TERMIZ-SHIBIRGʻON-HIROT AVTOMOBIL YOʻLI

TERMIZ-SHIBIRGʻON-HIROT AVTOMOBIL YOʻLI

TERMIZ-SHIBIRGʻON-HIROT AVTOMOBIL YOʻLI — Oʻzbekistonni Afgʻonistonning Hirot sh. bilan bogʻlaydigan qattiq qoplamali yoʻl. Taxminan mil. av. 5-a. lardan karvon yoʻli tarzida paydo boʻlgan. Hoz. davrda xalqaro magistral yoʻllar tizimida A—76 tituli berilgan. Yoʻlning Termizdan Hirotgacha umumiy uz. 854 km. Oʻz yoʻnalishida Mozori Sharif, Balx, Temurok, Oqcha aholi punktlari orqali Shibirgʻon sh. ga, undan Andxoy, Maymana, Bolamurgʻob, Qalʼai Nov aholi punktlari orqali Hirot sh. ga boradi. Yoʻl qatnov qismining kengligi 8—10 m ni tashkil qiladi. Yoʻlning Termizdan Mozori Sharif, Shibirgʻongacha boʻlgan qismi tekislik va choʻl zonasi boʻylab, Andxoygacha qum barxanliklari oralab, Andxoydan Qalʼai Novgacha togʻ oldi va togʻliklardan oʻtib, Hirotgacha tekisliklardan oʻtgan.

Ensiklopediya.uz
TERMIZ-SHIBIRGʻON-HIROT AVTOMOBIL YOʻLI