TERMOMETR

TERMOMETR

TERMOMETR (termo… — issiq va metr) — trani oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi moddalarning kengayishi, elektr qarshiligi, gaz bosimi va b. ning traga bogʻlikligiga asoslangan. Termometrning suyuklikli, gazli va qarshilikli turlari bor. Ulardan eng soddasi suyuklikli Termometr, asosan, rezervuar, naycha va shkaladan iborat. Rezervuar suyuklik, mas., simob bilan toʻldirilgan boʻladi. t-ra ortishi bilan rezervuardagi simob kengaya boradi va unga ulangan naycha ichida simob koʻtariladi. t-ra kancha yuqori boʻlsa, simob shuncha kengayadi va naycha boʻylab u shuncha yuqori koʻtariladi. Mac, —35° dan Q750° gacha trani oʻlchashda simob (—80° dan 170° gacha — etil spirta, —200° dan Q20° gacha — pentan, — 20° dan Q300° gacha — kerosin) bilan toʻldirilgan Termometrlar ishlatiladi. Turmushda, tibbiyot va meteorologiyada suyuklikli Termometr qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
TERMOMETR