TENGSIZ KAPALAK

TENGSIZ KAPALAK

TENGSIZ KAPALAK (Porthethria dispar L.) — tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Qanotlari yozilganda erkaginiki 5 sm, urgʻochisiniki 7 sm. Erkak kapalak qoramtirqoʻngʻir, urgʻochisi oq yoki qoramtir sargʻish rangda. Tengsiz kapalak dunyoda keng tarqalgan hasharotlardan biri. Oʻrta Osiyoda togʻoldi va togʻli zonalarda koʻp, pastki tekisliklarda kamroq uchraydi. Qurti olma, nok, olcha, olxoʻri, oʻrik, jiyda, pista, bodom, yongʻoq va b. mevali hamda dub, terak, tol, shumtol, zarang kabi oʻrmon daraxtlari barglarini jiddiy zararlaydi. Zararlangan mevali daraxtlar shu yili meva bermaydi. Tengsiz kapalak tuxum davrida qishlaydi, bahorda tuxumdan chiqqan qurtlari yangi chiqqan daraxt barglari bilan toʻdatoʻda boʻlib oziqlanadi, katta yoshdaxi qurtlari tarqalib ketadi. Iyun boshlarida yupqa pilla ichida yoki eski poʻstloq ostida, barglar orasida gʻumbakka aylanadi, iyun oyi oʻrtalarida kapalaklari uchib chiqadi. Urgʻochi kapalaklar iyul oyi boshlarida daraxtlar tanasining pastki qismiga, devor yoriqlariga 250—500 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumini tanasidan ajratgan tukchalar bilan berkitib qoʻyadi. Yiliga bir marta avlod qoldiradi. Obhavo qulay kelgan yillar juda koʻpayib, mevali va oʻrmon daraxtlariga katta zarar yetkazadi.

Ensiklopediya.uz
TENGSIZ KAPALAK