayonida o’quvchilar o’z tana organlari ish faoliyati bir – biri bilan chambarchas bog’liqligini bilib oladilar. Bunday bog’liq holdagi faoliyat nerv sistemasi orqali boshqariladi. Nerv sistemasi sxema orqali tushuntiriladi. (62- rasm). Nerv sistemasi doimo sog’lom bo’lib, me’yorda ishlashi uchun nimani bilishi kerak? Buning uchun, birinchi navbatta, kundalik rejimga rioya qilish lozim. Qachonki siz ma’lum vaqtda ishlab, dam olsangiz, ovqatlansangiz nerv sistemasi charchamaydi, me’yorida ishlaydi. Nerv sistemasini mustahkamlash uchun mehnat turlarini almashtirib turish, badantarbiya va sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish, ertalabki gimnastika mashqlaridan keyin ho’l sochiq bilan har kuni artinish, ertalabki dush йфигд qilish ham foydali.
O’quvchilarda eng ko’p uchraydigan kasalliklardan biri nafas a’zolarining kasallanishidir. Nafas a’zolari bolalarda tuzulish jihatdan bir qator xususiyatga ega. Ularning burun bo’shlig’i, bronx yo’llarining shilliq qavatlari kattalarnikiga qaraganda changlarga, havoga, tutunlarga juda sezgir bo’ladi. Shuning uchun sinf xonasining havosi tez- tez almashtirilib turiladi. O’quvchilar og’iz orqali nafas olmasdan, burun orqali nafas olish kerakligini, chunki burun havoni ilitib, changlarni ushlab qolish xususiyatlari borligini bilishlari kerak. Hazm qilish a’zolari bolalarda tuzulishi jihatdan bir qancha xususiyatlarga ega.
Qizilo’ngach va oshqazon bolalarda ingichka va yupqa bo’lib, issiq ovqatlar is’temol qilganlarida kuyish ehtimoli bor. Shuning uchun ular iliq, yengil hazm bo’ladigan, vitaminlarga boy ovqatlarni iste’mol qilishlari kerak. Ovqatlanishdan oldin qo’llar toza yuvilgan bo’lishi shart. Iste’mol qilinayotgan ovqat og’iz orqali oshqozonga so’rilish jarayonlari kechishini sxema orqali ( 42-rasm) bolalarga ko’rsatiladi va ovqatlanish gigiyenasi haqida bolalarga tushuntiriladi.
Tishlarning vazifasini, tuzilishini, uni asrashni, tishning yorig’i natijasida tish emali yemirilib, tishni buzilishiga, kuchli og’riq paydo bo’lishiga olib kelishi haqida tushuntiriladi. Tishning vazifasi haqida 4-sinf tarbiyavy soat darslarida o’tkaziladigan ”Sog’ligimiz o’z qo’limizda ” mavzusidagi reja asosida bir soatlik dars ishlanmasini e’tiboringizga havola qilamiz. Tadbir quyidagicha tahkil etildi va o’tkazildi:
( Bu ilovada berilgan).
Xulosa qilib aytganda tadqiqotimiz davomida zararli odatlar xususida quyidagi to’tamga keldik.
__ zararli odatlar nos, sigaret, nasha chekish, spirtli ichimliklarni totib ko’rishga qiziqish maktab davrida boshlanadi;
__ zararli odatlar nafaqat o’quvchining o’zini, balki atrofdagilarni ham sog’ligiga ta’sir qiladi;
__ zararli odatlarga o’rganish jamiyatga zid harakatlarga undaydi;
__ turli xil jarohatlanishlar sodir bo’lishiga olib keladi.
Ushbu mulohazalarga tayanib, quyidagi xulosaga keldik:
__ inson salomatligiga havf soluvchi zararli odatlarga o’rganishni oldini olishda boshlang’ich sinflar muhim bosqich hisoblanadi;
__ salomatlikni asrash xususida ajdodlarimiz merosidan foydalanish yaxshi natija beradi;
__ zararli odatlarni bartaraf qilishda shaxsiy namuna muhim o’rin tutadi;
__o’quvchilarda salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi omillarni oldini olish ko’nikmasi hosil qilinadi;
__ shaxsiy va atrofdagilar salomatligini qadriga yetish hissi tarbiyalanadi.
2. 2. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish – sog’lom turmush tarzini sakllantirishda asosiy vositadir.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ma’lumot shakllariga quyidagilarni belgiladik: gigiyena gimnastikasi, chiniqtirish, salomatlik daqiqalari, harakat uchun tanaffus, sayr qilish kuni uzaytirilgan guruhlar uchun jismoniy tarbiya soati, sport to’garaklari, salomatlik va sport kunlari, jismoniy tarbiya bayramlari, sog’lomlashtirish lagerlari, sport turlari bo’yicha maktab seksiyalari va boshqalar.
Hozirgi paytda eng muhim jarayon milliy an’analarimiz va O’zbekiston jug’rofiya – iqlim xususiyatlarini o’z ichiga olgan mazmunan boy sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni amalga oshirishdir. Agarda г muntazam ravishda o’tkazilib turilsa, kutilgan natijalarni beradi. O’zaro o’rganish yoki bilim olishni tashkil etishda jismoniy tarbiya mashg’ulotlar foydali va zarur degan e’tiqodga aylanadi, e’tiqod esa barqaror axloqiy me’yorlarga aylanadi.
O’zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi haqidagi va Jismoniy tarbiya va sport haqidagi qonunida O’zkekiston Respublikasi fuqarolari va salomatliklarini yaxshilash va mustahkamlash uchun jismoniy jihatdan chiniqishlari to’g’risida qayg’urishlari shrt, degan fikr ta’kidlanadi.
Bu qonun to’la ma’noda maktabdagi jismoniy tarbiya ishiga ham taalluqlidir. Ayniqsa O’zbekistonning sportdagi iftixorlari bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir.
Biz tadqiqotimiz davomida quyidagi sportchilar bilan tanishtirishni tavsiya qilamiz:
Bulardan 1998-yilda ”O’bekiston iftixori” faxriy unvonini olgan sportchilar:
Muhammadqodir Abdullayev, Lazizbek Zokirov, Artur Grigoryan, Temur To’laganov, Ruslan Chagayev va boshqalar.
1999-yilda ”O’zbekiston iftixori ” faxriy unvonini olgan sportchilar:
Akobir Qurbonov milliy kurash bo’yicha 1- jahon chempioni, Erkin Qutiboyev kikbokschi – muay- tay turi bo’yicha 3 karra jahon chempioni. 2000 – yilda Maxtumquli Maxmudov – milliy kurash bo’yich 2- jahon chempioni, Sambo bo’yicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbanov va boshqalar . O’quvchilarga bu sportchilarni tanishtira ekanmiz ularning ongida
- Vatanimiz sportchilariga nisbatan faxr tuyg’usi kuchayadi,
- Sportga mehrlari ortadi,
- O’quvchilar ularga o’xshashga intiladilar,
- Yangi g’alabalarga erishishga undaydi.
Shuni unutmaslik kerakki, o’quvlarning o’zlariga ma’qul bo’lgan sport seksiyalariga doimo qatnashishi, musobaqalarda ishtirok etishi, sportning barcha turlarini o’zlashtirishi spotrning yuqori pog’onalari sari qo’yiladigan ilk maqsadli qadamdir. Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sportga doir ishlarning sifati qanday darajada bo’lishi bolalar va o’smirlar sport maktabiga o’quvchilarni ko’proq jalb qilishga bog’liqdir.
G’olib chiqqan komandalar rag’batlantiriladi.So’ngra keyingi musobaqalarga yo’lanma oladilar. Bundan tashqari shashka, shaxmat,basketbol,qo’l tennisi kabi sport musobaqalarning yakka g’oliblari ham aniqlanib boriladi. Bu esa Respublikamiz sportining kelajagini ham belgilaydi.
Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy so’glomlashtirish faoliyatining yana bir jihati maktab, oila, jamoat tashkilotlari va tarbiyaviy jarayonga aloqasi bo’lgan barcha shaxslarning o’zaro hamjihatlikda ishlash tizimini tashkil etishdir.
Bu sohada ”Sog’lomjon-polvonjon” sport festivali, ”Quvnoq startlar”o’yini ,”O’quvchilar spartakiadasi” ga keng o’rin berilagan.
Maktab, oila, pedagoglar, o’quvchilar va ota-onalarning o’zaro hamkorligi ish sifatini yanada yaxshilaydigan jismoniy tarbiyani, sog’lom hayot tarzini o’quvchilarning kundalik hayotiga tatbiq atadigan muhim vositadir deb hisoblaymiz. Bola sog’lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishi muhimdir. Kishi salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya qanday ahamiyatga ega ekanligini mashg’ulot davomida o’quvchilarga tushuntirib boriladi.
__Jismoniy tarbiya bilan shug’ullangan kishi kuchli, chaqqon, chidamli, irodali, bardam, jasur, go’zal va harakatchan bo’ladi.
Shuning uchun har bir harakatni mustaqil, yaxshi va kam kuch sarflagan
holda bajarishga harakat qiladi.Tarixiy manbalarga qaraganda , o’zbek xalqining milliy sport va milliy o’yinlari aholini yashash sharoitiga qarab xilma-xil bo’lgan va kishilarni faol, sermahsul ishlashga tayyorlagan.
Bunday milliy o’zbek o’yinlarining umumiy miqdori 3-5 mingdan kam emas. Bu o’yinlarni izlab topish, o’rganish va xalq orasida o’quvchilarga mashg’ulot davomida yangidan targ’ib qilish ma’naviyatimizni yangi bosqichga ko’tarishga,sog’lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi, tarbiyaviy ish mazmunini chuqurlashtiradi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ”kelajak avlod haqida qayg’urish sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir”. [I.A.Karimov ”Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”, 1997-y].
Sog’lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashning turli yo’l-yo’riqlari, usullari mavjuddir.Ayniqsa, bolalarning bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish, turli milliy harakatli o’yinlar o’rgatish muhimdir.Bola tarbiyasining bu tomoni ham davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masaladir.Yurtboshimiz bu muammoni davr talabi asosida hal qilishga alohida e’tibor berib, o’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan, ommaviy sport va jismoniy tarbiya shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish, ayniqsa, milliy sport o’yinlari haqida ma’lumotlar yig’ish, ularni boyitish va ular asosida yoshlarimiz o’rtasida keng tashviqot olib borish kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri ekani haqidagi fikrni ilgari suradi. [ I.A. Karimov ”Kelajakni jasoratli odamlar quradi’’ 1999-y.] Zero milliy harakatli o’yinlar, sport turlari ham xalq qadriyatlariga dahldor bo’lib, ularni yig’ish, boyitish va bolalarga taqdim etish sog’lom avlodni tarbiyalashning muhim vazifalardan biridir. Xalq harakatli o’yinlari , milliy sport turlari asrlar davomida davrlarga mos ravishda takomillashib kelgan.
- Xuddi shunibgdek ”Oq terakmi ko’k terak”,”Mushuk va sichqon”,”Chillak”,”Tosh o’yini”,”Ot o’yini”,”O’ningni top”,”Quvnoq g’ozlar” kabi milliy o’yinlaro’quvchilarni chaqqon, epchil, dovyurak bo’lib yetishishiga xizmat qiladi .
- Shuni ham aytish kerakki, o’yinning boshqa tarbiya usullaridan ustunligi bolalarning hamkorligini oshiradi.
Chiniqib borishga har bir mashg’ulotda o’z oldiga maqsad qo’yish va mashq qilish jarayonida unga yetish uchun harakat qilishni o’quvchilar o’rganib boradilar. Masalan, ”Arqon tortish”o’yini.Bu o’yinda bolalar o’zlarining kuchini sinab ko’rib, naqadar sog’lomligini sinab ko’rishadi,shuningdek, ularning g’alaba qilish uchun qat’iy harakat qilishga rag’bati oshadi. Tortishuv jarayonida sabr-chidamli bo’lish ko’nikmalari ortadi. Qolaversa o’yi vaqtida bolalar fikrlashadi. Yengilayotgan guruh a’zolari oyoqlarini tirab, kuchlarini to’plab olish va birdamlik bilan harakat qilishga o’rganadilar.
__sabr chidamga o’rgatish;
__o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish;
__bolalarni fikrlashga o’rgatish;
__hozirjavob bo’lishga tayyorlash;
__o’yin davomida birdamlik va hamdardlikka o’rgatish;
__jamoa bo’lib oharakat qilishga o’rgatish va shu kabilar va shu kabilar.
Buyuk mutaffakkir Abu Ali ibn Sino o’z davrida badantarbiya bilan tana salomatligini yaxshilash va mustahkamlash, kasallikning oldini olish va undan forig’ bo’lish va boshqa hollarda keng foydalanish masalasini ko’p marta uqtirgan hamda asarlarida ifodalagan.
Shuning uchun Abu Ali ibn Sino ” Kishi salomaligida yugurmasa, kasalligida albatta yuguradi” yoki mashqlar bilan mo’tadil shug’ullangan kishi hech qachon dori – darmon ichishiga hojat qolmaydi” – deb bejiz aytmagan. Yoki ” Men qoldirib ketayotgan zo’r tabiblardan biri – tozalik, ikkinchisi – parxez, uchinchisi – badantarbiya, qolganlari –mijoz bilan kayfiyatdir”.-deydi.Jismoniy tarbiya sog’liqni mustahkamlash, yuqori ish qobiliyatga erishishga, hayotiy muhim harakat uquv va malakalarni egallashga yo’llangan.Uodamni unumli mehnat qilishga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.Jismoniy hususiyatlardan tashqari, bu vaqtda qimmatli ruhiy xususiyatlar ham rivojlanadi. Turli xil jismoniy mashqlar,harakatli o’yinlar, sport jismoniy tarbisining vositalari hisoblanadi. Ular bilan uy sharoitida, maktabda, bolalar sport maktsblarida shug’ullanadilar. Turli yoshda jismoniy tarbiya turli xil vazifalarga ega.
I-IV sinf o’quvchilari muskul sezgilarini harakat tempi va harakat ko’lamini, muskullar taranglashishva bo’shashish darajasini farq qilish qobiliyatini takommillashtiradilar. Ular harakatning to’g’ri texnikasini egallaydilar, ya’ni kerakli yo’nalishlarda, ritmda, tempda, tegishli muskullar taranglashishi bilan mashqlar bajaradilar.
Agar maktab o’quchilari harakatlarning asosiy elementlarni to’g’ri bajarishni o’rganmagan bo’lsalar, harakatni oxirigacha yetkazishga intilmasalar ular yetarli natijalarga erisholmaydilar. Harakat texnikasini takomillashtirish odam shaxsini shakllantirish bilan bo’g’liq. Jismoniy tarbiya organizmga rivojlantiruvchi, tuzatuvchi ta’sir etadi. Uqaddi – qomatdagi nuqsonlarni, umurtqa pog’onasini qiyshayganligini, bukchayganlikni yo’q qiladi; jismoniy mashqlar yordamida qomatdagi ayrim kamchiliklarni, ya’ni ko’krak botiqligi, yelka kichikligi va muskullar yaxshi rivojlanmaganligini ham to’g’rilashi mumkin.
Qiz bolalar va og’il bolalar uchun maxsus mashqlar ko’pmleksi mavjud. Ularda organizmning xususiyatlari o’g’il bolalar va qiz bolalar qomatiga bo’lgan estetik talablar hisobga olinadi. Bundan tashqari jismoniy mashqlar odamning psixik holatini, tashqi ko’rinishini va kayfiyatini yaxshilaydi, umumiy hayotiy tonusni oshiradi.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino ” bola xotirasini mustahkamlashda tongi badantarbiyani muntazam ravishda bajarish, chopish, suzish, tabiat manzarasini to’yib tamosha qilish va musiqa tinglash samarali natija beradi”, – [ ” Tib qonunlari ”. Abu Ali ibn Sino ]. deb uqtirgan.
Xulosa qilib aytganda, buyuk kelajagimiz vorislari bo’lgan yosh avlodni har tamonlama kamolatga yetishida jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishning ahamiyati kattadir. Maktab o’qituvchi xodimlari o’quvchilarga nosog’lom turmush tarzining kasalliklarga, azob – uqubatlarga yetaklashini, sog’lom turmush tarzi esa salomatlikka, baxtli umrga yetaklashini targ’ibot qilishlari lozim.
Har bir davlatning taraqqiyoti, mustahkamligi ko’p jihatdan yosh avlodning ham jismonan, ham ma’nan sog’lomligiga bog’liq.
Barkamol avlodni tarbiyalsh masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, hozirda ustuvor vazifa deb qaralmoqda. Sog’lom avlodni voyaga yetkazishning asosiy yo’nalishlari muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq ilgari surib kelinmoqda.
2005-yilni ’’Sihat – salomatlik yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25- yanvardagi ”Sihat – salomatlik yili” Davlat dasturi to’g’risidagi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan Xalq ta’limi Vazirligining 31- yanvardagi 19- sonli buyrug’i chiqarilgan. Shu buyruq asosida Respublika ta’lim markazining 16- fevraldagi 6- sonli buyrug’i ishlab chiqildi. ” Sihat – salomatlik yili ” Davlat dasturidagi belgilangan tadbirlarni amaliyotda tadbiq etish fidokorona mehnatni talab etadi.
Chunonchi, o’sib kelayotgan yosh avlodning har tamonlama sog’lom bo’lishi uchun o’quvchilardan sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ekologik va gigiyenik tarbiya berish juda muhim vazifalaridan biri sanaladi.
- Inson salomatligi va jismoniy kamolotiga oid gigiyena va me’yorlari, o’z sog’ligini muhofaza qilish, o’zi uchun bo’lgan xavf – xatarni oldini olish, tozalikka rioya qilish, to’g’ri ovqatlanish, jismoniy chiniqish, badan tarbiyasi, jismonan go’zal bo’lishga intilish, jismoniy nafosatni his etish va undan zavqlnish kabi tushunchalarni bilish;
- Chiniqish, muntazam badantarbiya qilish, yuvinish, jismoniy mashqlar bajarishning mohiyatini anglash;
- Ertalabki gimnastika mashqlarini bajarish;
- Shaxsiy gigiyena me’yorlarini bilish, unga amal qilish;
- Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni bilish;
- Kun tartibiga rioya qilish;
- Tishlarni parvarish qilish. Tishlarni kasallanishi va undan saqlanish;
- Ovqatlanish gigiyenasiga rioya qilish;
- ’’Salomatlik – tuman boylik” tushunchasi va unga amal qilish;
- Inson salomatligi uchun zararli bo’lgan odatlarni bilish.
Boshlang’ich sinflarda tarbiyaviy soat darslarini quyidagi mavzular bilan o’tkazish tavsiya etiladi:
__ ”Salomatligingiz o’z qo’lingizda” ;
__ ”Reproduktiv salomatlik va sog’lon oila”;
__ ”Giyohvandlikka qarshi kurashish va uni oldini olish”;
__ ”Tez tibbiy yordam ko’rsatish”;
__ ”Atrof – muhitni muhofaza qilsh”;
__ ”Suv – hayot manbai”;
__ ” Salomatlik kushandalari”;
__” Salomatlik – tuman boylik”;
__ ” Tabiatga g’mxo’r bo’ling”;
__” Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy mashqlarning ahamiyati”;
__” O’quvchilarning kun tartibi”;
Mamlakatimiz rahbarining ”2004-2009- yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi farmonning beshinchi yo’nalishi aynan bolalar sportining rivojlantirish xususida ekanligi bejiz emas. Chunki, bolalarni jismoniy mashqlar bilan shug’ullantirish ularni kuchli, chaqqon, chidamli, irodali, bardam, jasur, go’zal va harakatchan qiladi. Natijada bolalarning ish qobiliyati yuqori bo’ladi. Yuksak ish qobiliyatiga ega bo’lish – sog’lomlikning birinchi belgisi. Shuningdek, jisminiy mashqlar bilan muntazam shug’ullunish o’pka, ovqat hazm qilish va bola tanasidagi boshqa a’zolarning ishini yaxshilaydi. Eng asosiysi organizmning tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga hamda kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarga chidamliligini oshiradi. Yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega odam kam kasal bo’ladi, agar kasal bo’lib qolsa, xastalikni oson va to’liq yengadi, ish qobiliyatini esa tez tiklaydi..
Demak, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish inson salomatligiga ijobiy ta’sir etib, uni jismonan rivojlantiradi, baquvvat qiladi, salommatligini mustahkamlaydi, hayotining yangi qirralarini ochishga imkon yaratadi. Har qanday jamiyatning farzandlari barkamol, sog’lom rivojlanishi uchun tabiiy muhit yuqori darajada ekologik sifat va miqdor ko’rsatkichlariga ega bo’lmog’i darkor. Shu bilan birgalikda, har bir jamiyat a’zosi ekologik ong va tafakkur sohibi bo’lishi, o’zining yashash joyi makonini e’zozlashi va sevishi kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda ekologik ta’lim – tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Umumiy o’rta ta’lim maktablarning boshlang’ich 1-4- sinflarida o’qitilayotgan ”Atrofimizdagi olam”, ” Tabiatshunoslik” fanlar dasturlarida o’quvchilarga eko;ogik saboq berishga keng e’tibor qaratilgan. Bu bejiz emas albatta. Barkamol avlodni shakllantirishda ekologik muammolarni hal etish borgan sari dolzarb bo’lib bormoqda. ” Xalqaro hamjamiyat insonning nafaqat yashash huquqi, balki to’laqonli va sog’lom turmush kechirish uchun zarur mo’tadil atrof – muhit sharoitlariga ham bo’lgan huquqlarining muqaddas va daxlsizligini allaqachon e’tirof etgan”,- deb yozadi muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ” O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida ” asarida . Hozirgi davrda, xususan ilm- fan va texnika, turli xil texnologik jarayonlarga ehtiyoj nihoyatda ortgan sharoitda, o’sib kelayotgan yosh avlodga ekologiya va atrof – muhitning muhofazasi asoslaridan nazariy va amaliy bilim berish uchun darslarda va darsdan tashqari tadbirlarda quyidagi mavzularni o’tish tavsiya etiladi.
” Tabiatni asrab – avaylash”, ” Atrofimizdagi havo va suvni muhofaza qilish”, ”Suvni ehtiyot qiling”, ” Tabiat va inson – bir butun”, ”Ekologiya nima?” , ”Ekologik tabiat” , ” Havo muhitining ifloslanishi”, ”Ekologik javobgarlik”. Ushbu mavzular orqali tabiatga va uning boyliklariga shavqatsizlarcha munosabatda bo’lish oqibatlari, Orol bo’yidagi achinarli yuzaga kelishi, hozirgi vaqtda bolalarning nimjon bo’lishi, ko’p kasalga chalinishining bosh sababi atrof – muhitning, ekologiyaning buzulishi ekanligini tushuntirib berish.
O’tladigan mavzularning tarbiyaviy vazifasi – o’quvchilarda har bir kishining salomatligi uni o’rab turgan tashqi sharoitga ekanligi haqida tushuncha hosil qilib, ularga ekologik tarbiya berish, ajdodlarimizning tibbiyot faniga qo’shgan ulkan hissalarini o’rganib, ularga nisbatan hurmat, ilmiy meroslariga qiziqish uyg’otishdan iborat.Mavzularni rivojlantiruvchi maqsadi-o’quvchilarga tabiatshunoslik, jimoniy tarbiya, odobnoma, salomatlik fanlarini o’zaro boylab o’rganishi va fan haqida mantiqiy fikrlarni takomillashtirishdan iborat. O’qituvchi mavzularni o’tish jarayonida mavzuning maqsadiga muvofiq holda turli xil ko’rsatmali qurollar, o’quv vositarida: jadvallar,odam a’zolari tushirilgan rasmlardan foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mavzularni o’tishning tarbiyaviy maqsadi.O’quvchilarga insonlarning sog’lig’ini muhofaza qilishga, yosh avlodni sog’lomlashtirishga qaratilgan tadbirlari, inson salomatligigia atalgan asarlari bilan ulkan hissa qo’shgan vatandoshlarimiz haqida keyingi yillarda Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi va odil siyosat orqali odam va uning salomatligi haqida erishilayotgan yutuqlarimiz to’g’risida tushuncha beriladi.Sihat-salomatlik har bir kishi uchun baxt-saodatdir.Insonning mehnat unumi ,mamlakatning iqtisodiy qudrati, xalq farovonligi kishilarning salomatligiga bog’liqdir.Har bir salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun avvalo o’zining tana tuzilishini, har qaysi a’zolarini ish faoliyatini va ularning normal o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan gigiyenani bilishi kerak. Inson tanasi barcha a’zolarini ishi bir-biri va tashqi muhit bilan bog’liq. Ba’zi maktablarda bola organizimi uchun mos sharoit yaratilmasligi yoki gigiyena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida maktab o’quvchilari talaygina qismining tayanch-harakatlanish, yurak-qon, nafas olish a’zolari kasalliklari ko’rish o’tkirligini pasayishi kuzatilmoqda. Masalan: sinf partalari o’quvchining gavdasiga mos kelmaganda tayanch –harakatlanish a’zolarini, yorug’lik kuchi kamligidan ko’z o’tkirligining, sinf xonalari yetarli isitilmaganligi oqibatida nafas olish organlarining ish faoliyati buziladi. O’quvchilar salomatligini muhofaza qilish va ular ongida sog’lom turmush shaklini rivojlantirish borasidagi xalq ta’limi xodimlarining tibbiy gigiyenik bilim darajasi yetarli bo’lishi kerak. Negaki, yohslikdan o’rganilgan bilim, hayotiy ko’nikma inson hayoti davomida bir umr unga yo’ldosh bo’ladi va an’ana sifatida avloddan- avlod ga o’tib boradi.
Shu bois, barch ta’lim muasasalarida o’quvchilarga tibbiy bilamlar berish ularda o’z sog’ligini himoyalash ko’nikmasini hosil etish ishiga aholi salomatligini kafolatlaydigan asosiy omil sifatida qaralib kerilmoqda.
Ta’lim dasturlariga yangidan kiritilgan ”Odobnoma ”,”Inson va uning salomatligi”predmetlari bu borada eng muhim vosita vazifasini o’tab kelmoqda.
Ozod va obod yurtimizda Vatan, millat, or-nomus kabi muqaddas tuyg’ular kabi sog’lom avlod yaratish tuyg’usi ham xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi va olmoqda. Keng miqiyosida olib borilayotgan harakatlar ijobiy samara berishi shubhasiz.
- I.A.Karimov ” Barkkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent ”Sharq” nashriyoti 1998-yil. 27-bet.
- I.A.Karimov ”Kelajakni jasoratli odamlar quradi”. Toshkent.1999-y. 12-bet.
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. ”O’zbekiston” n. 2001-yil. 14-15-betlar.
- Alibekov. Tabiatni muhofaza qilish va tabiat resruslaridan oqilona foydalanish. T.1983-yil. 273-bet.
- Atoyev A. O’smir va yoshlarni kurashga o’rgatishning metod va vositalari. T.1987-y. 318-b.
- Abu Abdulloh ibn Ismoil al- Buxoriy. Hadis. 3-4-tom. Toshkent. 1992-y. 558-b.
- Abu Ali ibn Sino ”Tib qonunlari” Tuzuvchilar Karimov I, Xikmatullayev X. T.1993-y. 304-b.
- Afanasyev.Yu. Salomatlik alifbosi. T ”Ibn Sino” n. 1995-y. 104-b.
- Bagdanov G. Школъникам здоровый образ жизни. М.1989-г.189 л.
- Baratov. P. Tabiatni muhofaza qilish. T.1991-y.256-b.
- Hoshimov K va bosh. Pedagogika tarixi.T. ”O’qituvchi ” n.1996-y.488-b.
- Hasanboyeva O. Odobnoma 3-sinf uchun qo’llanma. T.2002-y. 10-b.
- Ikromova M. Giyohvandlik – ijtimoiy ofat.T. 1990-y.50-b.
- Irgashev Sh. Giyohvandlik profilaktikasi bo’yicha o’quv qo’llanma. ”Ibn Sino” nashriyoti. 2003-y.14-b.
- Karimov U. Navoiy davri tabobati. Toshkent.1991-y. 7-b.
- Mahmudov .”Avesto” haqida . T. “Sharq” 2000-y.
- Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. T.2003-y.185-b.
- Oqilov O. Sog’lom turmush – uzoq umr poydevori. T.1980-y.56-b.
- Rasulov M. ”Suv – hayot manbai”. 2002-y. 60-b.
- Roziqov K.X. Ekologiya va atrof – muhit muhofazasi haqida yetti saboq. T. 2004-y. 3-b.
- Solixo’jayev S. ” Bolalarda shaxsiy gigiyena ko’nikmalarining shakllanishi”. T. ”Ibn Sino”. 1993-y. 76-b.
- To’xtayev A.S . ”Rang – barang tabiat”.T. ”Yozuvchi”.2002-y.64-b.
- To’xtayev A.S, Haydarova, Siddiqov. ”Ekologiya alifbosi”T.2004-y.
- Xo’jayev F.”Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari”.T.1996-y.72-bet.
- Zuparova X. ”Boshlang’ich sinflarda salomatlik soatlarini olib borish”. Bosh.t.jur. T.2005-y. № 5 7-b.
Qiziqarli malumotlar
2019), 8 sinf, TEXNOLOGIYA, Tohirov О‘