TERMIZSHOHLAR SAROYI

TERMIZSHOHLAR SAROYI

TERMIZSHOHLAR SAROYITermiz hukmdorlarining qarorgohi. 11 — 12-a. meʼmorligining diqqatga sazovor namunalaridan. 1926—28, 1936 — 37 y. larda qazib oʻrganilgan. Saroy majmuasi katta hududni ishgʻol etib, toʻgʻri toʻrtburchak tarhsa qurilgan. Saroyning bosh tarzida peshtoq boʻlib, keng hovli oʻrtasida hovuz (8,5×8,5 m, unga sopol quvurlardan suv keltirilgan), mehmonxona (katta zal va daxlizli), zal oldida 4 ta murabba ustunli ayvon bor. Qazish paytida ganch panjara, rangdor oyna, ganchga boʻyab ishlangan tasvir qoldiklari topilgan. Saroy bir necha marta taʼmir etilgan. 12-a. da zal interyeri ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan, devorlarga afsonaviy maxluklarning tasvirlari ishlangan. 1220-y. da Termizni Chingizxon qoʻshinlari qamal qilgan, qattiq qarshilik koʻrsatilgani uchun saroy boshqa koʻpgina binolar qatori vayron qilingan, xarobalar saqlanmagan.

Ensiklopediya.uz
TERMIZSHOHLAR SAROYI