Testga kirish uchun qancha to’lov qilinadi? haqida to’liq ma’lumot oling
❓Testga kirish uchun qancha to’lov qilinadi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun tekin, avvalgi yilda bitirganlar 150 ming so’m to’laydi.
Test sinovi o’tkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, liseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 150 ming so’m miqdorida to’lovni amalga oshirishi kerak.
Kimlar to’lovdan ozod qilingan:
— ta’lim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to’liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “YOshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
❗️ESLATMA: to’lovni amalga oshirmagan abiturientlar test sinovlariga qo’yilmaydi. Ushbu to’lovni bo’lib-bo’lib amalga oshirsa ham bo’ladi, faqat 20 iyulga qadar (o’sha kuni ham) to’lanishi shart.
© xushnudbek
Malumotlar
Testga kirish uchun qancha to’lov qilinadi?