TERMIT

TERMIT

TERMIT (yun. therme — issikdik) — alyuminiy yoki magniyning baʼzi metallar (temir, nikel va b.) oksidi bilan kukunsimon aralashmasi; alangalanish vaktida intensiv yonadi, natijada reaksiya mahsulotlari trasi 2000° dan oshadi. Uglerodsiz metallar (marganes, xrom va b.) va ferroqotishmalar (q. Alyuminotermiya, Metallotermiya) olishda, relslarni payvandlahda va yirik detallarni quyishda, yondirgich aralashma sifatida (xarbiy ishda) qoʻllanadi.

Ensiklopediya.uz
TERMIT