TERMIZIY

TERMIZIY

TERMIZIY Xoja Samandar Muhammad ibn Baqo (taxallusi: Samandar) (taxm. 1638, Termiz, — taxm. 1740, Qumqoʻrgʻon tumanidagi Qoptoʻqay qishlogʻi) — tarixchi olim va shoir, ulamo va davlat arbobi. Termiz sayyidlari oilasida tugʻilgan. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Dastlab Narpayda qozilik qilgan (1660 — 62). Soʻngra Sharq va Gʻarb mamlakatlari, jumladan, Hindistonda darvesh sifatida yashagan. 1670-y. larda Buxoroga qaytib, Ashtarxoniylardan Abdulazizxon saroyida tarixchi (voqeanavis) lavozimida ishlagan. Subhonqulixon hukmronligi davrida saroyda uning nufuzi oshgan. Xiva xoni Anushaxon qoʻshinlari Buxoroga bostirib kelganida janglarda bevosita qatnashib, jasorat koʻrsatgan (1678—80). Elchi sifatida qoʻshni mamlakatlarga borgan. Nasafda rais (muhtasib) diniy lavozimida ishlagan.

Ensiklopediya.uz
TERMIZIY