Test sinovlarida noto‘g‘ri tuzilgan savol tushib qolsa nima qilish kerak?

Test sinovlarida noto‘g‘ri tuzilgan savol tushib qolsa nima qilish kerak?
test sinovlarida notogri tuzilgan savol tushib qolsa nima qilish kerak 65cad03074e65

photo 2021 07 04 18 41 13

Test sinovlarida noto‘g‘ri tuzilgan savol tushib qolsa nima qilish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Test sinovlarida noto‘g‘ri tuzilgan savol tushib qolsa nima qilish kerak?

✅ DTM mutasaddisi xato tuzilgan savollar taqdiri haqidagi savolga javob berdi:

Kirish imtihonlarida noto‘g‘ri savol tushgan taqdirda masala mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, savol chindan ham noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, unga ball qo‘shib beriladi. Bu haqda DTM boshqarma boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov maʼlum qildi.

«Noto‘g‘ri savol tushgan taqdirda test yakuniga qadar eʼtirozlar varaqasida qayd etish mumkin. Masala mutaxassislar tomonidan o‘sha joyning o‘zida hal qilinadi va savol chindan ham noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, unga ball qo‘shib beriladi», dedi u.

B.Toshpo‘latov abituriyent test sinovlari chog‘ida hayajonda bo‘lishi va bu haqda o‘z vaqtida ogohlantirishga ulgurmay qolganda qanday yo‘l tutilishi haqida ham aytib o‘tdi.

«Bu holatda savollar kitobchasidan noto‘g‘ri savol o‘rin olgan abituriyent uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi», degan u.

Test sinovlarida noto‘g‘ri tuzilgan savol tushib qolsa nima qilish kerak?