TERMOROSTLAGICH
TERMOROSTLAGICH — xona, pech va b. dagi trani birday tutib turadigan qurilma. Chiziqli, hajmiy, termoelektrik xillari bor. Chiziqli Termorostlagich dagi datchikning ishi sezgir element uzunligi traga bogʻliq ravishda oʻzgarishiga asoslangan (q. Dilatometr). Hajmiy Termorostlagichning eng oddiysi simobli kontakt termometrdan iborat. Bunda simob muayyan traga yetgach, ijrochi mexanizm elektr zanjirini ulaydi. Datchikli ter moele ktri k T., odatda, termorezistorlar yoki termoparalar koʻrinishida boʻlib, oʻlchash koʻpriklari va potensiometrlar bilan birgalikda ishlaydi. Termorostlagichlar avtomatik rostlash tizimiga kiradi.
Ensiklopediya.uz
TERMOROSTLAGICH