TERI

TERI

TERIodam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va b. da qatnashadi. Katta yoshdagi odamda Teri satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4 mm ga yetadi. Teri butun badanni qoplab, ogʻiz, burun, siydik chiqarish kanali, anus sohasida shilliq qavatga aylanadi. Teri oʻziga xos rang va tusga ega, u donador va muguz kavatlarning qalinligiga, tomirlarning yuza joylashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining koʻpozligiga qarab belgilanadi. Terining rangi tashqi va ichki omillar taʼsirida oʻzgarib turishi mumkin. Teri yuzasi, odatda, notekiye, unda sonsanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar boʻlib, ular birbiri bilan kesishgan joylarda uchburchaklar, rombiklar shaklini hosil qiladi. Panjalarning dorsal yuzalarida bular, ayniqsa, yaqqol koʻrinib turadi. Barmoklarning kaft yuzalarida teri egatchalari konsentrik aylana shaklida joylashgan. Bu shakllar xar bir shaxsda oʻziga xos naqshni hosil qiladi. Shaxsni aniklashda (daktiloskopiya), odatda, shu naqshlar izidan foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
TERI