TEMU: Mukammal marketing strategiyasi orqali muvaffaqiyat qozongan platforma?
So‘nggi paytlarda TEMU onlayn savdo platformasi dunyo bo‘ylab katta e’tibor qozondi. Arzon narxlari (sifat boshqa masala) bilan birga, uning marketing strategiyasi bu muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
TEMU marketingining asosiy yondashuvlari:
1️⃣ Agresiv narx siyosati:
TEMU mahsulotlarini raqobatchilardan ancha arzon taklif qilish orqali xaridorlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu strategiya platformaga tez ommalashish imkoniyatini berdi.
2️⃣ Virallik marketingi:
TEMU mijozlarni faol jalb qilish va ularning mahsulotni boshqalarga tavsiya qilishini ta’minlash uchun mukofot tizimlaridan foydalandi. Bu esa brend haqida og‘izdan-og‘izga tarqaladigan reklama effekti yaratdi.
3️⃣ Influencer marketing:
TEMU mikro va nano-influencerlardan tortib mega infkuencerlargacha hamkorlik qilib, o‘z mahsulotlarini ishonchli tarzda ommaga tanitdi. Ushbu yondashuv mijozlar orasida brendga bo‘lgan ishonchni oshirdi va mahsulotlarning “virallik” darajasini kuchaytirdi.
4️⃣ Shaxsiylashtirilgan reklama:
Kuchli ma’lumotlar tahlili yordamida TEMU har bir mijozga moslashtirilgan mahsulotlarni tavsiya qiladi. Bu mijozlarning ehtiyojlarini yaxshi qondirishga xizmat qiladi.
5️⃣ Ijtimoiy tarmoqlardagi kuchli ishtirok:
TEMU Instagram, TikTok va boshqa platformalarda trend bo‘lib, ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan baham ko‘rildi. Ular qisqa, ta’sirli kontent va kreativ reklama bilan yosh avlodni o‘ziga jalb qilishdi.
6️⃣ Mobil ilovaga e’tibor:
Onlayn xaridlarning katta qismi mobil qurilmalarda amalga oshirilishini hisobga olib, TEMU o‘zining qulay va foydalanuvchilar uchun intuitiv mobil ilovasini yaratdi.
Nima uchun bu strategiya ishlaydi?
TEMU iste’molchilarning asosiy ehtiyojlariga moslashadi: arzon narx, qulaylik, va sifat. Ularning tezkor strategiyasi va moslashuvchanlik qobiliyati ularni bozorda ajralib turishga olib keldi.
Siz nima deb o‘ylaysiz?
TEMUning bu muvaffaqiyati uzoq davom etishi mumkinmi yoki raqobatchilar bozorni qaytarib olishadimi?
Muallif: Maruf Boymurodov
Dasturlash, SEO haqida
TEMU: Mukammal marketing strategiyasi orqali muvaffaqiyat qozongan platforma?