TERMIZ DARYO PORTI

TERMIZ DARYO PORTI

TERMIZ DARYO PORTI — Amudaryoning yuqori oqimida, Termiz sh. da joylashgan dare porti; xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanadigan ishlab chiqarish. birlashmasi. 1994-y. dan tashkil etilgan. Tarkibida «Termiz» dare porti, suv yoʻlining Termiz uchastkasi, kema taʼmirlash ustaxonalari bor. Mayd. 20,5 ga. 1953-y. da qurilgan. Tashqi savdo yuklariga moʻljallangan sigimi 10 ming t boʻlgan yopiq va 100 ming t yukka moʻljallangan ochiq omborlarga ega. Portga kiraverishda fumigatsiya kameralariga ega boʻlgan «Termiz porteksport» t. y. styasi, 6 km uzunlikdagi ichki port shoxobcha yoʻli, quvvati 7000 tGʻsutka boʻlgan neft quyish prichali bor.

Ensiklopediya.uz
TERMIZ DARYO PORTI