Teri kasalligi

Teri kasalligi

Teri kasalligi

DO`STLARGA ULASHING:

Mening yoshim 18da. Mana 1yil bo‘ldi qo‘limning terisi, asosan, qish va kuz faslida kamroq qolganlarida esa ko‘p po‘st tashlaydi va ko‘p qo‘limga suv olib ishlatsam (ya’ni yuvungan kunlarim kechalari) qichishadi. Bu qanday kasallik va davosini aytsangiz. Rahmat.

 

Qo‘l terisidagi qichishish va teri ko‘chishi bilan nomoyon bo‘layotgan muammoning sababi turlicha bo‘lishi mumkin. Xususan, A va E vitaminlar taqchilligi, allergiya, stress, uzoq muddat qabul qilingan dori preparatlariga sezuvchanlik, kimyoviy moddalarga ta’sirchanlik, dermatit, terining zamburug‘li kasalliklari, infeksion xastaliklar kabi.

Buning aniq sababini aniqlash uchun tegishli tahlillarni topshirish kerak. Va shunga mos ravishda dermatolog muolajalarni tavsiya etadi.

Teri kasalligi