TESTLASHTIRISH
TESTLASHTIRISH — testlar yordamida bilim va koʻnikmalarni tekshirish usuli. Testlashtirish insoniyat tarixidagi eng qad. hodisalardan biri hisoblanadi. Qad. Xitoyda fuqarolik xizmatiga kiruvchi amaldorlar shu usuldan oʻtkazilgan. Ilk bor «akliy test» atamasi 1890-y. amerikalik psixolog Jeyms Makkin Kattel maqolasida qoʻllanilgan boʻlib, unda kollej oʻquvchilarining intellektual darajasini aniqlash uchun gʻar yili qoʻllaniladigan turkum testlar tavsiflangan. Fransuz psixologi A. Bine ham oʻz tadqiqotlarini akliy salohiyatni aniklash usullariga bagʻishladi. Niderlandiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Daniya, Fransiya, Isroil, Finlyandiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va b. rivojlangan davlatlar Testlashtirish bobida yetakchi hisoblanadi. Mazkur roʻyxatdan aholisining hayot tarzi yuqori boʻlgan mamlakatlarning joy olishi tasodifiy emas. Bu yerda Testlashtirish qoʻllanishi taʼlim sifatiga taʼsir etishi boshqaruv sifati bilan bogʻliq boʻlsa, sifatli boshqaruv, oʻz navbatida, aholi turmush darajasining sifatini oshirishga zamin yaratadi.
Ensiklopediya.uz
TESTLASHTIRISH