TERMIK ANALIZ

TERMIK ANALIZ

TERMIK ANALIZ, termografiya — fizikkimyoning asosiy tadqiqot usullaridan biri; turli moddalar, togʻ jinslari va minerallarni qizdirish yoki sovitish jarayonida ularda roʻy beradigan fazaviy oʻzgarishlarni maxsus asboblar (derivatograf va b.) yordamida yozib olishga asoslangan. Termik analiz natijalari termogramma da aks ettiriladi. Termik analiz aniq va qulay tadqiqot usullaridan hisoblanib, kimyo, geol., tuproqshunoslik, metallurgiya, agronomiya, oziq-ovqat, sement, chinni, keramika, toʻqimachilik, dorishunoslik va b. sohalarda qoʻllanadi.

Ensiklopediya.uz
TERMIK ANALIZ