TERI KASALLIKLARI

TERI KASALLIKLARI

TERI KASALLIKLARIodam va hayvonlar organizmidagi shilliq qavatlar, teri hamda uning hosilalari (soch, tirnoq) patologik oʻzgarishi bilan ifodalanadigan kasalliklar guruhi. Odamda uchraydigan Teri kasalliklari toshma toshishi, dogʻ, pufakcha, tuguncha, qipiqlanish, yaralanish, terining shilinishi, yorilishi va b. tarzida namoyon boʻladi. Tashqi muhitdagi har bir fizik va kimyoviy omillar terida turli yalligʻlanishlar (dermatitlar) paydo boʻlishiga olib keladi; bulardan qavarish, bichilish, sovqotish, kuyish birmuncha koʻproq uchraydi. Terining talaygina kasalliklariga biologik omillar, mikroskopik zamburugʻlar (q. Terining zamburugʻli kasalliklari), bakteriyalar, hayvon parazitlari (q. Qoʻtir) va viruslar (q. Soʻgal, Uchuq) sabab boʻladi.

Ensiklopediya.uz
TERI KASALLIKLARI