TEODORIX

TEODORIX

TEODORIX Buyuk, Teoderix (Theodoricus, Theoderich) (taxm. 454 — 526) — ostgotlar qiroli (493—526), Italiyada ostgotlar davlati asoschisi. 488-y. Italiyaga bostirib kirgan va u yerdagi hukmdor Odoakrni taxtdan agdarib, qatl ettirgach, hokimiyatni egallab olgan (493-y.). T. davrida ostgotlar davlatiga Gʻarbiy Yevropadagi katta hududlar tobe boʻlgan. Rim aristokratiyasi bilan yaqinlashgan ostgot zodagonlari manfaatlarini ifoda etgan. Teodorix ostgotlar davlati boshkaruvi, maʼmuriyati, qonunshunosligida Rim tartiblarini saqlab qolgan. Taxm. 512-y. nashr etilgan Teodorix edikti asosini Rim huquqi tashkil qilgan boʻlib, u qulchilikni qonunlashtirgan, yirik yer egaligini saqlab qolgan. Teodorix davrida markazlashgan hokimiyatni mustaxkamlanishi mamlakatda dehqonchilik va savdoning taraqqiy etishiga, fan va sanʼatning ravnaq topishiga imkon bergan.

Ensiklopediya.uz
TEODORIX